1 bob «EKOLOGIK MONITORING» FANINING ILMIY- NAZARIY ASOSLARI
1.1. «Ekologik monitoring» fanining tadqiqot ob’ekti, maqsadi va vazifalari Atrof-muhit monitoringi g‘oyasiva «monitoring» atamasi 1971 yilda BMTning atrof-muhit bo‘yicha Stokgolm anjumanini 1972 yil 5-16 iyunda o‘tkazishga tayyorgarlik bilan bog‘liq tarzda vujudga kelgan. Bunday tizimni yaratish to‘g‘risida birlamchi takliflar SKOPE — Atrof-muhit muammolari bo‘yicha ilmiy qo‘mitaning mahsus komissiyasi tomonidan ilgari surilgan.
Stokgolm anjumanining asosiy masalalaridan biri «Er sayyorasini nazorat qilish» dasturi muhokamasidan iborat edi. SHuningdek, anjumanda yana BMTning hozirgi davrda atrof-muhit muammolari bo‘yicha dasturi(YUNEP) ning bir qismi bo‘lmish «Er xizmati tizimlari» sifatida atrof-muhit monitorining global tizimi (GSMOS-GEMS) ham taklif etildi.
Monitoring (lotincha “monitor” — ogohlantirmoq) kuzatish, nazorat qilish ma’nosini bildiradi. 1973 yili kanadalik professor R.Menn birinchi bo‘lib monitoring konsepsiyasini bayon qiladi va u 1974 yilnig fevralida Nayrobida (Keniya) bo‘lib o‘tgan monitoring bo‘yicha birinchi Xukumatlararo anjumanda muhokama qilindi.
R.Menn avvaldan tayyorlangan dastur bo‘yicha ma’lum maqsadda vaqt va makonda atrof-muhit elementlarining bir va bir qanchasi ustidan uzluksiz kuzatishlar tizimini «monitoring» deb atashni taklif etadi. R.Menn inson tabiiy muhitdagi ifloslanishlarni kuzatish — monitoring konsepsiyasini amalda aniq ifoda etgan bo‘lsada, ayrim anjuman qatnashchilari «monitoring» atamasini juda keng talqin qilib yubordilar. Natijada «iqtisodiy monitoring» «ilmiy monitoring», «ozodlik monitoring» kabilarni yaratish borasida takliflar bo‘ldi.
Nayrobi anjumanida rossiyalik olim YU.Izrael o‘z ku- zatishlarining global tizimlari va monitoringning ilmiy asoslari konsepsiyasi bilan qatnashdi. «Monitoring» atamasi qancha yangi bo‘lmasin, monitoring elmentlari biosferadagi texnogen o‘zgarishlarni aslicha kuzatish «stixiyali» tarzda Sobiq Ittifoqda, hususan, O‘zbekistonda ham avvaldan mavjud edi. Ular gidrometeorologiya hizmati, gidrogeologik, agro va o‘rmon xo‘jalik, sanitar-epidemiologik va boshqa hizmatlar tarkibida faoliyat ko‘rsatgan.
«Monitoring» tushunchasini aniqlash, uning nazariy asoslarini yaratish Sobiq Yttifoqda va dunyo bo‘yicha YU.Izrael nomi bilan bog‘liq. Uning ta’rificha: «monitoring atrof-muhit xolatidagi antropogen o‘zgarishlarni kuzatish, baholash va bashoratlashning global tizimidir». Bu ta’rifni I.P Gerasimov ham qo‘llaydi. Monitoring g‘oyasi YUNEP, VMO(Vsemirnaya meteoroligicheskaya organizatsiya) va YUNESKO yunalishi bo‘yicha Riga (1978), Tbilisi (1981) va Toshkentda (1985) o‘tkazigan Halqaro anjumanlarda har tomonlama muhokama qilindi va boyitildi. Endilikda «monitoring» atamasi keng miqyosda qo‘llaniladi. Hozir «monitoring» deyilganda atrof-muhit holatini kuzatish, nazorat qilish, baholash, boshqarish va bashoratlash tushuniladi.
«Ekologik monitoring» deyilgada esa, biosfera holati va uning turli bosqichlaridagi (mahalliy, mintaqaviy, global) ekotizimlar, ekologik mintaqalar, butun materik, umuman, biosferaning antropogen ta’sirga bo‘lgan reaksiyasini muntazam kuzatish qabul qilingan. R.Menn, YU.Izrael, I.Gerasimovlar monitoringning ilmiy asoschilari bo‘lsada, uning rivojlanishiga M.Budiko va K.YAkovlevlar ham munosib hissa qo‘shganlar.
«Ekologik monitoring» fanining tadqiqot ob’ekti tirik organizmlar: o‘simlik, hayvonot olami; inson va uning hayoti kechadigan muhit; suv, atmosfera havosi, tuproq, keng ma’noda esa xudud(ekotizim)lar va butun hayot qobig‘i biosferadagi ekologik jarayonlardir.
Ekologik monitoring bu borada asosiy e’tiborni inson salomatlign va hayotini asrashga, so‘ng qishlok ho‘jalik hayvonlari va umuman, tirik organizmlar hamda atrof-muhit (ekotizim, landshaft, biogeotsenoz)ni asrashga qaratadi. Xullas, ular ekologik monitoringda bir butun, yaxlit hosila, yagona tizim sifatida qaratadi.
«Ekologii monitoring» fanining maqsadi ekologik xavfsizlikni boshqarish tizimlarini o‘z vaqtida ishonchli axborotlar bilan ta’minlashdir. SHu bilan birga turli tabiiy va antropogen ekotizimlarning o‘zgarishini kuzatish, nazorat qilish, baholash va ular natijasida aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishning nazariy asoslari, yondashuvlari, usullari hamda ilmiy uslubiyatini yaratish ham uning maqsadiga kiradi. Umuman, maqsadning asosini inson bilan tabiat o‘rtasidan munosabatlarni optimallashtirish, inson xo‘jalik faoliyatlarini to‘g‘ri yo‘naltirishga erishishdir.
Maqsaddan kelib chiqadigan asosiy vazifalar esa, muntazam kuzatish va nazorat qilishni qanday amalga oshirish mumkunligi, nimalar (ob’ekt, jarayon va xodisalar)ni nazorat qilish zarurligi (bu borada ustuvor yo‘nalishlar), kuzatish tuzilmasi, axborotlar tizimidan tegishli hulosalar chiqarish va mantiqiy fikrga kelishdan iborat. Buning uchun «Ekologik monitoring» fani quyidagp vazifalarni echishni ham o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi:
- antropogen ta’sir manbalarini kuzatnsh;
- antropogen ta’sir omillarini kuzatish;
- antropogen omillar ta’sirida tabiiy muhit holatida va unda po‘y berayotgan jarayonlarni kuzatish;
- tabiiy muhitning xaqiqiy xolatini baholash;
- antropogen omillar ta’sirida tabiiy muxitdagi tadrijiy o‘zgarishlarni bashoratlash va tabiiy holatning bashoratlarini baholash;
Ushbu vazifalarni echish uchun quyidagi ahborotlar tizimi lozim:
- atrof-muhitga chiqariladigan ifloslovchi moddalar manbalari;
- gaz holidagi issiqlik chiqindilarining antropogen manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar (quvvati. joylashgan o‘rni va boshqalar).
- ifloslovchi moddalarning ko‘chib yurishi (atmosferada, suv muhitida);
- moddalarning qayta taqsimlanishining landshaft-geokimyoviy jarayonlari, ifloslovchi moddalar migratsiyasi.