84
ozod qilishga otlangan kishilardan kattagina lashkar to‘planadi.
Mahmud Torobiy o‘z tarafdorlari
bilan Buxoroga kirib olgach,
shahar ichidagi
Robiya saroyini qarorgoh qilib oladi. Bu yerga
Buxoroning sadrlari, badavlat a’yonlari, yirik
yer egalarini
chaqirtiradi. U o‘zini Buxoro va atrof viloyatlarining xalifasi,
ya’ni hukmdori deb rasmiy ravishda e’lon qilishga ularni
majbur etadi. Shundan so‘ng
Shamsiddin Mahbubiy sadr deb
e’lon qilinadi.
Mahmud Torobiy Buxoroda o‘z
hukmronligini
o‘rnatgach, mo‘g‘ul tarafdorlari bo‘lgan mahalliy amaldorlar
Buxo rodan qochib ketadi.
Qochqin amaldorlar va mo‘g‘ullar noib
Mahmud Yalavoch
yordamida
Karmana yaqinida kuch to‘plab, Buxoro ustiga
yuradilar. O‘rtada jang boshlanadi. Mo‘g‘ullar yengilib,
Kar-
mana tomon qocha boshlaydilar. Jangda qo‘zg‘olon
boshliqlari
Mahmud Torobiy va
Shamsiddin Mahbubiylar ham halok
bo‘ladilar. Qo‘zg‘olonchilar ularning o‘rniga Torobiyning uka-
lari
Muhammad va
Alini boshliq qilib saylaydilar. Ora
dan
bir hafta o‘tmay, ularga qarshi mo‘g‘ullarning yangi qo‘ shini
hujum qiladi. Jangda qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilinib, Toro-
biyning har ikkala ukalari ham halok bo‘ladilar. Mo‘g‘ullar
Buxoroni
yana bosib olib, u yerda ilgarigi tartiblarni qayta
o‘rnatadilar.
Dostları ilə paylaş: