O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili reja


Moliya bozorining amaldagi holatining tahlili



Yüklə 211,05 Kb.
səhifə5/12
tarix30.09.2023
ölçüsü211,05 Kb.
#150538
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tah

2. Moliya bozorining amaldagi holatining tahlili
Jahon moliya bozori xalqaro kapital bozorining bir qismi bo’lib, turli mamlakatlardagi kreditorlar va qarz oluvchilarning kapitalga bo’lgan jami talab va taklifini o’zida mujassamlashtiradi.
Shu o’rinda moliya bozori va iqtisodiy o’sish o’rtasidagi o’zaro bog’liqlikni ta’kidlab o’tish lozim. Chunki moliya bozorining mavjudligini asosiy tamoyili iqtisodiy o’sishni jadallashtirish hisoblanadi.
Moliya bozori va iqtisodiy o’sishni quyidagi oddiy misol (investitsiylar) bilan tushuntirishga urunib ko’ramiz.
Iqtisodiy o’sish va investitsiyalar (moliyaviy instrument ko’rinishini olgan investitsiya)ning o’zaro bog’liqligi mexanizmi Nobel mukofoti laureati P.Samuelson tomonidan “akselerator tamoyili” ko’rinishida quyidagicha ifodalangan4: real YaIM o’sishi real investitsiyalar o’sishiga olib keladi, o’z navbatida real investitsiyalarning ko’tarilishi unga javoban YaIM o’sishiga sabab bo’ladi. Bu tamoyilning muhim jihati shundan iboratki, real investitsiyalar real kapital (bino va inshoatlar, mashina va anjomlar) va ishlab chiqarish zahiralari bahosi ortishini bildiradi. Demak, ko’rinib turibdiki, moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog’ozlar) yordamida real kapitalga qilingan investitsiyalarning ortishi uning bahosini oshiradi, bu esa mos ravishda moliyaviy instrument ko’rinishini olgan investitsiyalarning o’sishiga olib keladi, ya’ni “moliyaviy instrument (qimmatli qog’oz) va uning real bazisi (real kapital) o’rasidagi ekvivalentlilik” tamoyilini to’g’riligini hamda iqtisodiy o’sish, investitsiyalar va moliya bozorining o’zaro bog’liqligi isbotlaydi.

2.2.1-rasm: Dunyo mamlakatlarining jahon moliya bozoridagi ulushi
(2018 yil holatiga)1

Demak moliya bozori mamlakat YaIM shakllanishini, iqtisodiy o’sishning ta’minlanishini harakatga keltiruvchi unsur bo’lib xizmat qiladi. Dunyo moliya bozorida mamlakatlar ulushining kattaligi davlatning iqtisodiy qudratini, boshqa mamlakatlarga ta’sirini ko’rsatib beradi. Bugungi kunda dunyo moliya bozorining umumiy qiymati 230 trillion AQSh dollaridan yuqoriligi ko’plab yillik hisobotlar va maqolalarda qayd etib o’tilgan1. Yuqorida dunyo mamlakatlarining jahon moliya bozoridagi ulushi keltirilgan (2.1.1-rasm).
Bugungi kunga kelib, nisbatan kam sonli mamlakatlar o’rtasida moliya bozorining salmoqli ulushi taqsimlangan. Bular ichida eng kattalari AQSh (40%), Yaponiya (8%), Xitoy (7%), Gongkong (7%), Buyuk Britaniya (4%), Fransiya (3%), Germaniya (3%) kabi dunyoning eng qudratli mamlakatlari o’rin olgan.
Ko’rinib turibdiki dunyo moliya bozorining uchdan ikki qismi aksariyat rivojlangan mamlakatlarga tegishli.
Jahon moliya bozorining asosiy segmentlaridan biri fond birjasi yoki qimmatli qog’ozlar (kapital) bozori hisoblanadi.


Yüklə 211,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin