O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

V asrning o‘rtalariga kelib, garchi ekin yerlarining ma’-
lum bir qismi mulkdor dehqonlar qo‘lida bo‘l 
sa-da, ammo 
ziroatkor vohalardagi sug‘oriladigan yerlarning aso 
siy qismi 
hali ham qishloq jamoalarining qara mog‘ida edi.
1. Nima deb o‘ylaysiz, nega ilk o‘rta asrlar davrida yuksalish bosh -
langan? Bu yuksalish oqibatida qanday o‘zgarishlar ro‘y berdi?
2. Ayting-chi, qishloqlar nufuzining ko‘tarilishiga nimalar sabab 
bo‘lgan?
3. Nega qo‘riq va bo‘z yerlarni o‘zlashtirishda mulkdor tabaqa 
vakillari, qishloq oqsoqollari hamda qabila boshliqlari faol 
qatnashadilar? 
4. Ilk o‘rta asrlarda qishloq jamoalari qanday tabaqalardan 
tashkil topgan edi?
5. O‘ylab ko‘ring-chi, nega ziroatkor vohalardagi sug‘orma 
yerlarning asosiy qismi qishloq jamoalarining qaramog‘ida 
bo‘lgan?
2-§. ILK O‘RTA ASRLARDA XORAZM, XIONIYLAR, 
KIDARIYLAR DAVLATLARI
Tayanch tushunchalar: afrig‘iylar, xioniylar, kidariylar. 
Xorazm davlatining tashkil topishi. 
Zaiflashib borayotgan 
Qang‘ davlatidan birinchi bo‘lib Xorazm ajralib chiqadi. Uni 
mahalliy afrig‘iylar sulolasiga mansub xorazmshohlar idora 
qila boshlaydi. III asr o‘rtalarida Xorazm davlatining poytaxti 
hozirgi Qoraqalpog‘istonning ellikqal’a tumanida joy 
lashgan 
qadimgi Tuproqqal’a shahar xarobasining o‘rnida bo‘l gan.
* Dehqon (qishloq hokimi) – ilk o‘rta asrlarda mulkdor 
tabaqa
* Kashovarz – ziroatchi oddiy qo‘shchilar
* Kadivar – qishloqning dehqonlarga qaram aholisi
* Chokar – dehqon mulkini qo‘riqlovchi, harbiy posbon


9
Milodiy 305-yilda Xorazmshoh Afrig‘ o‘z qarorgohini 
Xo razm ning qadimgi Kat shahriga ko‘chiradi. Kat qayta tik-
lanib, shoh o‘ziga yangi saroy qurdiradi. 305-yildan boshlab, 
Xorazmning afrig‘iy shohlari kumush tangalar zarb etganlar. 
Tangalarining oldi tarafiga shoh surati, orqasiga esa suvoriy 
surati tushirilgan. 
Kumush tangalarning zarb etilishi mamlakatning ichki 
va tashqi savdo munosabatlarini mustahkamlagan. Hukm-
dorlar “Xorazmshoh” un voniga sa zo vor bo‘lishgan. Ayrim 
manbalarga qaraganda “Xorazm 
shoh 
lar” unvonini dastlab 
siyovushlar sulolasi qabul qi lgan. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin