O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tahlili reja


-rasm: Jahon moliya bozori segmentlari va unda dunyo mamlakatlarining ulushi1



Yüklə 210,58 Kb.
səhifə7/12
tarix20.05.2023
ölçüsü210,58 Kb.
#118195
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
O’zbekiston va jahon moliyaviy bozorlarining amaldagi holati tah

2.2.4-rasm: Jahon moliya bozori segmentlari va unda dunyo mamlakatlarining ulushi1
Jahon iqtisodiyotida moliya sektorining rivojlanish xususiyatlarini o’z ilmiy ishlarida tadqiq etgan bir qator iqtisodchi olimlar global, xalqaro, mintaqaviy va mahalliy moliyaviy markazlarning o’ziga xos jihatlarini yoritishga harakat qilganlar.
L.N. Krasavinaning fikricha, jahon moliyaviy markazlari bu xalqaro moliyaviy oqimlar va yirik hajmdagi operatsiyalarning nisbatan foydali bo’lgan sohalar bo’yicha taqsimoti natijasida ma’lum bir joyda to’planishi, yoki marzkazlashuvini anglatadi. Tarixan, ular milliy bozorlar negizida, keyinchalik jahonning valyuta, kredit, fond va oltin bozorlari asosida paydo bo’lgan. Shuning uchun, jahon moliyaviy markazlari tarkibida moliya bozorining barcha sektorlari joylashgan1.
A.V. Novikov va I.Y. Novikova moliyaviy markazlar tushunchasini aniqlashda uch xil yondashuvga asoslangan2. Birinchidan, funksional jihatdan moliyaviy markazlar moliyaviy va maslahat xizmatlarining majmuidir. Ikkinchidan, institutsional nuqtai nazardan ular moliyaviy operatsiyalarni amalga oshiruvchi moliyaviy institutlar tizimi hisoblanadi. Uchinchidan, moliyaviy markazlar geosiyosiy jihatdan moliya bozori ishtirokchilariga sifatli xizmat ko’rsatish, moliyaviy resurslarni jalb etish va qayta taqsimlashga imkon beruvchi infratuzulmaga ega global shaharlardir. Uchinchi yondashuv L.N. Krasavinaning xalqaro moliyaviy markazlar to’g’risidagi tushunchasini yanada aniqlashtirishga imkon beradi.
V.S. Utkinning fikricha, hozirgi kunda moliyaviy markazlar xalqaro sanalishi uchun kamida quyidagi xususiyatlarga ega bo’lishi kerak3.
Birinchidan, markaz joylashgan mamlakat iqtisodiyoti jahon iqtisodiyotiga integratsiyalashgan bo’lishi, unda barqaror valyuta asosida doimiy iqtisodiy o’sish ta’minlanishi va samarali moliyaviy siyosat yuritilishi lozim.
Ikkinchidan, markazda moliyaviy operatsiyalar va investitsiyalarga to’sqinlik qilmaydigan, mablag’larni samarali taqsimlash imkonini beruvchi liberal soliq va huquq tizimi amal qilishi kerak.
Uchinchidan, moliyaviy markazda bank, birja va sug’urta tizimini o’z ichiga olgan, samarali nazorat yuritiladigan, rivojlangan moliyaviy infratuzilma mavjud bo’lishi zarur.
Tahlillarimiz asosida yirik xalqaro moliyaviy markazlar yer yuzidagi asosiy vaqt zonalari doirasida joylashganligi, xususan Nyu-York, London, Syurix, Gonkong, Sigapur, Tokio, Shanhay, Seul jahondagi eng katta moliyaviy markazlar hisoblanishi, shuningdek, moliyaviy markazlar o’rtasidagi kurash turli vaqt zonalarida joylashgan markazlarga nisbatan o’z vaqt zonasida joylashgan markazlar o’rtasida kuchli bo’lishi aniqlandi (2.1.5-rasm). 2018 yilda jahon bo’yicha e’lon qilingan GFCI ko’rsatkichi deyarli o’zgarishsiz tendensiyasiga ega bo’lgan bo’lsa-da, umuman 30 ta yirik moliyaviy markazlardan atigi 10 tasi o’z reytingini oshirishga erishgan.

2.2.5-rasm: Global moliyaviy markazlar indeksining o’zgarish tendensiyasi (reyting baholash asosida hisoblangan, yuqori reyting moliyaviy markazning kuchayganligidan dalolat beradi)1
Tadqiqotlarimizga ko’ra, 2007 yildan boshlab e’lon qilinib kelayotgan GFCI ko’rsatkichlarida Gonkong va Singapur moliyaviy xizmatlar ko’rsatishning barcha turlari bo’yicha Nyu York va Londondan keyingi yirik global moliyaviy markazlar sifatida dunyoda tan olib kelinmoqda. Shuningdek, Gonkong va Singapur moliyaviy markazlarida moliya bozorining taraqqiyoti va sohaning raqobatbardoshligi qariyb bir xil ekanini tahlillar natijasida aniqlash mumkin. Bu esa, o’zida tez sur’atlarda moliyaviy markazni shakllantirgan shaharlar sifatida ularning xalqaro aloqalarini tashkil etish, mintaqaviy va moliyaviy barqarorligini ta’minlash mexanizmini mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyoti yo’lida foydalanish uchun o’rganish zaruratini ko’rsatadi.
Dunyo mintaqalari bo’yicha moliyaviy markazlar holatini tahlil qilsak, oxirgi yillarda G’arbiy Yevropadagi asosiy 5 ta, jumladan London, Frankfurt, Parij, Jeneva va Lyuksemburg moliyaviy markazlarining reytingi kamaygan yoki o’zgarishsiz qolgan. Sharqiy Yevropadagi Almata, Stambul, Praga moliyaviy markazlarining reytingi ortib borgan, Moskvaning reytingi yaxshilanmay, 88 o’ringa tushib qolmoqda.
2018 yilda Osiyo va Tinch okeani havzasida joylashgan 10 ta yirik moliyaviy markazlardan 8 tasi, ya’ni Gonkong, Singapur, Shanxay, Tokio, Pekin, Sidney va Shenjen moliya markazlarining reytingi o’tgan yilga nisbatan pasaygan yoki o’zgarishsiz qolgan, Melburn, Sindao, Kuala Lumpur va Vellington kabi moliya markazlarining reytingi ko’tarilganini kuzatish mumkin. Yaqin Sharq va Afrikadagi ayrim moliyaviy markazlar, ya’ni Dubay, Abu-Dabi, Yoxannesburg, Kasablanka shaharlarining reytingi esa yaxshilanib bormoqda.
Shimoliy Amerika qit’asidagi Boston, Vashington, Toronto, Nyu York kabi moliya markazlarining reytingi qariyb pasaymagan bo’lsa, hududdagi Montreal shahrining reytingi, 32 ballga ortib, 24-o’rindan 18-o’ringa ko’ratilgan. Lotin Amerikasi qit’asidagi moliyaviy markazlar reytingi o’zgarishida beqarorlik mavjud. Braziliyadagi San-Paula va Rio-de-Janeyro moliyaviy markazlari reytingi biroz tushgan, Meksika va Panama shaharlarining reytingi ortib, GFCIdagi o’rni mos ravishda 1 va 8 pog’ona yuqoriga ko’tarilgan.
Offshor moliyaviy markazlar1 hududni tartibga solish va o’z mavqei uchun kurash olib bormoqdalar. Natijada Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya qo’shma qirolligining alohida ma’muriy birliklari, xususan Normand orollari (Gerisi, Djersi, Sark orollari), Men oroli va mazkur Qo’shma qirollikka tobe hududlar (GFCIda ko’rsatiladigan 4 ta hududdagi 14 offshor markazlar)ning xalqaro moliyaviy markaz sifatida reytingi tushmoqda.
Moliyaviy markazlarni baholashda ularning raqobatbardoshligi o’zgarish darajasiga ham e’tibor qaratish muhim ahamiyatga ega. Markazlar raqobatbardoshligining barqarorligini aniqlashda ikkita asosiy me’zondan foydalanish maqsadga muvofiq, ya’ni birinchisi markazni baholovchi mutaxassislar xulosalaridagi farqlarning ortishi, ikkinchisi vositali omillar1 ko’rsatkichlari o’zgarishida beqarorlikning kuchayishi hisoblanadi. Mazkur ikki mezon asosida moliyaviy markazlar barqaror, dinamik o’zgaruvchan, prognoz qilib bo’lmaydigan turlarga ajratiladi. Tahlillarimiz natijasida London, Nyu-York, Singapur, Gonkong va Seul moliyaviy markazlari raqobatbardoshlik bo’yicha barqaror ekanligi aniqlandi.
Fikrimizcha, mamlakatimiz moliya bozorining yuqori sur’atlar bilan barqaror rivojlanishini ta’minlash, xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirish, ushbu sohalarning innovatsion taraqqiyotini ta’minlash borasida Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlari tajribalaridan foydalanish maqsadga muvofiq.



Yüklə 210,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin