«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə14/83
tarix28.09.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#150372
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83
Ma\'ruza matin

4.Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari
SSSRda, chunonchi O‘zbekistonda sotsialistik tizim, kommunistik mafkura har tomonlama inqirozga uchrab, ziddiyatlar bilan to‘lib-toshib turgan bir paytda I.A.Karimovning, avvalo O‘zbekiston partiyasi rahbarligiga (iyun, 1989yil), keyin Prezidentlik lavozimiga (mart,1990yil) tayinlanishi bejiz emas edi.
Vaqti, soati etgan, lekin jon saqlash uchun o‘zini har tomonga urayotgan, hech narsadan qaytmaydigan mustabid tizimidan jafokash xalqni, ezilgan el-yurtni mustaqillikka chaqirish uchun sovet tizimining ikir-chikirlarigacha tushunib etgan katta jur’at egasi, dovyurak Islom Karimovdek rahbar kerak edi.
Islom Karimovning har bir asari, ma’ruza va maqolalari bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning nazariy asoslarini, amaliy ishlarning kundalik dasturini tashkil qiladi.
SHuningdek, yurtboshimiz mustaqillik arafasida O‘zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayoti, chuqur inqiroz holati, sovetlarning so‘nggi talvasasi, og‘ir sharoitlarda O‘zbekiston hukumati tutgan yo‘li (1989-1990 yillar) haqida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlab yozgan “O‘zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida” asarida yaqqol ko‘rsatgan.
G‘arb va SHarqning rivojlangan mamlakatlari ko‘p yillik taraqqiyot yo‘llarini, o‘zbek davlatchiligini ming yillar davomidagi tarixiy tajribasini o‘rgangan holda yaratilgan I.A.Karimov asarlarida mustaqil O‘zbekiston Respublikasini ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy va iqtisodiy taraqqiyotining muhim yo‘nalishlari, butun dunyoda tan olingan bozor iqtisodiyoti va demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari to‘g‘risidagi ta’limot yaratildi.
Istiqlolning, boshlang‘ich bosqichida yorug‘likka chiqkan “O‘zbekiston o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li”, “O‘zbekiston - bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li” va boshqa asarlarida bayon etilgan O‘zbekiston mustaqilligining birinchi navbatdagi kechiktirilmas ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’rifiy-ma’naviy vazifalari keyinchalik “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarlarida bayon etib berildi.
Islom Karimov donoligining yana bir ko‘rinishi bozor munosabatlariga o‘tish, demokratik jamiyat qurish jarayonida ma’naviy-ma’rifiy, mafkuraviy ishlarning yuksak ahamiyatini taqqoslab ko‘rsatganligidadir.
Parchalangan Ittifoq o‘rnida vujudga kelgan mustaqil davlatlarning hech birida ilgari surilmagan ma’naviy-ma’riviy ishlarning vazifalari Prezidentning “Jamiyatimiz mafkurasi, xalqni xalq, millatni millat qilishag xizmat etsin”, “Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman” asarlarida, “Istiqlol va ma’naviyat” (hujjatlar to‘plami) kitobi va boshqa ko‘plab maqolalarida bayon etilgan bo‘lib, ma’naviyat- kelajagi buyuk O‘zbekistonning mustahkam poydevori, milliy mustaqillik mafkurasi, 120 dan ortiq millatlar va elatlardan tashkil topgan O‘zbekiston xalqini “O‘zbekiston-vatanim manim” shiori ostida yagona, buyuk maqsad uchun birlashtiradigan bayroq sifatida tutgan o‘rni ko‘rsatib beriladi.
Ma’naviy-ma’rifiy mafkuraviyishlarningyangijamiyatqurishningzaruriyshartisifatidaqo‘yilishi, o‘ziga xos, o‘zbek modelining ustivortamoyillaridanbiridir.
I.A.Karimovyangijamiyatqurishdamilliy,diniyqadriyatlarimizni
tiklash ishlariga, shumaqsaddaVatanimiztarixinixolisona,yangichayaratishga e’tibornikuchaytirdi.
Prezidentistiqlolningdastlabkikunlarida(1992yilyanvar): “Tarixga,merosimizgabo‘lganmunosabattubdano‘zgartirilishilozim,yangidarsliklardan tortib oddiy kitoblargacha–hammasigahaqiqatyozilishishart”, deb aniqvazifa qo‘ydi.Vatan tarixini o‘rganish uning yangi avlodini tarbiyalashdagi tutgan o‘rni, ahamiyati masalalari I.A.Karimovning “Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q” (1998 yil avgust) nomli asarlarida keng bayon qilib berildi.I.A.Karimov haqqoniy tarix millatining o‘zligini anglashning zaruriy sharti, ma’naviy va mafkuraviy ishlarimizning haqiqiy manbai ekanligini qayta-qayta taqqoslab ko‘rsatadi.
I.A.Karimov har bir “siyosatchiman, arbobchiman degan odam, agar vijdoni bo‘lsa, o‘z xalqining tarixiy o‘tmishini bilishi shart”, deb vazifasini keskin qo‘yadi.
O‘tmish davrining murakkab vazifalari, qarama-qarshiliklari davlat rahbaridan boshqaruvning har xil usullarini ishlatishni, kerak bo‘lsa qattiq qo‘llikni talab qiladi. Prezident I.A.Karimov shunday vazifada xalqqa ma’qul usullarni qo‘llab ishladi.
1992 yil Moskvaning “Komsomolskaya pravda” gazetasi muxbiri: “Muxoliflaringiz sizni totalitarizmda ayblab tanqid qilmoqda”, desa, unga javoban I.A.Karimov “Ha, buni men yaxshi bilaman. Muxoliflarim meni diktator qilib ko‘rsatishni juda hohlaydilar Tan olaman; ehtimol mening harakatlarimda avtoritarizm nishonalari bordir.
Ammo, menbunifaqatbirnarsabilanizohlayman: tarixningmuayyandavrlarida, haqiqiydavlatchilikqarortopayotganpaytda, ayniqsabirtizimdanikkinchisigao‘tishdavridaharholdakuchlijamiyatzarur.
Qonto‘kilishigavaqarama-qarshilikkayo‘lqo‘ymaslik, mintaqadamillatlararovafuqarolarningtotuvligi, tinchligivabarqarorliginisaqlashuchunshundaybo‘lishizarur. Bu yo‘lda men jonimni fido qilishga tayyorman”, deb javob bergan edi.
O‘zbekiston xalqining istiqlol yillarida erishgan eng katta yutug‘i-mamlakatda o‘rnatilgan tinchlik, osoyishtalik tartib-intizomdir.
Respublika aholisining mutloq aksariyati (97,5 foizi) bunday sharoitga bevosita I.A.Karimovning etakchiligida erishildi deb hisobladi.
I.A.Karimov yangi davrning jahon miqyosidagi davlat arbobi edi. O‘zbekiston xalqining buyuk yo‘lboshchisi, mamlakatninggina emas, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlarning bir qancha nishonlari va unvonlari bilan taqdirlangan.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin