O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)


Ayting-chi, Amir Temur saltanati qanday boshqarilgan? 2



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

1. Ayting-chi, Amir Temur saltanati qanday boshqarilgan?
2. Amir Temur davlatidagi uluslarning asosiy xususiyati nimadan 
iborat bo‘lgan?
3. Suyurg‘ol yerlar kimlarga, nima uchun berilgan?
4. Ayting-chi, Amir Temur qo‘shini qanday tartibda tuzilgan? 
Chin gizxon qo‘shinidan nimasi bilan farq qilgan?
5. Amir Temur qanday usulda jangga kirgan?
6. “Temur tuzuklari”da nimalar bayon etilgan?
Quyidagi jadvalni Amir Temur saltanatida davlat boshqaruvi 
mavzusiga oid ma’lumotlar bilan to‘ldiring.
Davlat 
boshqaruvi
Uluslar
Qo‘shin 
tuzilishi
Jangga kirish 
usuli


122
33-§. AMIR TEMURNING TASHQI SIYOSATI
Tayanch tushunchalar: Sharq va Garb mamlakatlari bilan 
munosabatlar, 
diplomatik aloqalar, elchilar tashrifi, Buyuk Ipak 
yo‘lida savdo munosabatlari.
Tashqi siyosat. 
Amir Temur davlati bilan Vizantiya, Tur-
kiya, Hindiston, Ispaniya, Fransiya, Angliya, Oltin O‘rda, 
Mo‘guliston, Xitoy kabi davlatlar iqtisodiy, siyosiy va 
madaniy aloqalar o‘rnatdilar. Amir Temur davlatining tashqi 
siyosati o‘z oldiga mamlakat xavfsizligini ta’minlash; qo‘shni 
mamlakatlarda o‘z ta’sirini mustahkamlash; Turkiya, Hindiston, 
Xitoy, Venetsiya, Ispaniya, Fransiya va Angliya bilan iqtisodiy, 
elchilik, madaniy aloqalarni o‘rnatish va rivojlantirish kabi 
vazifalarni qo‘ygan. 
XIV asr oxirlarida vujudga kelgan muayyan xalqaro 
vaziyat tufayli Amir Temur davlati, Turkiya, Misr va Oltin 
O‘rda eng qudratli davlatlar sifatida siyosiy maydonga chiqdi. 
Bu davrda Amir Temurga Mo‘g‘uliston, Oltin O‘rda va Misr 
bilan ittifoqdagi Usmoniylar Turkiyasi qarama-qarshi turardilar. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin