9. Geliy zichligi ρ=2.1·10-2 kg/m3 bo’lganda geliy atomlarining o’rtacha erkin yugurish yo’li topilsin(Javob: 1.8·10-6 m)
10. Normal sharoitda 1 l geliy tashqaridan olgan issiqlik hisobiga izotermik 2 l hajmgacha kengaygan. 1) Kengayishda gazning bajargan ishi, 2) gazga berilgan issiqlik miqdori topilsin(Javob: 1) 70 J, 2) 70 J)
11. Ideal issiqlik mashinasi Karno sikli bo’yicha ishlaydi. Agar bir siklda 300 kGm ga teng ish bajarilganligi va sovutkichga 3,2 kkal issiqlik berilganligi ma’lum bo’lsa, siklning FIK aniqlansin. (Javob: 18%)
12. Teskari Karno sikli bo’yicha ishlaydigan ideal issiqlik mashinasi, har bir siklda 3,7·104 J ga teng ish bajaradi. Bunda mashina -100C temperaturali jismdan issiqlik olib, +170C temperaturali jismga issiqlik beradi. 1) Siklning FIK, 2) bir siklda sovuq jismdan olingan issiqlik miqdori, 3) bir siklda issiq jismga berilgan issiqlik miqdori topilsin. (Javob: 1) 0.093, 2) 360 kJ, 3)37 kJ)
13. 108 N/m2 bosimda 10g geliy 100sm3 hajmni egallaydi. Gazni: 1) ideal va 2) real deb hisoblab, uning temperaturasi topilsin. (Javob: 1)4820K, 2) 2040K)
14. Radiusi 3mm bo’lgann simobning sferik tomchisini bir xil ikkita tomchiga ajratish uchun uning sirt taranglik kuchiga qarshi qancha ish bajarish kerak? (Javob: 1.47·10-5 J)
15. Ichki diametri 2mm bo’lgann kapillar naycha suyuqlikka tushirilgan. Kapillar naychada ko’tarilgan suyuqlikning og’irligi 9·10-5 kG bo’lsa, suyuqlikning sirt taranglik koeffitsiyenti topilsin. (Javob: 0.07 N/m)
NAZORAT ISHI UCHUN MASALALAR
Massasi m=0,2 kg bo’lgan azotning modda miqdori ν va molekulalar soni N aniqlansin.
Sig’imi V=3 l bo’lgan idishda massasi m=4 g bo’lgan kislorod bor. Gazning modda miqdori ν va molekulalar soni N aniqlansin.
Kislorod normal sharoitda sig’imi V=11,2 l bo’lgan idishni to’ldirib turibdi. Gazning modda miqdori ν va uning massasi m aniqlansin.
Sig’imi V=5 l bo’lgan idishda modda miqdori ν=0,2 mol bo’lgan bir jinsli gaz bor. Agar gazning zichligi ρ=1,12 kg/m3 bo’lsa, u qanday gaz ekanligi aniqlansin.
1) va 2) temperaturalar uchun 0,5g vodorotning izotermalari chizilsin.
1) va 2) temperaturalar uchun 15,5g kislorodning izotermalari chizilsin.
Xavosi sorib olingan, ikki uchi kavsharlap qo‘yilgan kapilyarning o‘rtasida l=20 cm uzunlikdagi simob ustuni bor. Agar kapilyarni vertikal qilib qoyilsa, simob ustunisiljiydi. Kapilyardagi xavo qancha bosimgacha sorib olingan? Kapilyarning uzunligi
m=10 g massali azotning uchdan bir qismi atomlarga parchalandi. Gazdagi barcha zarralarning soni N aniqlansin.
Sig’imi V=300 sm3 bo’lgan jo’mrakli tiqin bilan berkitilgan kolbada siyraklashgan havo bor. Kolbadagi bosimni o’lchash uchun kolbaning bo’g’izini biroz suvga botirdilar va jo’mrakni ochdilar. Natijada kolbaga massasi m=292 g ga teng suv kirdi. Agar atmosfera bosimi P=100 kPa bo’lsa, kolbadagi dastlabki bosim aniqlansin.
Ideal gaz o’zgarmas bosim ΔT=1K ga qizdirilgan uning hajmi dastlabki hajmining 1/350 qismiga ortdi. Gazning boshlang’ich harorati T topilsin.