Qisqacha xulosalar.
«Tabiat-jamiyat» munosabatlari murakkab jarayon va zamon hamda makonda tez o‘zgaruvchan. Fan-texnika taraqqiyoti tufayli insonning tabiatga ta’siri ortib bormoqda. Natijada tabiatda kuchli noxush o‘zgarishlar sodir bo‘lmokda. Buning asorati insoning o‘ziga ham sezilmoqda.
BMTniig atrof-muhit va rivojlanishga bag‘ishlangan Xalqaro anjumani ( 1992-2002) dunyo mamlakatlaridagi qashshoqlik va rivojlanish darajalarining pastligini aynan ekologik muammolar bilan bog‘liqligini qayd etdi.
Hozirda xukumatlararo yagona ekologik dasturlar ishlab chiqish, ekologik monitoringda xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘ymasdan barqaror rivojlanishiga erishib bo‘lmasligi ayon.
Ekologik monitoringni halqaro hamkorlik tashkilotlari asosida amalga oshirilganligi pirovard natijada ijobiy natijalarini bera boshladi. Dunyo mamlakatlarida ekologik audit faoliyati ekologik monitoring faoliyatini engillashtiradi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning keskinlashuv sabablarini bilasizmi?
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar keskinlashuvi qanday oqibatlarga sabab bo‘ldi?
Barqaror rivojlanishni qanday tushunasiz?
Rio-de Janeyro (1992 yil) va Yoxannesburg (JAR, 2002 yil) Xalqaro anjumanlarining mazmun-mohiyatini tushuntira olasizmi?
Xalqaro ekologik monitoring qanday xalqaro tashkilotlar tasarrufida faoliyat ko‘rsatadi?
Ill bob
«EKOLOGIK MONITORING» TURLARI VA TUZILMASI
Ekologik monitoring turlari
Monitoring (ekologik monitoring)ning bir qancha turlari: abiotik (jonsiz tabiat komponentlari) monitoringi va biotik yoki biologik (jonli tabiat komponentlari) monitoringlari mavjud. Abiotik monitoring ob-havo, atmosfera, gidrosfera va boshqalarni o‘rganadi. Biologik monitoring tirik organizmlar — turlarni o‘z ichiga oladi: inson sog‘lig‘i; muhim turlarning ekotizimda hayot kechirishi (baliqlarning qimmatli zotlari); ma’lum tasirga beriluvchi turlarning holati (oltigugurt (II) oksidiga o‘simliklarning ta’sirchanligi, sezuvchanligi), zooplanktonning zaharli kimyoviy ashyolarga ta’sirchanligi; turlar — indikatorlarning (lishaynik) o‘zgaruvchanligi va h.k.
I.I.Gerasimov monitoringni uch qismga bo‘lgan(5-jadval).
Bulardan tashqari monitoringning turlari jihatlariga qarab ham turlarga ajratiladi:
1) Maqsadi jihatidan — resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhit muhofazasi maqsadida:
a) tabiy muhitning ifloslanish monitoringi;
b) tabiiy resurslar monitoringi (7-chizma)
.
7-chizma. Atrof-muhit monitoringi
Dostları ilə paylaş: |