O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili rejaRegulyator bilan hamkorlik qilishga asoslangan shakl (AQSh, Kanada)
Bugungi kunda tartibga solishning eng qattiq tartibi Germaniyada shakllangan bo’lsa, eng yumshoq tartibga solish Gonkongda amal qiladi. Amalda tartibning yumshoqligi me’yorlarning yumshoqligini bildirmaydi. Masalan, London birjasining xalqaro moliya markazi sifatidagi mashhurligi, aynan tartibga solishning egiluvchanligi sababli o’sgan. Shunday bo’lsada, tartibga solish vakolatlarining taqsimlanishi nuqtai nazaridan, Buyuk Britaniya eng qattiq tartiblardan sanaladi1. Moliya bozorlarini tartibga solishning turli-tumanligi va o’z-o’zini tartibga soluvchi organlar vakolatlarining hajmi, nafaqat madaniyat, an’analar va fuqarolarning mentalitetidan kelib chiqadi2, balki yuridik tizimlar nazariyasi (legal origins theory)ga ham bog’liq bo’ladi3. Yuqorida keltirilgan jadvaldan ham kuzatish mumkinki, ishtirokchilarning mustaqilligi bilan bog’liq o’z-o’zini tartibga solish ko’proq, yuridik jihatdan pretsedent huquqi tizimiga asoslangan mamlakatlarda mavjud. Yevropa va kontinental huquqiy tizimga asoslangan mamlakatlarda o’z-o’zini tartibga solish mexanizmlarini qabul qilish murakkabroq ekanligini ko’rish mumkin1. Ushbu nazariyadan kelib chiqadiki, o’z-o’zini boshqarishga asos bo’lib xizmat qiluvchi milliy huquqiy tizim (fuqarolik yoki pretsedent), mamlakatning moliya bozorlarining uzoq muddatli rivojlanishini va ularni tartibga solish tizimni belgilab beradi2. Tartibga solishning turli tizimlarini shakllanishiga, shuningdek, minoritar aksiyadorlarni himoya qilish va markazlashmagan tarzda ulushli egalik qilish institutlarining qay darajada rivojlanganligi ham o’z ta’sirini o’tkazadi3. Ko’rib o’tilgan yurisdiksiyalar ichida shunday holatlar ham borki, masalan, huquqning pretsedent tizimiga asoslangan Buyuk Britaniyada tashkiliy o’z-o’zini tartibga solishdan voz kechildi va 1997 yilda barcha o’z-o’zini tartibga soluvchi organlar yagona FSA megaregulyator shaklida qayta tuzildi. Shuning bilan bir vaqtda, bozorning barcha ishtirokchilarning huquq va erkinliklari islohotlar davomida o’zgarmagan holda saqlanib qoldi (2.1.1-jadval). Bu degani, o’z-o’zini boshqarish tamoyili qonuniy Yüklə 211,05 Kb. Dostları ilə paylaş: |