III – BOB. ELEKTROSTATIKA. O’ZGARMAS TOK.
Elektrostatika. Kulon qonuni. Zaryadlangan jismlarning o’zaro ta’siri
Asosiy formulalar
Kulon qonuni
bu yerda F ikkita nuqtaviy zaryad va larning o’zaro ta’sir kuchi:
r zaryadlar orasidagi masofa; muhitning dielektrik singdiruvchanligi; elektr doimiysi:
Zaryadning saqlanish qonuni
bu yerda - izolyatsiyalangan tizimga kiruvchi zaryadlarning algebraik yig’indisi; n zaryadlar soni.
Elektr maydon kuchlanganlik vektori ning oqimi.
Bir jinsli bo’lmagan maydonga joylashtirilgan ixtiyoriy S sirt orqali
yoki
bu yerda - kuchlanganlik vektori va sirt elementiga normal orasidagi burchak; dS sirt elementining yuzasi; - kuchlanganlik vektoring normalga proeksiyasi;
bir jinsli elektr maydonga joylashtirilgan yassi sirt orqali
Kuchlanganlik vektori ning yopiq sirt orqali oqimi
bunda integrallash butun sirt bo’ylab bajariladi.
Ostrogradskiy Gauss teoremasi. zaryadlarni o’z ichiga olgan
Ixtiyoriy yopiq sirt orqali kuchlanganlik vektori ning oqimi.
bu yerda - yopiq sirt ichida joylashgan zaryadlarning algebraik yig’indisi , n zaryadlar soni.
Q nuqtaviy zaryadning zaryaddan r masofada hosil qiladigan elektr maydon kuchlanganligi
Radiusi R gat eng bo’lgan Q zaryadli matall sferaning sfera markazidan r masofada hosil qiladigan elektr maydon kuchlanganligi:
Sferaning ichida (r
Sferaning sirtida (r=R)
Sferaning tashqarisida (r>R)
Elektr maydonning superpozitsiya (quyilish) printsipiga binoan ikki (va undan ko’p)
nuqtaviy zaryadlar hosil qilgan maydonning natijaviy kuchlanganligi qo’shiluvchi
maydonlar kuchlanganliklaring vektor (geometrik) yig’indisiga teng:
va kuchlanganlikli ikkita elektrostatik maydon bo’lgan holda kuchlanganlik vektorining moduli
Bunda vektorlar orasidagi burchak.
Bir tekis zaryadlangan cheksiz uzun tola (yoki silindr) o’z o’qidan r masofada hosil
qiladigan maydon kuchlanganligi
bu yerda zaryadning chiziqli zichligi.
Zaryadning chiziqli zichligi tola bo’ylab taqsimlangan zaryadning tola (silindr)
uzunligiga nisbatiga teng kattalikdir:
Bir tekis zaryadlangan cheksiz tekislik hosil qiladigan maydon kuchlanganligi
bu yerda zaryadning sirt zichligi.
Zaryadning sirt zichligi sirt bo’ylab taqsimlangan zaryadning shu sirt yuzasiga nisbatiga
teng bo’lgan kattalikdir:
Zaryadlari sirt zichliklari ning modullari teng bo’lgan qarama-qarshi ishorali zaryadlar bilan bir tekis zaryadlangan ikkita ikkita parallel cheksiz tekislik hosil qiladigan maydon (yassi kondensator maydoni) kuchlanganligi
Elektr sig`im
Yakkalangan o`tkazgich yoki kondestatorning elektr sig`imi
Bunda -o`tkazgichga (kondestatorga) berilgan zaryad; -shu zaryad vujudga keltirgan potentsialning o`zgarishi.
dielektrik singdiruvchanlikni cheksiz muhitda joylashgan R radiusli yakkalangan o`tkazuvchi sferaning elektr sig`imi
Agar sfera kovak va dielektrik bilan to`ldirilgan bo`lsa, buning natijasida uning elektr sig`imi o`zgarmaydi.
Yassi kondestatorning elektr sig`imi
Bunda S-qoplamalar yuzasi; d- qoplamalar orasidagi masofa; -qoplamalar orasidagi bo`shliqni to`ldirib turuvchi dielektrikning dielektik singdiruvchanligi.
Har birining dielektrik singdiruvchanligi va qalinligi bo`lgan n ta dielektrik qatlami bilan to`ldirilgan yassi kondestatorning elektr sig`imi
Sferik kondestatorning elektr sig`imi
Silindrik kondestatorning elektr sig`imi
Ketma-ket ulangan kondestatorlarning elektr sig`imi c; umumiy holda , bunda n-kondestatorlar soni;
Ikkita kondestatorlar holida ; har birining sig`imi c1 bo`lgan n ta bir xil kondestatorlar xolida
Parallel ulangan kondestatorlarning elektr sig`imi umumiy holda
Ikkita kondestator holida
Har birining sig`imi c1 bo`lgan n ta bir xil kondestatorlar holida
O`zgarmas elektr toki
O`zgarmas tokning kuchi
Bunda q-o`tkazgichning ko`ndalang kesimidan t vaqtda o`tadigan elektr zaryad miqdori.
Elektr tokning zichligi vektor kattalik bo`lib, tok kuchining o`tkazgich ko`ndalang kesimining yuzasi S ga nisbatiga tengdir:
Bunda -yo`nalishi musbat zaryad tashuvchilarning xarakat yo`nalishi bilan mos keluvchi birlik vektor
Bir jinsli o`tkazgichning qarshiligi
Bunda -o`tkazgich moddasining solishtirma qarshiligi; l-uning uzunligi.
O`tkazgichning o`tkazuvchanligi G va moddaning solishtirma o`tkazuvchanligi
Solishtirma qarshilikning haroratga bog`liqligi
Bunda p va p0 –mos ravishda t va dagi solishtirma qarshiliklar; t-harorat; -qarshilikning xarorat koeffitsienti.
Ketma-ket ulanganda
Parallel ulanganda
Bunda Ri –i-o`tkazgichning qarshiligi; n-o`tkazgichlar soni.
Om qonuni:
Zanjirning bir jinsli bo`lmagan qismi uchun
Zanjirning bir jinsli qismi uchun
Yopiq zanjir uchun
Kirxrof qoidalari. Birinchi qoida: tugunda qo`shiluvchi tok kuchlarining algebraik yig`indisiga teng, ya’ni
Ikkinchi qoida: yopiq konturda konturning barcha qismlaridagi kuchlanishlarning algebraik yig`indisi elektr yurituvchi kuchlarning algebraik yig`indisiga teng, ya`ni
O`zgarmas tok zanjirining qismida t vaqtda elektrostatik maydon va chet kuchlar bajaradigan ish
Tokning quvvati
Joul-Lens qonuni
Bunda Q - t vaqtda zanjirning qismida ajraladigan issiqlik miqdori.
Dostları ilə paylaş: |