«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


- MA’RUZA. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə20/83
tarix28.09.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#150372
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83
Ma\'ruza matin

6- MA’RUZA. O‘ZBEKISTONDA DEMOKRATIK, FUQAROLIK JAMIYATI ASOSLARINING SHAKLLANISHI, AMALGA OSHIRILGAN SIYOSIY ISLOHOTLAR


Reja
1. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar.
2. O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy-sherikchilik.
3. O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.
4. O‘zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish.


1. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o‘zgarishlar

Demokratik davlat qurilishida sud hokimiyatini shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Sud hokimiyati demokratik davlatda mustaqil hokimiyat hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi. (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 106- moddasi.)


O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va 1993 yil 2 sentabrda qabul qilingan „Sudlar to‘g‘risida“ gi Qonun asosida sud islohotlari o‘tkazildi.
O‘zbekiston tarixida birinchi marta O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat qo‘mitasi tuzildi. Konstitutsiyaviy sud siyosat va huquq sohasidagi mutaxassislardan tuziladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Sudi:
• qonunlarning, Prezident farmonlarining, hukumat va davlat hokimiyati mahalliy organlari qarorlarining, O‘zbekiston Respublikasi davlatlararo shartnomalarining va boshqa majburiyatlarning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga mosligini aniqlaydi;
• Qoraqalpog‘iston Respublikasi Konstitutsiyasining O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunlarining O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiqligi to‘g‘risida xulosa beradi;
• O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari normalariga sharh beradi;
• O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari bilan berilgan vakolat doirasida boshqa ishlarni ham ko‘rib chiqadi. O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi sud tizimining boshqa tarmoqlari tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi sud hokimiyati 2000 yil 14 dekabrda qabul qilingan yangi tahrirdagi „Sudlar to‘g‘risida“ va 2001 yil 29 avgustda qabul qilingan „Jinoiy jazolarning liberallashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining jinoyat, jinoyat-protsessual kodekslari hamda ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida“ gi Qonunlar asosida yanada takomillashib bormoqda.
Sud ishlarida qonuniylikka amal qilishga, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchining sud himoyasi huquqi bilan ta’minlanishiga, fuqarolar huquq va erkinliklarining himoyalanishiga e’tibor tobora yaxshilanib bormoqda.
Sud hokimiyati qonunning ustunligini, barcha fuqarolarning qonun oldida tengligini ta’minlash yo‘lida faoliyat ko‘rsatmoqda.
O‘zbekistonda sudlar ixtisoslashtirildi, fuqarolik va jinoiy ishlar bo‘yicha alohida sudlar tashkil etildi. Sudlar sud qarorlarini ijro etish kabi o‘zlariga xos bo‘lmagan vazifalardan ozod qilindi.
2008 yil 1 yanvardan mamlakatda o‘lim jazosi bekor qilindi, fuqarolarni qamoqqa olishga sanksiya berish huquqi prokuraturadan sudlarga o‘tkazildi. Demak, mamlakatimizda jinoiy jazolashning eng insonparvar huquqiy tizimi tashkil etildi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin