«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə23/83
tarix28.09.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#150372
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83
Ma\'ruza matin

4. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish
Mamlakatimiz yangi asrga kirar ekan, jamiyatda siyosiy, demokratik islohotlarni chuqurlashtirishda yangi, yuqori bosqichga ko‘tarildi.
SHulardan birinchi ustivor yo‘nalish-mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
Siyosiy sohani erkinlashtirish borasida:
-avvalambor, aholining siyosiy faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizmlarni shakllantirish zarur.
Demokratiyaning eng muhim tamoyili-odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish lozim.
Davlat qurilish va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonlarini erkinlashtirish masalasi ham katta ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi vazifalar hokimiyat barcha tarmoqlarini bir-biridan mustaqil holda ish yuritish tamoyillarini mustahkamlash, hokimiyat vakolatlarini nodavlat va jamoat tashkilotlariga, fuqarolarni o‘z-o‘zini boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borish, ularning haq-huquqlari va erkinliklarini muhofaza etishni kuchaytirishdan iborat. Fuqarolik jamiyati qurishda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga katta umid bog‘lanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1999 yil 13 yanvarda “Aholini aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad bilan ta’minlashda fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari rolini oshirish to‘g‘risida”gi Farmoni ijtimoiy himoya sohasida o‘z-o‘zini boshqarish organlariga yangi vakolatlar berishni ko‘zda tutadi: 1) fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari ijtimoiy rolini oshirish; 2) hududlarni ijtimoiy rivojlantirish; 3)muhtoj oilalarga aniq yo‘naltirilgan ijtimoiy madad ko‘rsatishni takomillashtirish. Davlat tomonidan bajariladigan vazifalarni fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlariga o‘tkazilishi, nodavlat tashkilotlar faoliyatini takomillashtirish, undagi jamoa ruhi va tabiatini mustahkamlashni, samaradorligini oshirishni talab qiladi. 1999 yil aprel oyida Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan “Fuqarolarning o‘z-o‘zini boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri aynan shu maqsadga qaratilgan.
2003 yilning noyabr-dekabr oylarida fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlariga (mahallalarga) navbatdagi saylovlar bo‘lib o‘tdi. Ro‘yxatga olingan saylovchilardan 12 mln.dan ortiq kishi, ya’ni 97% ovoz berishda qatnashdi. (2001 yilgi saylovlardan 85% qatnashgan edi.). Jami 8.360 nafar oqsoqollar va 80 mingdan ko‘proq maslahatchilar saylandi.
Davlat hokimiyati tizimiga kiruvchi hokimiyatlardan biri sud hokimiyatidir. Sud hokimiyati boshqa hokimiyatlar kabi xalq manfaatlarini ko‘zlab va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda qabul qilingan qonunlar asosida o‘z vakolatlarini amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasida sud tizimi quyidagicha: besh yil muddatga saylanadigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy xo‘jalik sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasining Oliy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xo‘jalik sudi, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar sudlari, viloyat xo‘jalik sudlari, harbiy sudlar. Mazkur sudlarning huquqiy holati O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 2 sentyabrda qabul qilingan “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunida bayon etilgan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi-fuqarolik, jinoiy va ma’muriy sudlov sohasida sud hokimiyatining oliy organi hisoblanadi. SHu bilan birga, og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlarni sodir etgan bir guruh shaxslarga; oldin sudlanmaganlarga, biron bir joyda ishlamasdan, mo‘may pul topish yo‘liga o‘tib ketganlarga nisbatan belgilangan jazolarni qonun kuchidan to‘la foydalanilmagan ishlarning jazo qismini engil deb bekor qilib, og‘irroq jazolashga o‘z ko‘rsatmasini beradi.
1995 yil 30 avgustda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi “Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti -harakatlar va qarorlar ustida sudga shikoyat qilish to‘g‘risida”gi qonun fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini sud orqali himoya qilishning huquqiy asoslarini yaratdi.
Respublika xo‘jalik sudlari istiqlolning so‘nggi yillarida o‘zlarining faoliyatini aniq iqtisodiy vazifalar bilan bog‘lab olib bormoqda. Xususan xo‘jalik sudlari 1995-2000 yillarda jami 128.000 nizolarni ko‘rib chiqqan va 271,4 mlrd. so‘m mablag‘ni da’vogarlarga undirib bergan. Keyingi 6 yil mobaynida xo‘jalik sudlarining qarorlari asosida davlat boji va jarimalar hisobidan respublika byudjetiga 4,3 mlrd. so‘m mablag‘ undirilgan.
Insoniyat tarixida yangi davr-Inson huquqlari davri boshlandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1995-2005 yillarni kurramizda “Inson huquqlari o‘n yilligi” deb e’lon qildi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng o‘tgan qisqa davr ichida insonning huquq va erkinliklari to‘g‘risida milliy qonunchilik tizimini tashkil etuvchi yuzdan ortiq qonunlar qabul qilindi. O‘zbekiston inson huquqlari bo‘yicha 40 ga yaqin xalqaro shartnomaga qo‘shildi va ularga bizning mamlakatimizda ham amal qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasida inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro va huquqni muhofaza qilish tashkilotlari bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va barcha respublika aholisining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy Markazini tuzish to‘g‘risida” 1996 yil 31 oktyabr Prezident Farmoni e’lon qilindi.
Demokratiyaning eng muhim tamoyili odamlarning saylov huquqlarini amalga oshirish, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash uchun zarur huquqiy shart-sharoit, qonuniy asos yaratishdir. SHu bois, mamlakatimizda mustaqillik yillarida xalqimizning o‘z hohish-irodasini erkin ifoda etishni ta’minlovchi saylov tizimini shakllantirish va uni qonun bilan mustahkamlash borasida talay ishlar qilindi.
1991 yil noyabrida Parlament “O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti saylovi to‘g‘risida”gi Qonunni qabul qildi. Ushbu qonun bilan birga Oliy Kengash 1991 yilda “O‘zbekiston Respublikasi referendumi to‘g‘risida”gi Qonunni ham qabul qildi.
1991 yil 29 dekabrida muqobillik asosida O‘zbekiston tarixida birinchi marta respublika prezidentligiga saylovlar o‘tkazildi.
Konstitutsiyamiz asosida 1993 yil 28 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida”gi, 1994 yil 5 mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun va nihoyat “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi qonunlari o‘zbek saylov qonunchiligi tizimini huquqiy asoslarini tashkil qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi to‘g‘risidagi alohida qonun qabul qilinganligi saylovlarni to‘g‘ri tashkil qilish, saylov qonunlarini to‘la ishlashiga imkoniyat yaratadi va qonunlarni nazorat qilishni kuchaytirishda hamda saylovlarni tashkil etish va uni o‘tkazishda davlat hokimiyati organlarining ortiqcha aralashuvini cheklaydi.
Inson, uning huquqi va erkinligi masalasi demokratik-huquqiy davlat, fuqarolik jamiyatining muhim belgilaridan biri bo‘lib, u davlat va jamiyatning qay darajada rivojlanganini ko‘rsatuvchi mezondir.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan kundan e’tiboran, inson huquqlari va erkinligini aniq belgilash, ularning kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo‘lidan bordi.
1991 yil 31 avgustda qabul qilingan „O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligito‘g‘risida Oliy Kengash Bayonoti“ da O‘zbekiston Respublikasi xalqaro huquq doirasida hamma e’tirof etgan qonun-qoidalar ustunligini tan oladi, deb bildirildi.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklariga doir BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan „Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi“ (1948 yil 10 dekabr), „Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida xalqaro Pakt“ (1966 yil 19 dekabr), „Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro Pakt“ (1966 yil 19 dekabr) kabi xalqaro hujjatlar tan olindi va ularga sadoqat bilan amal qilinmoqda.
O‘zbekiston BMT kotibiyatining inson huquqlari va erkinliklariga doir 21 ta deklaratsiya, pakt va konvensiyalarga qo‘shildi.
O‘zbekiston Evropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hujjatlarini tan oldi va uning demokratik institut va inson huquqlari bo‘yicha Byurosi bilan inson huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlik qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 13-moddasida O‘zbekistonda demokratiya umumin-soniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi, deb belgilab qo‘yildi. Konstitutsiyada qonunlashtirib qo‘yilganidek, O‘zbekistonda barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar.
O‘zbekiston Respublikasida yagona fuqarolik qabul qilingan, ayni vaqtda Qoraqalpog‘iston Respublikasining fuqarosi O‘zbekiston fuqarosi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 7- bobida respublika fuqarolarining shaxsiy huquq va erkinliklari quyidagicha ta’riflab berilgan:
• yashash huquqi;
• erkinlik va shaxsiy daxlsizlik huquqi;
• aybsizlik prezumpsiyasi;
• shaxsiy hayotga aralashishdan himoyalanish va uy-joy daxlsizligi huquqi;
• bir joydan ikkinchi joyga ko‘chish huquqi;
• fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi;
• fuqarolarning o‘z huquq va manfaatlariga daxldor bo‘lgan hujjatlar bilan tanishib chiqish huquqi;
• vijdon erkinligi. Mazkur huquq va erkinliklarga har bir shaxs ega bo‘ladi hamda o‘zi tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.
Inson hayoti qonun bilan qo‘riqlanadigan muqaddas qadriyatdir. Insonning shaxsiy huquq va erkinliklari O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, „Fuqarolik kodeksi“ (1995 yil 21 dekabr), „Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida“ (1994 yil 6 may), „Fuqarolar muhofazasi to‘g‘risida“ (2000 yil 26 may), „Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida“ (1998 yil 1 may kuni yangi tahrirda qabul qilingan) va boshqa qonunlar bilan kafolatlangan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida fuqarolarning siyosiy huquqlari mustahkamlangan. Ular quyidagilardan iborat:
• davlat va jamiyat ishlarini boshqarishda qatnashish;
• o‘z ijtimoiy faolliklarini mitinglar, namoyishlar va yig‘ilishlar shaklida amalga oshirish;
• kasaba uyushmalariga, siyosiy partiyalarga, jamoat birlashmalariga uyushish, ommaviy harakatlarda ishtirok etish;
• vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari Konstitutsiya, „Jamoat tashkilotlari to‘g‘risida“, „Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida“, „Siyosiy partiyalar to‘g‘risida“ va boshqa Qonunlar bilan himoya qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarida respublika fuqarolarining iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari mustahkamlanib qo‘yilgan:
• uy-joyga ega bo‘lish;
• mulkdor bo‘lish va undan erkin foydalanish;
• mehnat qilish, erkin kasb tanlash, ishsizlikdan himoyalanish;
• yollanib ishlaganda dam olish;
• qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, boquvchisidan mahrum bo‘lganda ijtimoiy ta’minot olish;
• malakali tibbiy xizmatdan foydalanish;
• bilim olish;
• ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish.
Fuqarolarning ijtimoiy va iqtisodiy huquqlari O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy sohalardagi qonunlari bilan kafolatlangan. Kafolat deganda, fuqarolarga belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni amalga oshirishni ta’minlaydigan vositalar, usullar va shart-sharoitlar tushuniladi.
Zarur bo‘lgan hollarda inson huquqlari sudda himoya qilinadi yoki tiklanadi.
„Fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini buzadigan xatti-harakatlar va qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish to‘g‘risida“ gi Qonun (1995 yil 30 avgust) ana shu maqsadlarga xizmat qilmoqda.
Fuqaro va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘langan. Davlat fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ham o‘z hududida, ham uning tashqarisida himoya qiladi, ularga homiylik qiladi. SHuningdek, barcha fuqarolar davlat, jamiyat va boshqa fuqarolar oldida muayyan burchlarni, majburiyatlarni ham o‘taydi. Fuqarolarning burchlari, majburiyatlari Konstitutsiya va qonunlarda belgilab qo‘yilgan. Fuqarolarning burchlari:
• Konstitutsiya va qonunlarga rioya etish;
• Vatanni himoya qilish;
• harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tash;
• boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilish;
• O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy meros obektlarini avaylab-asrash;
• qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‘imlarni to‘lash;
• tabiat va atrof-muhitni saqlash, tabiiy boyliklarga ehtiyot¬korona munosabatda bo‘lish.
O‘zbekiston Respublikasining „Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida“, „Er to‘g‘risida“, „Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida“, „Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida“ va boshqa Qonunlarida fuqarolarning tabiat bilan bo‘ladigan muloqotdagi majburiyatlari belgilab berilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil nson huquqlarini himoya qiluvchi tizimga Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz kiradi.
1995 yil 23 fevralda birinchi chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining birinchi sessiyasida Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) lavozimi ta’sis etildi va bu lavozimga Sayyora Rashidova saylandi. Inson huquqlari bo‘yicha vakil o‘z faoliyatida huquqni himoya qiluvchi organlar bilan aloqada ishlaydi, shaxslar va davlat, shaxslar va hokimiyat orasida munosabatlarni yaxshilashga ko‘maklashadi. Inson huquqlari bo‘yicha vakilning maqomi va faoliyat doirasi 1997 yil 26 aprelda qabul qilingan „Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) to‘g‘risida“ gi Qonun bilan belgilab berildi. Vakil faoliyatining asosiy yo‘nalishlari:
• inson huquqlariga doir qonunlarga rioya etilishini nazorat qilish;
• shikoyatlarni ko‘rib chiqish bo‘yicha aniq mexanizmni yaratish va fuqarolar huquqlarining tiklanishi uchun samarali choralarni ko‘rish;
• vakilning fuqarolar, nohukumat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari bilan inson huquqlari monitoringi sohasidagi hamkorligini mustahkamlash;
• vakilning inson huquqlari masalalari bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorligini rivojlantirish.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil yil oxirida sohadagi ishlar haqida parlament va Prezidentga ma’ruzalar kiritadi. O‘z faoliyatini olib borish paytida vakilning daxlsizligi ta’minlanadi va u tergov ishlari sohasida katta vakolatlarga ega.
Vakil BMT ning inson huquqlari bo‘yicha markazi, YXHT ning demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi bilan hamkorlik qiladi, uchrashuvlar va xalqaro seminarlar uyushtiradi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishda Prezident farmoniga asosan 1996 yilning noyabrida tashkil etilgan „Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markaz“ning ahamiyati ham kattadir. Milliy markaz inson huquqlariga rioya etilishi va bu huquqlarning muhofaza qilinishi yuzasidan ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydi.
Milliy markaz inson huquqlari bo‘yicha davlat hokimiyati, boshqaruv idoralari va jamoat birlashmalariga maslahatlar, takliflar berib turmoqda, sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazmoqda. Milliy markaz fuqarolarning huquqlarini amalga oshirish va rivojlantirish bo‘yicha ma’lumotlarning axborot bazasini barpo etdi.
SHuningdek, Milliy markaz xalqaro va milliy tashkilotlar, hukumatga qarashli bo‘lmagan tashkilotlar bilan hamkorlik qilmoqda, inson huquqlari sohasida davlatlararo ikki tomonlama va ko‘p tomonlama bitimlar ishlab chiqish, ekspert baholash ishlarida qatnashmoqda.
Respublikamizda qabul qilinayotgan qonun hujjatlarining inson huquqlari sohasidagi xalqaro me’yorlarga muvofiqligini, xalqaro huquqiy me’yorlarini mamlakatimizning amaldagi qonun hujjatlariga joriy etilishini ta’minlashda 1996 yil dekabrda tashkil etilgan Oliy Majlis huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti ham ijobiy tadbirlarni amalga oshirmoqda.
Davlat hokimiyatining birdan bir manbayi xalqdir. Demokratik huquqiy davlatda xalq hokimiyat-chiligi, asosan, vakilliklar yo‘li bilan, ya’ni hokimiyat organlari umumxalq saylovlari orqali amalga oshiriladi. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar xalq muhokamasiga taqdim etiladi, referendumga qo‘yiladi.
Odamlarning saylov huquqini, o‘z xohish-irodasini erkin ifodalash, o‘z manfaatlarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilish huquqini ta’minlash uchun haqiqiy shart-sharoit, qonuniy-huquqiy zamin yaratib berish demokratiyaning eng muhim tamoyilidir.
Demokratiyaning bosh talabi bu erkin va adolatli saylovlardir. O‘zbekistonda xalqaro huquq andozalari va talablariga, ilg‘or chet el tajribasiga mos saylov qonunchiligi yaratildi.
O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yilida „O‘zbekiston Respublikasining referendumi to‘g‘risida“ (1991 yil 18 noyabr) va „O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida“ (1991 yil 18 noyabr) Qonunlari qabul qilindi.
1991 yil 29 dekabrda fuqarolarning yuksak faolligi asosida o‘tgan saylovlarda xalqimiz tomonidan O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi ma’qullandi va Islom Karimov O‘zbekiston Prezidenti etib saylandi. O‘zbekistonda demokratik saylov o‘tkazishda ilk tajriba to‘plandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi natijasida saylov tizimining huquqiy asoslari mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. O‘z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi.
O‘zbekiston Respublikasida Prezident saylovi, hokimiyatning vakillik organlari saylovi umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasining 18 yoshga to‘lgan fuqarolari saylash huquqiga egadirlar. (O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 117- modda.)

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin