O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

turk xoqonligi
tasarrufida bo‘lgan. Mazkur xoqonlikning 
poytaxti O‘tukan vodiysi (Mo‘ g‘uliston)da qaror topgan. Oloy 
tog‘larining g‘arbida joy 
lashgan o‘lkalar: Yettisuv, Sharqiy 
Turkiston, Sir daryo va Amu daryo havzalari hamda ularga tu-
tashgan hudud G‘arbiy turk xoqonligi tomo ni dan idora etilgan, 
qarorgohi Yettisuvda joy lash gan. 
1. Turk xoqonligi qachon va qayerda tashkil topdi, unga kim 
asos soldi?
2. Nima maqsadda Turk xoqonligi bilan eron o‘rtasida harbiy 
ittifoq tuzildi?
3. Turk xoqonligining O‘rta Osiyoga yurishi qanday oqibatlarga 
olib keldi?
4. eftallar davlati qulagach o‘zgargan vaziyat haqida nima deya 
olasiz?
5. Turk xoqonligi boshqaruvi eftallar davri bosh qaruvidan nimasi 
bilan farq qilgan?
6. Turk xoqonligi qanday sabablarga ko‘ra bo‘linib ketgan? Turk 
xoqonligi bo‘linib ketmasligi uchun nimalar qilish kerak edi 
deb o‘ylaysiz?
* Mustahkam markazlashgan davlat – bu barcha hu-
dudlari yagona hukmdor hokimiyati tomonidan idora 
qilinuvchi davlatdir


17
5-§. G‘ARBIY TURK XOQONLIGI
Tayanch tushunchalar: G‘arbiy turk xoqonligi, yabg‘u, bosh qa-
ruv tartibi, ijtimoiy hayot, Abruy qo‘zg‘oloni.
Boshqaruv.
 
G‘arbiy turk xoqonligi ijtimoiy, iqtisodiy va 
ma da niy jihatdan Sharqiy xoqonlikdan mutlaqo ajralib tu r-
gan. Sharqiy xoqonlik aholisining asosiy qismi chorvador 
ko‘ch 
manchilar edi. G‘arbiy turk xoqonligi aholisining 
kattagina qismi esa o‘troq dehqonchilik, hunarmandchilik 
va savdo-sotiq bilan mashg‘ul edi.
VII asrning birinchi choragida G‘arbiy turk xoqonligi 
nihoyatda kuchaygan. Uning sharqiy chegarasi Oltoyga, janub-
da esa Sind (Hind) daryosi bo‘ylariga borib yetgan. Xoqonlik 
o‘ziga qaram viloyatlarni boshqarishda mahalliy sulolalarni 
saqlab qolgan. Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan ayrim o‘lka 
-
larda esa xo qon xonadoniga tegishli mansabdorlar tayinlangan.
Xoqon To‘ng yabg‘u (618–630) hukmronlik qilgan davrda 
boshqaruv tartiblari isloh qilingan. Islohotga ko‘ra, mahalliy 
hukmdorlarga xoqon likning “yabg‘u” unvoni berilib, ular xo-
qon ning noibiga (vakiliga) aylanadilar. 
Shu bilan birga O‘rta Osiyo, Sharqiy Turkiston va Toxa-
ristonning deyarli mustaqil hokimliklari ustidan siyosiy nazorat 
kuchay tiriladi. Ular huzuriga xoqonlikning noiblari – tudunlar 
yubo riladi. Biroq ichki kurash oqibatida G‘arbiy turk xoqonligi 
zaifl ashib boradi.
Ijtimoiy hayot
G‘arbiy turk xoqonligiga birlashgan aholi-
ning ha yoti va xo‘jaligi turlicha bo‘lgan. Xoqonlik o‘troq va 
ko‘chmanchi aholiga bo‘lingan. Ko‘chmanchilarning aso 
siy 
mashg‘uloti chorvachilik bo‘lgan. Aholining o‘troq qismi ma-
daniy jihatdan ilg‘or bo‘lib, xoqonlikning ijtimoiy va iqtiso diy 
turmushida yetakchi ahamiyat kasb etgan.
Xoqonlikda shaharlar va qishloqlar ko‘p bo‘lgan. Aholisi 
deh 
qonchilik, hunarmandchilik va savdo-sotiq ishlari bilan 
shu g‘ul lanardi. Hunarmandlar yasagan zeb-ziynatlar va qu -
rol -yarog‘lar xilma-xilligi va nihoyatda puxtaligi bilan ajra lib 
turardi. 


18
Ichki va tashqi savdo-sotiq ishlari shahar aholisining 
aso siy mashg‘ulotlaridan biri bo‘lgan. Bu sohada ayniqsa 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin