T=573 K haroratli havo bilan to’ldirilgan, sig’imi V=10 sm3 bo’lgan g’ovak sharni trubka yordamida simob bilan to’ldirilgan kosaga tutashtirdilar. Ichidagi havoning harorati T=293 K gacha soviganda sharga kiradigan simobning massasi m aniqlansin. Shar sig’imining o’zgarishi inobatga olinmasin.
«1 tonna qo‘rg‘oshin og‘irmi yoki 1 tonna po‘kakmi?» degan xazil savol xammaga ma’lum. Xavoda o‘lchanganda 1 T kelgan po‘kakning xaqiqiy og‘irligi, xavoda xuddi shunday 1 T kelgan qo‘rg‘oshinning xaqiqiy og‘irligidan qancha katta ekani xisoblansin. Xavoning temperaturasi , bosimi esa 760 mm sim.ust. ga teng.
V=12 l sig’imli ballonda karbonat angidrid gazi bor. Gazning bosimi p=1 mPa da, harorati T=300 K. Ballondagi gaz massasi aniqlansin.
Harorati T=309 K va bosimi P=0,7 MPa bo’lgan gaz ρ=12 kg/m3 zichlikka ega. Gazning nisbiy molekulyar massasi mr aniqlansin.
Havo sharining qobig’i V=1600 m3 sig’imga ega. Qobiqni to’ldiruvchi vodorodning bosimi p=60 kPa va harorati T=280 K bo’lgan balandlikdagi ko’tarish kuchi topilsin. Shar ko’tarilayotganda vodorod sharning quyi qismidagi teshikdan chiqishi mumkin.
V Normal sharoitda xavo to‘ldirilgan idishga dietil efiri ( ) yuborilgan. Xamma efir bug‘lanib ketgandan keyin, idishdagi bosim 1050 mm sim.ust. ga teng bo‘lib qolgan. Idishga qanday miqdorda efir yuborilgan? Idishning xajmi V=2 l.
Havo og‘irligining 23,6 % qismi kisloroddan va 76,4 % qismi azotdan tashkil topgan deb xisoblab, xavoning 750 mm sim.ust. bosimda va temperaturadagi zichligi topilsin. Bu sharoitda kislorod va azotning porsial bosimi topilsin.
Agar iodning dissotsiatsiya darajasi 50% bo‘lsa, uning 1g bug‘ida qancha zarracha bo‘ladi? Iod J2 ning bir kilomol massasi 254kg/kmol ga teng.
Yarmi dissotsiatsiyalangan 16 g kislorodda nechta zarracha bo‘ladi?
Sig’imi V=25 l bo’lgan ballonda T=290 K haroratli vodorod bor. Vodorodning bir qismini sarflaganlaridan keyin ballondagi bosim p=0,4 MPa ga pasaydi. Sarflangan vodorodning massasi m aniqlansin.
Sig’imlari V1=20 l va V2=44 l bo’lgan ballonlarda gaz saqlanmoqda. Birinchi ballondagi bosim p1=2,4 MPa, ikkinchisidagi esa p2=1,6 MPa. Agar gazning harorati oldingidek qolsa, ballonlar ulangandan keyin umumiy bosim pva parsial bosimlari p1 va p2 qanday bo’ladi?
Sig’imi V=0,01 m3 bo’lgan idishda m=7 g massali azot va m=1g massali vodorod gazlarining T=280 K haroratdagi aralashmasi saqlanadi. Gaz aralashmasining bosimi p aniqlansin.
Kislorod va azotdan iborat gaz aralashmasi p=1mPa bosim ostida ballonda turibdi. Agar aralashmada kislorodning massa ulushi ω1=0,2 bo’lsa, kislorodning p1va azotning p2 parsial bosimlari aniqlansin.