O‘zbekiston


-chizma. Ekologik monitoringning



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə13/18
tarix21.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#58920
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Ekologik monitoring majmua

8-chizma. Ekologik monitoringning yagona davlat tizimi.


Ekologik monitoring tadqiqotlari avvalo atrof-muhit holatini kuzatish shoxobchalariga tayanadi. Xozir respublikadagi 77 ta stansiyada meterologik kuzatishlar yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, havoning ifloslanishi 39 ta aholi yashash joylarida, 69 ta turg‘un nuqtalarda kuzatiladi hamda ularda 39 nomdagi zararli aralashmalarning konsentratsiyalari o‘lchanadi. YOg‘in namunalari ham meterologik (stansiyalarda o‘rganilib, ulardagi sulfatlar, xloridlar, gidrokarbonatlar, nitratlar, kalsiy, magniy, natriy, ka­liy. ftorid na boshqalar aiiqlanadi. Gidrologik kuzatishlar 147 punktdan tashkil topgan, er usti suvlarining ifloslanishi 94 ta ob’ektdagi 187 nuktada tekshiriladi. Ulardagi mineral birikmalar, biogen moddalar, neft’ mahsulotlari, fenollar, xlor va fosfor organik moddalar, pestitsidlar, sintetik faol moddalar va boshqalar bo‘yicha laboratoriyalarda taxlildan o‘kaziladi. Gidrobiologik kuzatishlar 50 ta suv ob’ektida 70 ta joy va 100 ta kesimda olib bopiladi. Qor qoplami o‘lchovi 5 ta xavzada 30 ta punktda, 11 ta xavzada aviaqor punktlarda amalga oshirilmoqda. Qor qoplamining ifloslanishi sanoat shaharlarida qariyib 26 ta modda bo‘yicha tekshiriladi. Bulardan tashqari ekologik monitoring bevosita «issiqxona samarali» 3 ta gaz: uglerod qo‘sh oksidi, metan, azot chala oksidn bo‘yicha ham olib boriladi. SHuningdek, azot oksidi, oltingugurt qo‘sh oksidi, metanmas utlevodlar emissiyalari hisoblanadi.
Tabiiy resurslar yoki tabiat komponentlarining nfloslanishi, o‘zgarishi, minerallashuvi kabi xususiyatlar bo‘yicha ilmiy-texnik hisobotlar har yili muayyan dasturlar asosida respublika miqyosida tuziladi va tegishli muassasalarga, shuningdek, Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasiga yuboriladi. Ekologik monitoring natijalari avvalo mamlakatda ekologik vaziyatni muntazam nazorat qilib turish, vujudga kelayotgan noqulay jarayonlar oldini olishga tayyorgarlik ko‘rish chora-tadbirlar majmuasi va tizimini ishlab chiqish, xullas ekologik xavfsizlikni ta’minlash uchun zarurdir. EM ma’lumotlari ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, yillik ma’lumotlar asosida turli jarayonlar dinamikasini aniqlash uchun asqotadi. Bu borada biosfera va oddiy qo‘riqxonalardagi ekologik monitoringning ahamiyati cheksizdir.
Turi kamayib borayotgan o‘simliklar va hayvonot dunyosi bo‘yicha ham muntazam monitoring tadqiqotlari olib boriladi. Mazkur turlarning tarqalish maydonini aniqlash, ularning kamayib ketish sabablarini chuqurrok taxlil qilish, ularni yana respublikaning qaysi hududlarida uchrashi to‘g‘risida axborotlar yig‘iladi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi etakchi tarmoq bo‘lib, uning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi 35% ni tashkil etadi. Paxtachilik, qorako‘lchilik, ipakchilik, sholichilik, polizchilik, sabzavot-mevachilik, uzumchilik kabi tarmoqlar etakchi xisoblanadi. Respublikada mehnatga yaroqli aholining qariyib 1/3 qismi aynan qishloq xo‘jalikda band. Mamlakat hududini qishloq xo‘jalikdagi foydalanish nuqtai nazaridan mutaxassislar uchta mintaqaga ajratadilar:
- sug‘oriladigan mintaqa;
- tog‘ va tog‘ oldi mintaqasi:
- cho‘l-yaylov mintaqasi.
Demak, ushbu mintaqalarda o‘ziga xos ekologik monitoringning muntazam yo‘ga qo‘yilishi amalda butun respublika bo‘yicha ekologik monitoring tizimining rivojlaniishdan darak beradi.
Mamlakat aholisining qariyb 40%ga yaqini shaharlarda yashashi inobatga olinsa, ko‘plab yirik va sanoatlashgan shaharlarning o‘ziga xos tabiiy-iqlimiy sharoitga ega bo‘lgan tog‘ vodiylarida joylashganligi ularda maxsus monitoring tadqiqotlarini talab etadi.
O‘zbekistonda rekreatsiya faoliyati, ekoturizim tezkor ri- vojlanmokda. Turli hududlarda qator rekreatsiya tizimlari faoliyat ko‘rsatmoqda, yangi zamonaviy turlari bunyod etilmoqda. Ularning atrof-muhitga ta’siri ham asta-sekin orta borishi shubhasiz. Bu mintaqalarda ham ekologik monitoringning yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq.
Orol dengizi va Orolbo‘yi (Quyi Amudaryo mintaqasi bilan birga), Surxondaryoning Tojikiston alyumini zavodi ta’siriga berilgan hududlari ekologik vaziyat ancha keskin va tang holdagi hududlar bo‘lganligi tufayli ekologik monitoringga eng muhtoj mintaqalar hisoblanadi.


4.2. Sug‘oriladigan mintaqalarda ekologik monitoring


Sug‘oriladigan erlar O‘zbekistan hududining 10%dan kam qismini tashkil etgani holda yalpi qishloq ho‘jalik mahsulotlari etishtirishda ularning salmog‘i juda beqiyos (95% dan ortiq). Sug‘oriladigan erlar, asosan Amudaryo, Sirdaryo, Zarafshon, Surxondaryo, Qashqadaryo, CHirchiq, Ohangaron daryo vodiylari hamda delta qismlarida, Qarshi, Mirzacho‘l hududlarida mujassamlashgan.
Sug‘oriladigan erlar (voxalar) bir-birlaridan tabiiy- meliorativ sharoitlari bo‘yicha ancha farq qiladi. Xususan daryolarning quyi qismidagi sug‘oriladigan maydonlar (Quyi Amudaryo, Quyi Zarafshon va boshqalar) er yuzasi yassiligi, litologik qatlamining mayin jinslardan tashkil topganligi, suv osti suvlari sathining er yuzasiga yaqinligi, barcha daryo oqiziqlarini o‘zida to‘plash hususiyatiga ega ekanligi bilan farqla- nadi. Ushbu voxalar tabiiy-ekologik jihatdan ancha bardoshsiz — tabiiy meliorativ jihatdan murakkab hisoblanadi. Daryolarning ifloslanishi oqibatida keyingi yillarda bu voxa tuproqlarida tuz to‘plashni jarayoni jadallashdi.
Daryolarning yuqori (III-IV) terrasalaridagi sug‘oriladigan erlarda litologik qatlam ancha dag‘al jinslardan tarkib topganligi, relefda qiyalikning mavjuddigi er osti suvlarining yotiq (garizontal) oqimini ta’minlaydi, shu bois tuproqda tuz to‘planishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ammo agrotexnik tadbirlarning not­o‘g‘ri qo‘llanilishi, sug‘orish usullarining tartibsizligi, qishloq xo‘jalik ekinlarining nomutanosib joylashtirilishi oqibatida sug‘orish eroziyasi sodir bo‘lishi xavfi mavjud.
Sug‘oriladigan maydonlarning katta qismi kuchli va uzluksiz shamollar esadigan mintaqalarga to‘g‘ri keladi. Bunday shamollar Markaziy Farg‘ona, Mirzacho‘l, SHerabod, Qarshi cho‘llarida, Qorako‘l, Xorazm Koraqalpog‘iston voxalarining talaygina hududlarida tuproqning yuza unumdor qatlamini uchirib ketilishi deflyasiyaga sabab bo‘lmoqda.
Hozir respublikamizdagi sug‘oriladigan jami er maydoni 4,2 mln. gektarii tashkil togan bo‘lib, shundan 52%i sho‘rlanishga uchragan bo‘lsa, sho‘rlangan erlarning 18-20 %i o‘rtacha va kuchli sho‘rlanish darajasiga etdi. Erlarning 2,1 mln. ga si shamol eroziyasiga uchragan bo‘lib, shuning 700 ming gektarida kuchli eroziya sodir bo‘lgan. Quyi Amudaryo vohalarida (Xorazm, Qoraqalpog‘iston) erlarning sho‘rlanishi 95-100% ga etgani holda yiliga faqat Xorazmdagi ekinzorlarga daryo suvi bilan 406 mli. t tuz kirayotganligi ma’lum. Sirdaryo va Jizzax viloyatlarida kuchsiz va o‘rtacha sho‘rlangan erlar 1991 yilgi 30-50% dan 1999 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida 75-80% ga ortganini qanday baholash mumkin. Buning ustiga erlarga solninayotgan mineral o‘g‘itlar, ishlatilishi allaqachon ta’qiqlangan kuchli kimyoviy vositalar - pestitsidlarni qo‘llash tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir etmokda. Ular belgilangan me’yordan bir necha marta ortiqligi aniqlangan. 1992 yil ma’lumoti bo‘yicha Sama­rqand vohasi agrolandshaftlari tuproqlarining 0-10 sm chuqurligida fozalon 0,297 mg/kg, dalapon 0,309 mg/kg; 20-30 sm chuqurlikda dalopon 0,647 mg/kg ii tashkil etgan. SHuningdek, voxa agrolandshaftlarining Zarafshon daryosi suvi tarkibidagi mavjud og‘ir mirkoelementlar: surma, mishyak, simob kabilar bilan ifloslanganlik darajasi yuqori ekanligi aniqlandi.
Umuman, qishloq xo‘jaligini arid mintaqada sug‘oriladigan erlarning jadal keigaytirilishi asosida rivojlantirilishi keyingi chorak asr mobaynida mintaqada qator nomaqbul ekologik oqibatlarni keltirib chiqardi (9-jadval).
Nomaqbul ekologik oqibatlar tasirida 1985-2000 yillar mobaynida qishloq xo‘jalik ekinlari hosildorligi Qoraqalpog‘istonda 40-50%ga, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida, Toshkent, Sir­daryo va Xorazm viloyatlarida 20-30%ga, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida 7-15%ga o‘zgargan.
Sug‘oriladigan erlardagi ekologik sarf-xarajatlar tuzilmasini quyidagi ko‘rnishda tasavvur etish mumkin:

  • cug‘orish tizimlaridagi suvlarning yuqotilishini kamaytirish, sug‘orish texnologiyasini o‘zgartirish, sug‘oriladigan maydonlardan ifloslantiruvchi moddalarni yuvib chiqarish, almashlab ekishning eng qulay rotatsiyalarni saqlash, eroziyaga qarshi chora-tadbirlarni qo‘llashga va tabiatni muhofaza qilishga oid boshqa xarajatlar:

  • suv xavzalaridagi baliq. mahsulotlariniig kamayshni va iqtisodiy zarari, turar joy, maishiy xo‘jaliklar va sanoatga suv etkazib berish, sanoat va suv transportn asosiy fondlarini ta’mirlash va tiklash, yangi erlarni o‘zlashtirishga qo‘shimcha xarajatlarining ortganligi, tuproq unumdorligi, suv ob’ektlarininr rekreatsion qiymati yo‘qotilganligi va boshqalar.

9-jadval.
Eroziyaga yo‘liqish va tuproq sho‘rlanish darajasi bo‘yicha sug‘oriladigan maydon er fondining bugungi kundagi holati (sug‘oriladigan maydonlarga nisbatan foiz nisbati)




Tuproq eroziyasi (%)

Tuproq sho‘rlanish (%)

Viloyatlar

Suv

SHamol

Jami
sho‘rlangan

IIIu jumladan, o‘rtacha va kuchli

Qoraqalpog‘iston

21,4

97,6

90

38,9

Andijon

7.2

27.2

9,2

4.6

Buxopo

2.2

58.5

95,7

37.6

Jizzax

17,0

73.7

97,5

351.3

Qashqadaryo

14,6

74.0

47,9

13.2

Noviy

0,9

11.3

86,9

33.5

Namangan

22,1

50.7

23,6

4.1

Samarqand

28.0

18,2

3,6

1,4

Cyrxondaryo

57.2

52

42,9

16.5

Sirdaryo

14,6

68,8

83,1

30,9

Toshkent

24,9

3.8

2,4

0.4

Farg‘ona

5.7

55.3

52,3

27,0

Xorazm

0.0

91,6

100

53.1

O‘zbekiston

18.8

55.7

52,2

18.4

Demak, hulosa shundan iboratki, voha geotizimlarida muntazam funksiyali ekologik monitoring bo‘lishi lozim. Ekologik monitoring vohalarning ma’lum hududlari - landshaftlarning morfologik qismlari (fatsiya, joy, mayon) da olib borilishi yaxshi samara beradi. Landshaft majmualarining tadrijiy o‘zgarishlari (mavsumiy, vegetatsiya bosqichlari) va umumiy taraqqiyot yo‘nalishlari (tuz to‘planishi yoki sho‘rsizlanish, botqoqlashish, irrigatsiya eroziyasi, deflyasiya va boshqalar) vaqt mobaynida kuzatuvda bo‘ladi. SHu tufayli vohalarda erlarning sho‘rlanishga berilishi yilda 2 marta (1 aprel va 1 oktyabrda) aniqlanadi, tuproqlarda tuz to‘planshining o‘zgarishi deyarli barcha xo‘jaliklarda ma’lum joylarda kuzatib boriladi. YAna shu maydonlarda grunt suvlarning chuqurligi, minerallashuv darajasi va ifloslanishi ham ma’lum joylarda muntazam o‘rganiladi.


Biroq kuzatuvlar ko‘lami respublika bo‘yicha barcha ekin maydonlarini qamrab ololgan deb bo‘lmaydi. Buning ustiga monitoring tadqiqotlarining uzluksizligi, aniqligi, taxliliyligi kabi jihatlari ham zamon talablariga to‘liq javob beradi, deyish qiyin.
Respublikada tuproq monitoringi tadqiqotlarini Geo­logiya va mineral resurslar bo‘yicha Davlat qo‘mitasi, Boshgidromet va Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi amalga oshiradi. YUqoridagi birinchi tashkilot respublika hududida litokimyoviy namuna va ularning tahlili asosida zararli me­tal va kimyoviy birikmalar miqdori bo‘yicha kichik masshtabli majmuali xaritalar yaratish bilan shug‘ullanadi. Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi, asosan qishloq xo‘jalik mintaqalaridagi tuproqlarning pestitsid va defaliantlar bilan ifloslanishi ustidan yil davomida kuzatish (monito­ring) olib boradi. Qo‘mita 1999 yildan boshlab ifloslovchi manbalar monitoringi Dasturi bo‘yicha tuproqlarni ifloslovchi manbalarni kuzatuvga olgan. Bunday manbalar toifasiga qishloq xujalnk maqsadlaridagi sobiq aerodomlar, zaharli kimyoviy moddalar ko‘milgan erlar, mineral o‘g‘itlar va zaharli kimyoviy vositalar saqlanadigan omborxonalar kiradi.
Tuproq ifloslanish darajasi va xarakteriga ko‘ra, respublikani 3 ta mintaqaga ajratish mumkin: SHimoli-G‘arbiy (Orolbo‘yi); Markaziy (Qizilqum) va Janubi-SHarqiy (tog‘ oldi).
SHimoliy-G‘arbiy mintaqa Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatini o‘z ichiga oladi. Tuprog‘ining 43%i kimyoviy o‘g‘itlar, pestitsidlar va fenollar bilan ifloslangan. Ayniqsa, DDT birikmasi tuproqda belgilangan me’yordan 24-28 marta ko‘pligi tashvishli hol.
Markaziy mintaqaga Navoiy, Buxoro viloyatlarn va Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlarining bir qismi kiradi.
Sug‘oriladigan erlar uchun nitrat va pestitsidlar bilan ifloslanish tavsifli bo‘lib, me’yordan 2-6 marta ortiqligi aniqlangan.
Janubi-SHarqiy mintaqa qolgan viloyatlarni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, unda tuproq ifloslanishi xarakteri turlicha. Sanoat korxonalar atrofida og‘ir metallar va neft mahsulotlari bilan ifloslanish ustuvorlikka ega.
Islohotlarnnng hozirgi sharoitida ekologik monitoring masalasi ancha murakkab. Ammo sug‘oriladigan maydonlardagi ekologik monitoring qachon yuksak darajada, tub ma’noda ilmiy asosda tashkil etilar ekan, shundagina sug‘oriladigan erlarning iqtisodiy samaradorligi ortadi va cho‘llashish jarayoning oldi olinadi.


4.3. Tof va tog‘ oldi mintaqasidagi ekologik monitoring

O‘zbekistonda aholi sonining muttasil o‘sib borishi iqti- sodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirishga, ko‘plab tabiiy boyliklarni o‘zlashtirishga ta’sir etmokda. Isloxotlar sharoiti tufayli ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish tamoyillari tubdan o‘zgarmoqda. Natijada respublikaning turli hududlarida yangi sanoat korxonalari, aholi yashash maskanlari, zamonaviy transport aloqalari shakllanmoqda. Bu, mamlakatimizda tabiiy resurslar salohiyatidan yanada unumliroq foydalanishga, ularni izchillik bilan ishlab chiqarishga jalb etishga, mintaqalarning ijtimoyi-iqtisodiy salohiyatini oshirishga yo‘l ochmoqda. Ayniqsa, tof va tog‘ oldi mintaqasida bunday imkoniyatlar etarlicha mavjudligi tufayli ularning tabiy iqtisodiy imkoniyatlaridan yanada to‘liqroq foydalanish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Tof va tof oldn mintaqasi respublika jami maydoning 20% ini ishg‘ol etgan bo‘lib, tog‘ etaklaridagi daryo vodiylari, konus yoyilmalari sug‘orma dehqonchilik, adir va qirlar, tog‘ yonbag‘irlari, yaylov chorvachiligi, lalmi dehqonchilik, neogen va pa­leogen yotqizmalari neft va tabiiy gaz, tof yonbag‘irlari - polimetall va nodir metall rudalari, qurilish materiallari (mar-mar) qazib olishda foydalaniladi. Mintaqaning rekreatsiya ahamiyati ham beqiyosdir. Mintaqa asosan lalmi dehqonchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik, mavsumiy yaylov chorvachiligiga ixtisoslashgan. Umuman, mintaqa aholini don, meva, chorvachilik mahsulotlari, qurilish materiallariga bo‘lgan va sog‘lomlashtirish ehtiyojlarini qondirishda hamda sanoatni xomashyo bilan ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Ammo keyingi yillarda aholi va xo‘jalik (tashkilot)larning ayrim noto‘g‘ri faoliyati tog‘ va tog‘ oldi mintaqasining maftunkor tabiatiga salbiy ta’sir etib, hududlarda ekologik xolatni yomonlashtirmoqda.
Ekologik holatning murakkablashganligi yaylovlarda chorva mollarini me’yordan ko‘p va tartibsiz boqishda, tog‘lardagi archa va boshqa daraxt hamda butalarning qurilish va yoqilg‘i maqsadlari uchun kesilishida, em - xashak tayyorlashda o‘simliklarning fenofazasi (gullash va meva tugushi)ni hisobga olmaslikda, ekin maydonlarini ortiqcha sug‘orishda, tof-koh sanoati mintaqalarida tashlandiq karer va terrikonlarning vujudga kelishida namoyon bo‘lmoqda.
Tof va tog‘ oldi mintaqasidagi ekologik vaziyatlarni baholash ancha murakkab jarayon. CHunki bu hududlarda havo va suv xavzalari sanoat korxonalari chiqindilari ta’sirida, sug‘orma erlar turli tabiiy jarayonlar (sug‘orish eroziyasi, jarlik va boshqalar) tasirida, tog‘ yonbag‘irlari esa eroziya, sel, qor ko‘chkisi, yaylovlar degradatsiyasi va boshqalar ta’sirida bo‘lganligi bois tarkib topgan vaziyat ancha jiddiyligi bilan tavsiflanadi.
Qurg‘oqchil-arid iqlimli tog‘ oldi yaylovlarining mahsuldorligi unchalik yuqori emas. Geobotaniklarning hisobicha, bir bosh qorako‘l qo‘y uchun 2-2,5 gektar yaylov to‘g‘ri kelishi lozim. Hozirda tog‘ yaylovlarining aksariyat hududlari xaddan tashqari zo‘riqqan. Ayniqsa, qishloqlar, qo‘ralar va quduqlar atrofi me’yordan 8-10 marta ortiqcha ta’yyorlanmokda. Natijada qishloqlar atrofida bir necha yuz metr radiusdagi maydonlar yalang‘ochlanib, cho‘llashib bo‘lgan.
Hisob-kitoblar bo‘yicha 2 km radiusdagi maydonlarda em- xashak o‘simliklarining 50%i, 5 km/ga cha bo‘lgan radiusda 30%i yo‘q bo‘lgan. Qorakul qo‘ylar boqilish radiusa kuniga 5-6 km ni tashkil etadi. Hozir tog‘lardagi cho‘llashishga uchragan maydonlar 10-12% ni tashkil etayotgan bo‘lsa, 2030 yilga borib, bu ko‘rsatkich 20-25% ga etishi bashorat qilinmoqda.
Tof yaylovlari o‘simlik qoplamining yomonlashuviga tartibsiz em-xashak tayyorlash ham ta’sir etmoqda. Aksariyat ko‘p yillik yarim buta o‘simliklar ketmon yordamida chopiladi va natijada ularning tiklanishi qiyinlashib, ildizi quriydi.
Tof va tog‘ oldi mintaqasidagi ekologik vaziyatning izdan chiqishi avvalo daraxtzorlarning kesilishi bilan hamoxangdir. Sobiq Ittifoqning parchalanishi oqibatida O‘zbekistonga Kozog‘iston va Rossiyadan ko‘mir keltirilishi amalda to‘xtatildi. Biroq respublikada aholini tabiiy gaz bilan taminlash borasida maxsus dastur asosida katta ishlar bajarildi va bajarilmoqda. Lekin mamlakat aholisining tabiiy gazga bo‘lgan extiyojlari to‘liq qondirildi, deyishga xali biroz vaqt bor. Min­taqa aholisining o‘tinga bo‘lgan ehtiyojining salmoqli qismi xali ham tog‘lardagi daraxt va butalarni ayovsiz kesish bilan qondirilmoqda. Bir vaqtlar tog‘ etaklarigacha tutashib ketgan o‘rmonlar ayrim tog‘ yonbag‘irlarini allaqachon tark etgani sir emas. Janubiy tog‘larning pastki qismlarida qalin pistazorlar mavjudi, odamlar yozda qop-qop pista terganligiga janubiy viloyatlar aholisining ko‘pchiligi guvoh bo‘lgan. Xozirgi kunga kelib esa sotish uchun o‘tin tayyorlovchi maxsus «Tijoratchi - guruhlar paydo bo‘lganiga ham guvoh bo‘lib turibmiz. Nurota tog‘ mintaqasining o‘zida bir arava o‘tin 2-4 ming so‘m bo‘lsa, boshqa joyda qancha bo‘lishi oydek ravshan. Mintaqada o‘tgan yarim asr mobaynida qancha o‘rmon dov-daraxtlari kesilgan bo‘lsa, keyingi 7-8 yil mobaynida shunchasi yo‘qotildi. Agar ahvol shu tarzda davom etaversa, yaqin 15-20 yil ichida tog‘lar daraxt va butlardan batamom xoli bo‘lishi mumkin.
Aholining tog‘ tabiatidan foydalanishdagi shu tahlitdagi faoliyati mintaqa tabiatiga kuchli salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, natijada torli mintaqalarga xos bo‘lgan nomaqbul tabiiy - anropogen jarayonlar: surilma, tog‘ ko‘chkisi, sel kabilar faollashmoqda. 1993 yilning bahor oylarida Kitob tumanining Jovuz, SHaxrisabz tumanidanidagi Xitoy va Kamarli, YAkkbog‘ tumanidagi Vori va Tutakota kabi tog‘ qishloqlarida ro‘y bergan tog‘ ko‘chkilari va surilmalar aholiga jiddiy ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy ziyon etkazdi. SHunday ekan, bunday hodisalarning zararli oqibatlarini bartaraf etish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolar paydo bo‘ladi.
Tof va tog‘ oldi mintaqasida metallurgiya, ko‘mir, tabiiy gaz, neft, osh tuzi, kaliy tuzi, marmar va boshqa qurilish xomashyosi bilan bog‘liq tof-koh sanoatinnng tez sur’atlarda rivojlanayotganligi, zamonaviy yo‘llap qurilayotganligi (Qamchiq davonidagi tog‘ ichidan o‘tgan yo‘l, G‘uzor-Boysun-Qumqo‘rg‘on temir yo‘li va boshqalar) rekreatsiya infratuzilmalari yangilanib takomillashayotganligi mintaqa tabiatida bundan buyon ham jiddiy ekologik vaziyat yuzaga kelishiga sabab bo‘lishi mum­kin. Bunday holat nafaqat O‘zbekiston, balki butun tog‘li mam- lakatlar uchun ham etarli tashvish tug‘dirayotganligi tufayli BMT tomonidan “2001 yil-Tog‘ yili” deb bejiz atalmadi. Hozir respublikamizda tog‘ va tog‘ oldi mintaqasining betakror go‘zal tabiatini saqlash, uning tabiiy resurslaridan yanada oqilona foydalanish maqsadida Tog‘ dasturi” ishlab chiqilgan. Bu mintaqadagi yuqoridagi omillarning bari ekologik monitoringning o‘ziga xos, maxsus, majmuali tarzda o‘tkazishni yo‘lga qo‘yishiga yndaydi.


4.4. CHo‘l-yaylov mintaqasidagi ekologik monitoring


CHo‘l-yaylov mintaqasi respublika hududining 60%ini tashkil etgan bo‘lib, Qizilqum, Qarshi cho‘li, Ustyurt platosi hamda Markaziy Farg‘onani ishg‘ol etgan.
YAylovlarga antropogen bosimning ortishi, geologik qidiruv ishlari, foydali qazilma konlarining o‘zlashtirilishi, gaz va suv quvurlari, yo‘llar, aholi yashash maskanlari va irrigatsiya inshootlarining qurilishi. daraxt va butazorlarning o‘tinga kesilishi va er maydonlarining sho‘rlanish ekotizimlardagi muvozanatning buzilishiga, yaylovlar degradatsiyasi jarayonlarining paydo bo‘lishi va kuchayishiga sabab bo‘lmoqda.
Haddan tashqari ko‘p mol boqilishi yaylovlar hosildorligining pasayishiga, ba’zan oziqa o‘simliklarining batamom yo‘qolshiga olib kelmoqda. Aholi manzillari atrofida hosildorligi past bo‘lgan hududlar ko‘lami ortmoqda, quduqlar, qo‘y ko‘ralari yaqinida o‘simliklar qoplami batamom yo‘qolmoqda.
YAylovlardan ilmiy asoslangan holda foydalanilmaslik oqibatida respublikamiz yaylovlarining 60-70% hududida yaylov qashshoqlanish jadal bormoqda. Bu yaylovlarda tabiiy o‘t qoplamining hosildorligi bundan 30-40 yil oldinga nisbatan 30% kamaygan. Yirik qishloqlar, qo‘y qo‘ralari, quduqlar atrofidagi yaylovlarda mollarning meyorga nisbatan 10-15 barobar kun miqdorda uzluksiz boqilishi oqibatida cho‘llashishi o‘choqlariga aylanib bo‘ldi. Ulardan 1 necha km radiusda tabiiy qoplami juda siyraklashgan va yaxshi oziqa o‘tlar o‘rniga begona o‘tlar ko‘paygan. Hosildorlik darajasi past bo‘lib, yillik ozuqa zaxirasi me’yoridagidan 50-70%ni kamni tashkil etganda, o‘tlatiluvchi mollar bu zahiraning deyarli hammasini eb bitiradi. Buiday yillarda yaylovlarga bosim ortadi. Respublikamizning shimoliy tumanlarida u me’yorga yaqinlashadi (80-120%), Qizilqumning g‘arbiy va markazida bosim 170-190 % ga ortadi, Bo‘kantog‘ tumanlarida, Qizilqumining sharqiy qismida u 230-200%ga ortsa, janubda esa 300%ga etadi. Agar yaylovlardan foydalanish qoidalariga rioya qilinmasa, yaylovlardan foydalanish darajasi shu tarzda saqlansa, yana 20-30 yildan so‘ng cho‘l yaylovlari 30-40 %ga kamayadi, cho‘llashgan hududlar hosil bo‘ladi.
Hozir, ayniqsa qumli yaylovlardan foydalanish darajasi juda past. CHunki yaylovlardan ularga dam bermasdan beto‘xtov foydalanish, butalarni yoqilg‘i maqsadida qirqish, texnogen omillarnning tartibsiz harakati oqibati, o‘tlarni sun’iy ko‘paytirmaslik va boshqa sabablarga ko‘ra, ularning mahsuldorligi XX asrnnng 60-yillaridagiga nisbatan ancha kamaydi. Har bir qorako‘l qo‘yning boqiladigan maydoni o‘rtacha sathi yil sayin ortib bormoqda (chunki ular iste’mol qiladigan o‘tlarning miqdori kamaymoqda). Avtoulov va boshqa mexanizmlarning tartibsiz harakatlari tufayli ko‘chma qumlarning maydoni kengaymoqda (1 mln. gektar maydonda). SHu sabablar­ga ko‘ra yaylovlardan foydalanish darajasi zamon talablariga umuman javob bermaydi.
CHo‘l hududlaridagi ko‘plab er osti boyliklari iqtisodiyotga jalb qilina boshlandi. Ayniqsa, Qizilqum, Qarshi cho‘llarida ko‘plab geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmokda. Agar qidiruv ishlarida bir qancha og‘ir texnik vositalar bir yo‘la ishtirok etishi nazarda tutilsa hamda birgina burg‘­ulanish 30-40 gektar maydonda amalga oshirilishi inobatga olinsa, qanchadan-qancha yaylov ekotizimlari yaroqsiz holga ke- layotganligini tasavvur etish mumkin.
Buning ustiga tuproq va gruntning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi yanada xunukroq ekologik muammolarni sodir etmoqda.
YAylovlar hududining sho‘rlanishi ekotizimlar biologik maxsuldorligining pasayishi va yaylovlar ekologik holatining yomonlashishiga olib kelmoqda. Hozirda tuz va chang ko‘chishning yirik manbai Orol dengizi tubining quriyotgan qismi hisoblanadi. SHuningdek, sho‘r suvli tashlama-anrogen ko‘llarning sirti va sho‘rxok erlar ham tuz ko‘chishi manbalridandir. Buxoro viloyatining o‘zida bunday manbalar maydoni 120 km2 ni tashkil etadi. Viloyat bo‘yicha shamol ta’siri ostida ko‘chadigan tuzlarning umumiy hajmi yiliga 167136 tonnani tash­kil etadi, shundan 138 tonnasi atmosferaga sho‘rxok erlardan tarqaladi. Orol bo‘yida sho‘rxok er maydonlari 4 ming km2 dan ortiq. Bu hududda tuz ko‘chishining umumiy hajmi ayrim yillari 7685 t km2ni tashkil qilmoqda.
YAylov degradatsiyasi ko‘rsatkichi bo‘lib yaylov o‘simliklarining bahorgi hosildorligi gektariga 0,5 sentnerdan kam bo‘lgan maydonlar ham xizmat qiladi. So‘nggi 10 yillikda bunday maydonlar Qoraqalpog‘istonda ko‘payib bormoqda. SHunday maydonlar alohida yillarda Navoiy viloyatining markaziy rayonlarida 65%ni, Buxoro viloyatining sharqiy qismida 50%ni tashkil etgan.
YAylovlar degradatsiyasini kuzatish maqsadida turli indikatorlar mavjud bo‘lib, ularnnng eng muhimlaridan biri o‘simlik qoplami hisoblanadi. YAylovlardagi mavjud agrometeorologik ma’lumotlar, yaylovlarni aerofotometrik tekshirishi va sun’iy yo‘ldoshlardan olingan ma’lumotlar hosildorlikning ko‘p yillik dinamikasinii kuzatib borish, undagi o‘zgarishlarni tadqiq qilish na degradatsiyaga uchragan hududlarni aniqlash imkonini beradi. Ushbu natijalar joylarda yaylov degradatsiyasining oldini olish tadbirlarini ishlab chiqish na tatbiq etish uchun asos hisoblanadi.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin