«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə18/83
tarix28.09.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#150372
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83
Ma\'ruza matin

4.O‘zbekistonning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo‘li.
O‘zbek xalqining ko‘p asrlik orzu-umidlari ifodasi bo‘lgan mustaqillikning asosiy xususiyati milliy, umuminsoniy qadriyatlarni ta’minlaydigan huquqiy-demokratik davlat qurish edi.
Mustaqillik yillari milliy davlatchilik asoslarini qurish yillari bo‘ldi. O‘tgan yillar ko‘hna tariximizni teran his qilish, hozirgi jahon jarayonida o‘z o‘rnimizni egallash davri bo‘ldi. Bu davrda biz o‘zligimizni anglab, tarixiy yo‘limizni uzil-kesil tanlab oldik.
Mustaqil O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov tarixiy an’analarga, dunyo tajribalariga, o‘lkaning o‘ziga xos tomonlariga tayangan holda jamiyatni siyosiy jihatdan tubdan isloh qilish yo‘llarini ishlab chiqdi. Bu jarayonda ikkita bosh vazifa:
1. Eski ma’muriy tizimni tugatish va hokimiyat boshqaruv organlarini qayta qurish;
2. YAngi davlatchilikning huquqiy va siyosiy asoslarini yaratish, davlatchilikda yangi markaziy va mahalliy boshqaruv tizimini shakllantirish masalalarini hal qilishdan iboratdir.
Jamiyatda qonuniylikning g‘alaba qilishi, fuqarolarni ijtimoiy-siyosiy va boshqa huquqlarini himoyasi uchun hokimiyatlarning bo‘linish prinsipi haqli ravishda amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida hokimiyatning bo‘linishi tamoyili konstitutsiya darajasida mustahkamlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning V bo‘lim XVIII bobida va 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan. Bu qonunlarga ko‘ra, Oliy Majlis Oliy davlat vakillik organi bo‘lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o‘zgartirish, mamlakat hayoti uchun zarur o‘zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994 yil 25 dekabrga saylovlar belgilandi.
1993 yilni 28 dekabrida qabul qilingan «O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylovlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkaziladi. O‘zbekiston Respublikasi I chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublikamiz siyosiy hayotida ulkan yutuq bo‘lib, bunda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis–YAngi Parlament demokratik va ko‘ppartiyaviylik asosida tuzildi.
Oliy Majlis faoliyatini erkinlashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi II chaqiriq Oliy Majlisining VII-sessiyasida ikki palatali parlament tuzish to‘g‘risida umumxalq referendumi o‘tkazishga qaror qilindi. SHu asosda 2002 yil 27 yanvarda o‘tgan umumxalq referendumida qatnashgan fuqarolarning 93,65 foizi parlamentni ikki palatadan tuzilishini qo‘llab-quvvatladi.
1995 yil 23-24 fevralda chaqirilgan birinchi sessiyada O‘zbekiston parlamenti hokimiyat vakillik organlaridan saylangan 120 kishidan iborat deputatlar blokini, 69 deputatdan tarkib topgan Xalq Demokratik partiyasi fraksiyasini, 47 deputatni uyushtirgan “Adolat” sotsial-demokratik fraksiyasini, 14 deputat ishtirokida “Vatan taraqqiyoti” partiyasi fraksiyasini ro‘yxatga oldi. Oliy Majlis sessiyalarida va uning qo‘mitalarida olib borilayotgan ishlar asosan mamlakatimizni ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy taraqqiyotini yuqori bosqichga ko‘tarish, qonunchilikni sifat darajasini yuksaltirishga qaratilgan. Qonunlar qabul qilinmasdan oldin umumxalq muhokamasiga taqdim qilinishi islohotlarni amalga oshirishga ijobiy ta’sir qildi.
1997 aprelda Oliy Majlis tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) tashkil qilinganligi haqida qaror qabul qilindi.
Ombudsman jahondagi 85 dan ortiq mamlakatda bo‘lib, uning huquqiy holatini aniq ravshan belgilab beruvchi konstitutsiyaviy qonun Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi huquqiy hujjatdir.
Ushbu qonunda:
“Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi”,-deb ta’kidlangan.
Vakil Oliy Majlisning yordamchi instituti bo‘lib, u ijtimoiy manfaatlarning muvozanatiga, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha eng maqbul davlat tizimi yaratilishiga ko‘maklashadi. Qonun ombudsman institutining umumiy konsepsiyasi va jahon amaliyotining uyg‘unlashgan shakli sifatida inson huquqlari vakili faoliyatining asosiy qoida-qonuniylik, oshkoralik, adolatparvarlik, insonparvarlik har bir kishi uchun ochiq ekanligini tasdiqlaydi.

Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin