O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asrgacha)



Yüklə 1,2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/154
tarix15.11.2022
ölçüsü1,2 Mb.
#69337
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154
O\'zbekiston tarixi 7-sinf

Sulton Jaloliddin, bir tomondan, qudratli davlat tiklana yot-
ganidan, ikkinchi tomondan, Tabariston, Damashq, Misr hukm-
dorlari u bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatganidan mamnun 
edi. endilikda ular bilan ittifoq tuzib, katta qo‘shin jamlab, 
Chingiz 
xonga qarshi yurish qilish mumkin edi. Jaloliddin 
bu yurishga umumrahbar bo‘lishni o‘ylab, Bag‘dod xalifasi 
Nosirga maktub yo‘llaydi. U xalifani umumiy dushman – mo‘-
g‘ullarga qarshi kurashga undaydi.
Ammo o‘sha davrdagi Bag‘dod xalifasi avvalgidek qud-
ratga ega bo‘lmay, xudbin va kaltafahm hukmdor edi. Xalifa 
Islom olamiga ofat yog‘dirayotgan mo‘g‘ullardan emas, balki 
Xorazmshohning kuchayib borishidan xavfsirardi. Bag‘dod 
xalifasi tobora kuchayib borayotgan sulton Jaloliddin Mangu-
berdi
qudratini zaiflashtirish, uning ittifoqchilari o‘rtasiga 
raxna solish siyosatini tutdi. Xalifa Nosir bu yo‘lda qurolli 
kurashdan ham qaytmadi. Uning Jaloliddin Manguberdiga 
qarshi yuborgan 20 minglik qo‘shini Basra yaqinidagi jangda 
tor-mor keltirildi. Bu g‘alabadan so‘ng Jaloliddin Manguberdi 
Ozarbayjon tomon yurish qiladi.
Ozarbayjon hukmdori O‘zbek ichkilik, maishatga berilib 
davlat ishlarini o‘z holiga tashlab qo‘ygan edi, davlatni amal-
da uning xotini Malika xotun boshqarardi. Bundan tash qari
hukmdor aholini Gurjiston qo‘shinining talonchilik yurish-
laridan himoya qilolmayotgan edi. 1225-yil mayda Jalo liddin 


76
Manguberdi Marog‘a shahrini jangsiz qo‘lga kiritadi. Tabriz 
va G‘azna ham Xorazmshohga taslim bo‘ldi. Ozarbayjon 
aholisi Xorazmshoh qiyofasida o‘zini gurjilar zo‘ravonligidan 
ozod etuvchi xaloskorni ko‘rdi. Gurjilar ko‘pdan beri Ozar-
bayjonni talar, ularga qarshi turadigan kuch topilmas edi. 
endi Ozarbayjon xalqi Jaloliddin siymosida qudratli kuchga 
ega bo‘lgan edi. Jaloliddin Xorazmshoh Ozarbayjon harbiy 
yurishlar uchun qulay joyda joylashganligi uchun bu o‘lkani 
o‘z davlatining markazi sifatida tanlaydi. Tabriz shahrini 
yangi barpo etgan davlatining poytaxtiga aylantirdi.
Ozarbayjon egallangach, Jaloliddin Manguberdi o‘z qo‘-
shi 
nini Gurjiston tomon boshlaydi. 1225-yil avgustda Garni 
qal’asi yaqinida gurjilarning 60 minglik qo‘shinini tor-mor 
keltiradi va Tiflisga qarab yuradi. 1226-yilda Gurjiston to‘liq 
egallanadi. 
Ozarbayjon, Shirvon (Armaniston) va Gurjiston Xorazmshoh 
qo‘liga o‘tgach, mo‘g‘ullar Isfahon shahri yonida paydo bo‘ladi. 

Yüklə 1,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin