90
Movarounnahrdagi o‘troq va yarim o‘troq turkiyzabon aholi,
sug‘diylar va Xorazmning tub yerli aholisi o‘z hududlarida
qolib, arablar hukmronligi ostida yagona islomiy e’tiqod birligi
uyg‘unlashdi.
IX asr
da Movarounnahr mintaqasida yaxlit turkiy etnik qat-
lam, turkiy til muhiti vujudga kela boshladi va o‘z navbatida
sug‘
diylar va boshqa mahalliy etnoslarda ham turkiylashish
ja ra yoni jadallashgan. Bu davrda Movarounnahr va Xorazmda
tur kiy etnik qatlam kuchli etnik asosga ega bo‘lib, bu qatlam
aso
sining ko‘pchiligini o‘troqlashgan turkiy etnoslar tashkil
qilgan.
Qoraxoniylar davrida Movarounnahr va Xorazmda siyosiy
hokimiyat turkiy sulolalarga o‘tishi munosabati bilan sodir
bo‘lgan etnik jarayon o‘zbek xalqining shakllanishida yakuniy
bosqich bo‘ldi. Aynan mazkur davrda o‘zbek xalqiga xos etnik
omillar shakllangan. Bu davrda o‘zbeklarning umumelat tili
qaror topdi.
Dostları ilə paylaş: