O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/175
tarix07.10.2023
ölçüsü1,2 Mb.
#152971
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175
7-sinf ozbekiston tarixi uzb

Jaloliddin Mangu-
berdi
qudratini zaiflashtirish, uning ittifoqchilari o‘rtasiga 
raxna solish siyosatini tutdi. Xalifa 
Nosir
bu yo‘lda qurolli 
kurashdan ham qaytmadi. Uning 
Jaloliddin Manguberdi
ga 
qarshi yuborgan 20 minglik qo‘shini 
Basra
yaqinidagi jangda 
tor-mor keltirildi. Bu g‘alabadan so‘ng 
Jaloliddin Manguberdi
Ozarbayjon tomon yurish qiladi.
Ozarbayjon hukmdori 
O‘zbek
ichkilik, maishatga berilib 
davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amal-
da uning xotini 
Malika
xotun
boshqarardi. Bundan tash qari, 
hukmdor aholini Gurjiston qo‘shinining talonchilik yurish-
laridan himoya qilolmayotgan edi. 
1225-yil may
da 
Jalo liddin 


76
Manguberdi
Marog‘a
shahrini jangsiz qo‘lga kiritadi. 
Tabriz
va 
G‘azna
ham Xorazmshohga taslim bo‘ldi. Ozarbayjon 
aholisi Xorazmshoh qiyofasida o‘zini gurjilar zo‘ravonligidan 
ozod etuvchi xaloskorni ko‘rdi. Gurjilar ko‘pdan beri Ozar-
bayjonni talar, ularga qarshi turadigan kuch topilmas edi. 
endi Ozarbayjon xalqi 
Jaloliddin 
siymosida qudratli kuchga 
ega bo‘lgan edi. Jaloliddin Xorazmshoh Ozarbayjon harbiy 
yurishlar uchun qulay joyda joylashganligi uchun bu o‘lkani 
o‘z davlatining markazi sifatida tanlaydi. 
Tabriz 
shahrini 
yangi barpo etgan davlatining poytaxtiga aylantirdi.
Ozarbayjon
 
egallangach, 
Jaloliddin Manguberdi
o‘z qo‘-
shi 
nini Gurjiston tomon boshlaydi. 
1225-yil avgust
da 
Garni 
qal’asi
yaqinida gurjilarning 60 minglik qo‘shinini tor-mor 
keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. 
1226-yil
da Gurjiston to‘liq 
egallanadi. 
Ozarbayjon, Shirvon (Armaniston) va Gurjiston Xorazmshoh 
qo‘liga o‘tgach, mo‘g‘ullar Isfahon shahri yonida paydo bo‘ladi.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   175




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin