O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Mahmud Toro biy nomi bilan shuhrat topadi.
Torobiyning yaqin safdoshlaridan Shamsiddin Mahbubiy 
va Buxoro aholisi qo‘zg‘olonchilarga qo‘shilib qo‘liga qurol 
oladi. O‘zlarining qadrdon shahar va qishloqlarini mo‘g‘ullardan 
va ularning hamtovoq xizmatchilari – mahalliy ma’murlardan 
* Chig‘atoy ulusi – hokimiyat taqsimlanganda 
uning Chingizxon o‘g‘li Chig‘atoyga tekkan qismi. 
Keyinchalik u Chig‘atoy davlatiga aylangan
* Qopchur – chorva mollari bosh sonining 2,5% 
miqdorida olingan soliq
* Kalon – hosilning 1/10 qismi hajmida olingan 
soliq


84
ozod qilishga otlangan kishilardan kattagina lashkar to‘planadi. 
Mahmud Torobiy o‘z tarafdorlari bilan Buxoroga kirib olgach, 
shahar ichidagi Robiya saroyini qarorgoh qilib oladi. Bu yerga 
Buxoroning sadrlari, badavlat a’yonlari, yirik yer egalarini 
chaqirtiradi. U o‘zini Buxoro va atrof viloyatlarining xalifasi, 
ya’ni hukmdori deb rasmiy ravishda e’lon qilishga ularni 
majbur etadi. Shundan so‘ng Shamsiddin Mahbubiy sadr deb 
e’lon qilinadi. Mahmud Torobiy Buxoroda o‘z hukmronligini 
o‘rnatgach, mo‘g‘ul tarafdorlari bo‘lgan mahalliy amaldorlar 
Buxo rodan qochib ketadi.
Qochqin amaldorlar va mo‘g‘ullar noib Mahmud Yalavoch 
yordamida Karmana yaqinida kuch to‘plab, Buxoro ustiga 
yuradilar. O‘rtada jang boshlanadi. Mo‘g‘ullar yengilib, Kar-
mana tomon qocha boshlaydilar. Jangda qo‘zg‘olon boshliqlari 
Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar ham halok 
bo‘ladilar. Qo‘zg‘olonchilar ularning o‘rniga Torobiyning uka-
lari Muhammad va Alini boshliq qilib saylaydilar. Ora 
dan 
bir hafta o‘tmay, ularga qarshi mo‘g‘ullarning yangi qo‘ shini 
hujum qiladi. Jangda qo‘zg‘olonchilar tor-mor qilinib, Toro-
biyning har ikkala ukalari ham halok bo‘ladilar. Mo‘g‘ullar 
Buxoroni yana bosib olib, u yerda ilgarigi tartiblarni qayta 
o‘rnatadilar.

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin