«O’zbekiston tarixi» kafedrasi o’zbekistonning eng yangi tarixi fanidan ma’ruza matni


- MA’RUZA. O‘zbekiston va jahon hamjamiyati



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə57/83
tarix28.09.2023
ölçüsü1,82 Mb.
#150372
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83
Ma\'ruza matin

13- MA’RUZAO‘zbekiston va jahon hamjamiyati


Reja:

1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari.


2. O‘zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo‘lishi hamda jahon
hamjamiyatidagi o‘rni va nufuzini ortib borishi.
3. O‘zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli
hamkorliklari.
4. O‘zbekistonning SHHT bilan aloqalari.
5. O‘zbekistonning MDHdagi o‘rni va Markaziy Osiyo davlatlari bilan
o‘zaro hamkorlik aloqalari.
1. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari

XX asrning oxirgi o‘n yilligi insoniyat tarixiga buyuk o‘zgarishlar davri bo‘lib kirdi, chunki er yuzida vaziyat, kuchlar nisbati keskin o‘zgarib, bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan SSSR va AQSH etakchilik qilgan ikki ijtimoiy-siyosiy tuzum, ikki harbiy-siyosiy blok barham topdi.


Sotsialistik tuzum emirilishi bilvosita butun mamlakatlar taqdiriga ta’sir etdi. Dunyo yangilanishi jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot ko‘lami bilan jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun harakat boshladi.
SHular qatori O‘zbekiston ham jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish maqsadida o‘zining ijtimoiy-siyosiy yangilanish dasturini ishlab chiqdi. O‘zbekistonning o‘z taraqqiyot istiqbollari uchun qulay jo‘g‘rofiy-siyosiy imkoniyatlarga ega ekanligi ham mustaqil tashqi siyosat yuritish, jahon hamjamiyatidan munosib o‘rin olish uchun imkon berdi.
Xususan, O‘zbekistonning Markaziy Osiyo mintaqasidagi o‘rni, bu xududda istiqomat qiladigan xalqlarning qadimdan hamfikr bo‘lib kelgani Markaziy Osiyo mintaqasida tashqi siyosat yuritishda ijtimoiy zarurat hisoblanib kelinmoqda.
Ma’lumki, sobiq ittifoq davrida O‘zbekiston tashqi siyosatda boshqa davlatlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa qilish imkonidan mahrum bo‘lib, respublikaning o‘rni faqat qog‘ozlarda federatsiya sub’ekti sifatida mustahkamlangan edi, xolos.
O‘zbekiston o‘z imkoniyatlarini dunyo miqyosida ko‘rsatishdan ajrab qolgan, xorij bilan xalqaro aloqalar faqat markazning ruxsati bilan amalga oshirilar edi.
Istiqlolning dastlabki kunlaridan boshlab O‘zbekistonda xalqaro tashkilotlarning faoliyatini o‘rganish, xorijiy davlatlar bilan diplomatik, turistik aloqalarni yo‘lga qo‘yish va bu ishlarda faoliyat yuritish uchun yuqori malakali milliy kadrlar etishtirish ehtiyoji kelib chiqdi. SHuni ta’kidlash kerakki, O‘zbekiston bu ishlarni rejali tarzda amalga oshirdi.
“Xalqaro hamjamiyatning to‘la huquqli a’zosi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarda mustaqil davlat, xalqaro huquq sub’ekti sifatida qatnashadi, uning maqsadlari mustahkam tinchlik, qurolsizlanish, o‘z hududini qurol-yarog‘lardan xoli qilish, yadroviy qurolni va boshqa ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘qotish, suveren davlatlar o‘rtasidagi nizo va ziddiyatlarni hal etishda kuch ishlatish va tazyiqqa yo‘l qo‘ymaslikdan iborat”, - deb 1991 yil 31 avgustda Oliy Kengash VI sessiyasida qabul qilingan “Mustaqillik haqidagi Bayonot”da o‘z tashqi siyosatining asosiy yo‘lini belgilab olgan O‘zbekiston Respublikasi 1992 yil 8 dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyamizning 17-moddasida bu yo‘lni qonun bilan mustahkamladi. O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosatining asosiy ustuvor tamoyillari quyidagilarni tashkil etadi:
· milliy-davlat manfaatlarini ustun qo‘ygan holda tashqi siyosatda davlatlarning suveren tengligini hisobga olish;
· umumbashariy qadriyatlarni ustun qo‘ygan xolda nizoli mojarolarni tinch yo‘l bilan hal etish;
· tashqi siyosatdagi teng huquqlilik va o‘zaro manfaatdorlikni o‘rnatishda boshqa mamlakatlarning ichki ishlariga aralashmaslik
· barcha tinchliksevar davlatlar bilan tashqi aloqalarni o‘rnatishga intilish;
· xalqaro huquq normalarini tan olgan xolda jahon hamjamiyatida xalqaro talablarga rioya qilish;
· tashqi siyosatda ko‘p tomonlama aloqalarni o‘rnatishda xalqaro tashkilotlar doirasida aloqalarni kengaytirish masalalari kiritildi.



Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin