65
ishonchli mulozim kuzatuvchilar bilan
Xorazmshoh huzuriga
elchi qilib yuboradi. Chingizxon Sulton Muhammaddan ayb-
dorlarni jazo
lashni va Inolchiqni tuttirib,
uning ixtiyoriga
jo‘na tishni talab qiladi. Xorazmshoh Chingizxonning talabiga
javo ban elchini o‘ldirishni va u bilan birga
kelgan ikkita mu-
lozimning soqol-mo‘ylovlarini qirib, sharmanda qilib qaytarib
yuborishni buyuradi. Bu voqealar ikkita eng katta davlatlar
o‘rtasida savdo aloqalari va elchilik munosabatlari
tamomila
uzilganini bildirar edi. Xorazmshoh uyushtirgan bu voqea har
ikki buyuk davlatlar o‘rtasida urush boshlanishiga bahona
bo‘ldi.
Xorazmshohlar davlatining inqirozga yuz tutishi.
XIII
asrning boshlari
da Xorazmshohlar saltanati qo‘shinining
umumiy soni Chingizxon harbiy kuchiga nisbatan birmuncha
oshiqroq edi. Xorazmshoh hokimiyati siyo
siy, xususan,
ma’muriy boshqaruv jiha tidan mustahkam emas edi. Chunki,
mansabdorlar davlat tang ahvolga tushib qolgan paytlarda o‘z
vazifalarini tashlab ketar,
podshoga itoatsizlik qilar, o‘zbo-
shimchalik bilan o‘z bilganlaricha yo‘l tutar edilar. Hatto
ayrim viloyat hokimlari Xorazmshohga nomigagina bo‘ysunib,
amalda deyarli mustaqil edi. Buning ustiga Sulton oliy
dargohi ichida kuchli nizo hukm surardi. Ayniqsa,
Turkon
xotun
, ya’ni “
turklar onasi
” nomi bilan shuhrat topgan
Sulton Muhammadning volidasi qo‘shinning
oliy sarkardalari
hisoblangan qipchoq oqsuyaklari bilan urug‘-qabila aloqalari
orqali mahkam bog‘langan edi. U o‘z qabiladoshlari manfaati
yo‘lida saroyda ko‘tarilgan barcha
fitnalarga boshchilik qilar,
hatto ularda shohga qarshi adovat ruhini uyg‘unlashtirib
qo‘ygan edi.
Ichki nizo, boshboshdoqlik va fuqarolarning noroziligi
ku chayib, mamlakat siyosiy hayoti inqirozga yuz tutgan edi.
Bun day o‘ta xavfli vaziyatni
bartaraf etish maqsadida
Dostları ilə paylaş: