2.2.2-rasm: Jahon fond bozori kapitalizatsiyasining 2018 yilda dunyo mamlakatlari kesimida taqsimlanishi2 Statistik ma’lumotlarga e’tibor beradigan bo’lsak, 2018 yilda jahon fond bozori kapitalizatsiyasi 85 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. Kapitalizatsiyaning asosiy qismi Amerika Qo’shma Shtatlari hissasiga to’g’ri kelgan. Boshqacha qilib aytadigan bo’lsak, AQSh kapitalazitsiyasi dunyoning boshqa jami mamlakatlari fond bozorining kapitaliztsiyasiga qariyb teng bo’lib qolgan. Shu sababli o’rganishlarimiz jarayonida ko’proq urg’u AQShga beriladi.
AQSh kapital bozori dunyodagi eng katta va to’lovlilik va samaradorlik qobiliyati eng yuqori bo’lgan mamlakat hisoblanadi. AQSh kapital bozori qiymati mamlakat yalpi ichki mahsulotidan qariyib 2 barobar katta – fond bozori YaIMning 162 foizini tashkil etadi, YaIMni doimiy daromad bozori (Fixed income market)1 bo’yicha hisoblaganda AQSh kapitali 207 foizni tashkil etgan.
Jahon qimmatli qog’ozlar bozori kapitali 2018 yilda 85 trillion AQSh dollarini tashkil qilgan. AQShning undagi ulushi 38 foizni yoki jami kapitalning 32 trillion dollarini tashkil etgan. Bu o’zidan keyingi eng yirik bozordan qariyb 3,5 barobar katta demakdir (Yevropa ittifoqiga nisbatan (Buyuk Britaniyani hisobga olmaganda)).
2.2.3-rasm: Jahon fond bozori kapitalizatsiyasi faqatgina AQSh va rivojlanayotgan mamlakatlar mavjud bo’lgan holatda qanday taqsimlanishi2 Shuningdek, jahon fond bozorining asosiy ishtirokchilari qatoriga Yevropa Ittifoqi (11%), Xitoy (10%), Yaponiya (7%), Buyuk Britaniya (5%), Gong Kong (5%), Kanada (3%), Avstraliya (2%) va Singapur (1%) ni kiritishimiz mumkin. Ushbu mamlakatlar dunyo fond bozorining asosiy o’yinchilari hisoblanadi (2.1.2-rasm).
So’nggi statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo’lsak dunyoda 195 dona mamlakat mavjud ekanligini bilib olishimiz mumkin. Ularning 80ga yaqini rivojlangan mamlakatlar sifatida e’tirof etilishi mumkin. Bundan kelib chiqadiki qolgan 115 mamlakat rivojlanayotgan yoki turg’un (rivojlanishdan to’xtagan) mamlakatlar hisoblanadi. Aynan shu mamlakatlar, shu jumladan O’zbekiston dunyo fond bozorining atiga 17 foiziga egalik qiladi. Solishtirish uchun yuqoridagi holatni e’tiboringizga taqdim etmoqchimiz (misol tariqasida). Agar dunyo fond bozori faqatgina AQShning 38 foizlik ulushi va rivojlanayotgan mamlakatlarning 17 foizlik ulushidan iborat bo’lganda edi, ular o’rtasidagi fond bozori kapitalizatsiyasi yuqoridagi kabi taqsimlangan bo’lar edi. Ya’ni AQSh bozorning 69 foiziga (bozorning uchdan ikki qismi) rivojlanayotgan mamlakatlar 31 foizga egalik qilgan bo’lar edi (2.1.3-rasm).
2.1.4-rasmda keltirilgan diagrammalarda jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri hisoblangan fond bozori va doimiy daromad bozorlarining moliya bozoridagi ulushi hamda mamlakatlar o’rtasida taqsimlanishi keltirilgan. Fond bozori 2018 yilda 85 trillion AQSh dollarini tashkil etgan bo’lsa, doimiy daromad bozori qiymati 100 trillion dollarga teng bo’lgan.
Jahon fond bozori va doimiy daromad bozori bo’yicha aksariyat dunyo mamlakatlarining ulushi teng. Biroq bu ko’rsatkichlar Yevropa Ittifoqi hamda rivojlanayotgan mamlakatlarda keskin farq qiladi (2.1.4-rasm).
Zamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida global va mintaqaviy moliyaviy markazlar puxta o’ylab ishlab chiqilgan, iqtisodiy-moliyaviy, huquqiy- me’yoriy mexanizmlar majmui asosida turli mahalliy va xorijiy moliya institutlarining ma’lum bir joyda moddiy-iqtisodiy manfaat yuzasidan to’planishini ta’minlaydi. Natijada mamlakat moliya bozoridagi aktivlar va ko’rsatiluvchi xizmatlar turini ko’paytiradi, innovatsion mahsulotlar bilan takomillashgan, iqtisodiy mustahkam, murakkab infratuzilmani yuzaga keltiradi. Moliyaviy institutlarning bir joyga to’planishi yoki akkumulyasiyasi hisobiga shakllangan moliya bozoridagi kuchli raqobat ular ko’rsatadigan xizmatlarning iste’molchilar talabi asosida son va sifat jihatdan oshishiga olib keladi.