Kebek (1318–1326) edi. U
hokimiyatni bevosita o‘z qo‘liga olib, Qashqadaryo vohasidagi
qadimgi
Nasaf shahri yonida o‘ziga saroy qurdiradi. Saroy
mo‘g‘ul tilida
“Qarshi” deb yuritiladi.
Kebekxon o‘z
qarorgohini mo‘g‘ul hukmdorlari orasida birinchi bo‘lib
Movarounnahrga ko‘chiradi. U shu saroyda turib mamlakatni
idora qiladi. Keyinchalik saroy atrofida yangi binolar qad
ko‘taradi va eski
Nasaf shahri bilan qo‘shilib ketadi. Shundan
e’tiboran bu shahar
Qarshi deb atala boshlanadi.
Kebek davlatni idora etish tuzilishini va uning iqtisodiy
hayotini tartibga solish maqsadida ma’muriy va pul islohoti
o‘tkazadi. Mamlakatda yagona pul joriy qilinadi. erondagi
Xulokiylar davlati va Oltin O‘rda xonligining kumush
tangalari namunasida ikki xil pul: og‘irligi 8 grammlik katta
kumush tanga va 1 grammlik kichik tanga zarb etilgan. Katta
tanga
“dinor” , kichigi
“dirham” deb atalgan.
“Kepaki” deb
nom olgan bu tangalar Samarqand va Buxoroda zarb etilib,
muomalaga chiqarilgan.
Iqtisodiy hayotning jonlanishi. Mo‘g‘ullar istilosi davrida
xarob bo‘lgan hunarmandchilik, savdo-sotiq va dehqonchilik
asta-sekin tiklana boshlaydi. Hunarmandchilik va ichki-tashqi
savdoning jonlanishi, shubhasiz, xarob bo‘lgan shaharlarning
qayta tiklanishiga sabab bo‘ladi. Garchi hali ko‘pgina shahar
va viloyatlar xaroba va yarim xaroba holida yotgan bo‘lsa-
da,
Urganch va
Buxoro shaharlari qayta tiklanadi. Qadimgi
Samarqand vayronalari yonginasida yangitdan shahar qad
ko‘taradi. Shaharlarda turli xil davlat, jamoat va ma’rifat
binolari qurildi. Shahar bozorlari gavjumlashadi.