1.4. Ekologik monitoringdagi ustuvor jihatlar va mezonlar
Ekologik monitoringni amalga oshirishda ustuvor jihatlar alohida ahamiyatga ega. Hududiy miqyosda qaraganda ustuvorlik, albatta shaharlarga, shuningdek, ichimlik suvi olinadigan mintaqalar, baliqlar tuxum qo‘yadigan joylarga qaratilmog‘i lozim. Tabiiy muhit bo‘yicha esa atmosfera havosi, chuchuk suv havzalarida ustuvorlikka ega. Alohida ingredientlar bo‘yicha — havo uchun: chang, oltinguturt (II) oksidi, og‘ir metallar (simob), uglerod oksidi, azot oksidi, benz(a)piren, pestisidlar; suv uchun : biogen mahsulotlar, neft mahsulotlari, fenollar; tuproq uchun: ishqorlanish, gumusning yo‘qolishi, sho‘rlanish, neft mahsulotlari; ifloslanish manbalari bo‘yicha — shaharlarda: avtomobil transporti, issiqlik elektrostansiyalari, rangli metallurgiya kabilar ustuvor hisoblanadi.
Ekologik monitoring mezonlarini ishlab chiqish murakkab masala. Ifloslantiruvchi moddalarning xususiyat va oqibatlarini e’tiborga olgan holda ularni quyidagicha tavsiflash mumkin: insonning sog‘lig‘i va ahvoliga, iqlim va ekotizimlarga ta’sirning kattaligi yoki samaradorligi; atrof-muhitda buzilish(degratsiya)ga moyilligi, odamda va hazm bo‘lish yo‘llarida to‘planishi; fizik va biologik tizimlarda kimyoviy transformatsiya imkoniyatlari, buning natijasida ikkilamchi moddalar yanada zaharliroq va zararli bo‘lib qolishi mumkin; tez harakatchanlik va o‘zgaruvchanlik; atrof-muhitda va odamda to‘planish yo‘nalishi; ta’sirning kattaligi va tez-tez qaytalanishi; har xil muhitda ma’lum kattalikda o‘lchash imkoniyatlari; atrof-muhitda ahvolni baholash uchun ahamiyati; dunyo miqiyosida va hududiy sharoitda tarqalishni bir tekisda o‘lchash uchun yaroqliligi. Ushbu mezonlar asosida ifloslantiruvchi moddalarning ustuvorligi bo‘yicha baholanadi, uning o‘lchash dasturi ham ko‘rsatiladi (2-jadval).
2-jadval
Ifloslantiruvchi moddalarning ustuvorligi bo‘yicha tasniflash
Ustuvorlik
sinfi
|
Ifloslantiruvchi modda
|
Muhit
|
O‘lchash
dasturi turi
|
I
|
Oltingugurt oksidi unga qo‘shilgan muallaq
|
|
|
|
zarrachalar
|
Xavo
|
MHD
|
|
Radinuklidlar
|
Oziq ovqat
|
MH
|
II
|
Ozon
DDT na boshqa xlororganik birikmalar
|
Xavo
Ovqat va odam, suv
|
md
m
|
|
Nptratlar va nitritlar
|
Ichimlik suvi na
|
m
|
III
|
Azot oksidlari
|
ovqat
Havo
|
m
|
IV
|
Simob na uning birikmalari
|
Ovqat, suv
|
MX,
|
qo‘rg‘oshin
|
Havo, ovqat
|
md
|
|
Uglerod (II) oksidi
|
Havo
|
|
|
Uglerod oksidi
|
Havo
|
m
|
|
Neft mahsulotlari
|
Dengiz suvi
|
xd
|
VI
|
Fluoridlar
|
Toza cvb
|
m
|
VII
|
Lebet
|
Havo
|
m
|
Mishyak (margimush)
|
Ichimlik suvi
|
m
|
VIII
|
Mikrotoksinlar Mikrobiologik
|
Ovqat
|
MX,
|
yuqishlar
|
Ovqat
|
MX,
|
|
Reaktiv uglsvodlar
|
Havo
|
m
|
D-dunyo miqiyosida, H-hududiy, M-mahalliy.
Qisqacha xulosalar
Ekologik monitoring biosfera holati va uning turli bosqichlari hamda uning antropogen ta’sirga bo‘lgan reaksiyasini muntazam kuzatishdir.
Ekologik monitoringning tadqiqot ob’ekti tirik organizmlar va ular hayoti kechadigan muhitlar, ya’ni butun biosferadagi ekologik jarayonlardir.
Ekologik monitoringning bosh maqsadi — ekologik xavfsizlikni boshqarishning ishonchli axborotlar bilan ta’minlash.
Fanning asosiy vazifasi atrof-muhit holatini muntazam kuzatish va nazorat qilish asosida tegishli xulosalar chiqarish.
Biosfera murakkab tuzilishga ega bo‘lib, unda jonli va jonsiz tabiat o‘zaro aloqa va ta’sirda rivojlanadi. Uning kichik bo‘laklari ekologik tizimlardir.
Ekologik monitoring o‘z tadqiqotlarida qator usul va tamoyillarga tayanadi.
Ekologik monitoringda ustuvor jihatlar va ekologik monitoring mezonlari muhim hisoblanadi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
Ekologik monitoring deyilganda nimani tushunasiz?
Ekologik monitoring fanining tadqiqot ob’ekti nima bo‘lishi mumkin?
Ekologik monitoring fani qanday maqsad va vazifalarni echishi lozim?
Biosfera va ekotizimlar to‘g‘risida nimalar bilasiz?
Ekologik monitoring tadqiqotlari qanday tamoyil va usullarga tayanadi?
Ekologik monitoringning ustuvorlik jihatlari va mezonlarini aytib bera olasizmi?
II bob
«TABIAT-JAMIYAT-INSON» TIZIMIDAGI O‘ZARO ZIDDIYATLARNING MONITORING ASOSLARI
2.1. Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar keskinlashuvi va uning oqibatlari
Tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munasobatlar negizi chuqur hamda murakkab jarayon bo‘lib, u zamon va makonda tez o‘zgaruvchan xususiyatga ega (4-chizma).
4-chizma. «Jamiyat-atrof-muhit» tizimidagi asosiy omillarinig o‘zaro ta’siri (V.F. Protasov, A.V. Molchanov bo‘yicha, 1995y.).
Inson tabiatga qancha kuchli ta’sir etsa, uning boyliklaridan ko‘p foydalana borgan sari tabiatning ham shunga yarasha insonga keltiradigan «tashvishi» orta boradi. Binobarin, inson tabiat boyliklaridan tejamkorona foydalanishi, ularning o‘rnini to‘ldirib, asrab-avaylash taraddudida bo‘lishi lozim. SHundagina tabiat insondan o‘z muruvvatini ayamaydi. Aks holda o‘rtadagi nosog‘lom munosabat ikkala tomonga ham qimmatga tushishi mumkin. Inson ham tabiat mahsuli, uning bir bo‘lagi, tabiatga etkazilgan har qanday zaxmat-asorat inson xayot faoliyatida namoyon bo‘lmay qolmaydi.
Er yuzasida bir necha million yillar muqaddam paydo bo‘lgan ilk odam, asosan mavjud meva-chevalarni terib kun kechirgan. U qariyb 500 gektar, ozuqa hududiga ega bo‘lib, kuniga 25-30 chaqirim yo‘l bosgan. Usha davrda Er yuzasida 2 mln.dan kamroq odam yashagan. Bundan taxminan million yil avval qadimgi odam olovdan foydalanib, qo‘shimcha energiya ixtiro qilgan. Bu uni mo‘tadil iqlim o‘lkalariga ko‘chib o‘tishiga va ovchilik bilan shug‘ullanishiga imkon yaratgan.
Birinchi dehqonchilik sivilizasiyalari tabiiy namgarchilik etishmaydigan mintaqalarda (Dajla va Frot daryolari havzalarida) paydo bo‘lgan va sug‘orish tizimlarini tashkil etishga olib kelgan. Keyinchalik dehqonchilik o‘rmon-dasht va o‘rmon mintaqalariga surilib, ko‘plab o‘rmonlarning kesilishiga sabab bo‘ldi.
Sanoat ishlab chiqarishning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashuvi tabiatga inson ta’sirining yanga davrini boshlab berdi. Buning natijasida yangi erlarni o‘zlashtirish, daryolarning suvlaridan sug‘orish uchun keng foydalanish, katta hajmdagi xomashyolarni iqtisodiyotga—ishlab chiqarishga kiritish, ko‘plab transport vositalarini ishlab chiqarish bosqichiga qadam qo‘yildi. Buning ustiga Er shari aholisi soni o‘sishida qator yillar «demografik portlash» sodir bo‘ldi. Keyingi yuz yillik mobaynida inson extiyojlari ham yuz martaga ortdi. Hozirda cayyopamiz aholisi jon boshiga yilira tahminan 20 t. mahsulot (xomashyo) ishlab chiqarilayotgani holda shunnng qariyb 90% i chiqindiga chiqarilmoqda. Antropogen chiqindilar miqdori yil cayin ortmoqda. Inson xo‘jalik faoliyati quruqlik yuzasinnng 1/3 qismini ( 60 mln. km2) qamragan bo‘lsada, u quruqlikning 9 mln. km- dan ortiq qismini cho‘lga aylantirdi. Hozirda bunday «yangi cho‘llar» maydoni har daqiqada 20 gektarga kengayayotgani ma’lum.
XX asr oxiriga kelib dunyo bo‘yicha yiliga 100 mlrd, t turli ruda, yoqilg‘i va qurilish materiallari qazib olindi. Buning evaziga tabiiy muhitga inson xo‘jalik faoliyati tufayli 20 mln. t karbonat angidrit, 140 mln.t sulfat angdrit. 53 mln. g azot oksidi va boshqa kimyoviy birikmalar chiqariladi. Bunga qo‘shimcha mahsulot sifatida korxonalarning 32 mlrd. m3 ifloslangan suv va 250 mln.t changi ham qo‘shiladi.
Atrof-muhitning sanoat, qishloq ho‘jalik, maishiy tarmoqlar va transport chiqindilari bilan ifloslanishi turli miqyosdagi ekologik muammolarning tarkib topishiga olib keldi va ayrim hududlarda insoniyatni ekologik halokat yoqasiga keltiradi.
Vujudga kelgan ekologik muammolar ma’lum makonda (tabiiy majmualarda) turli miqyosda va tabiiy hamda ijtimoiy-iqtisodiy geografik qonuniyatlar asosida ro‘y berganligi sababli geografik muammo ham hisoblanadi. Boshqacha aytganda, ekologik muammolar miqyosi, rivojlanish tezligi ma’lum kichik maydonda (nuqtali) yoki katta areallarda (hududiy, dunyo miqyosida) sodir) bo‘lishini e’tiborga olib, uni «geoekologik muammo» tarzida ifodalash maqsadga muvofiq. Bu holda ekologik hodisa va jarayonlar makonda (geografik hudud)da sodir bo‘lishi hisobga olinadi.
Geoekologik muammolarning qanday ko‘lamda vujudga kelishi hamda shakllanishiga ularga ta’sir etuvchi asosiy ichki va tashqi muhit omillari majmuasi, geoekologik hududning tadrijiy o‘zgaruvchanligi, murakkablik darajasi, tabiat xususiyatlarining o‘zaro bog‘liqligi barqarorligi kabilar ta’sir etadi. Geoekologik muammolar tarqalgan maydonlar miqyosi, taraqqiyot darajasi va turlariga qarab dunyo miqyosidagi, o‘lka miqiyosidagi (hududiy) va mahalliy guruhlarga ajraladi.
Dunyo miqyosidagi geoekologik muammolarga quyidagilarni kiritish mumkin:
- dunyo «issiqxona samarasi»;
- atmosferadagi ozon qatlamining emirilishi («ozon tuynigi») muammosi;
- dunyo okeanining ifloslanishi;
- nam tropik o‘rmonlarning kesilishi;
- cho‘llashish va x.k.
Dunyo «issiqxona samarasi» — quyosh energiyasining ancha qismi er yuzasiga etmay tutilib qolinishi evaziga sodir bo‘ladi. Buning asosiy sabablari atmosfera tarkibidagi kichik gazlar (uglerod oksidi, metan, azot oksidi, xlor, ftor uglevodorodlar) aralashmasi ortib borayotganligidir. Natijada Erning o‘rtacha harorati keyingi yuz yillikda 14.5°Sdan 15.2°S ga o‘zgargan. Kichik gazlar, ayniksa, uglerod (II) oksid va azot oksid manbai organik yoqilg‘i (ko‘mir. neft. gaz va benzin)larning yoqilishi hisoblanadi.
Atmosfera tarkibida ozon juda kam miqdorda uchrasada, u ma’lum balandlikda (15-25) o‘ziga xos qatlam ozon ekranini hosil qilib tarqalgan. Uning asosiy vazifasi Erdagi tirik organizmlarni Quyoshnnng o‘ta zararli ultrabinafsha nurlaridan saqlashdir. Ozon qatlamining emiruvchilari — freon (xlor, ftor, uglevodorod)lar hisoblanib, ular kimyo va maishiy sohalarda keng qo‘llaniladi. Ozonning emirilishi tufayli o‘ziga xos «tuynuk;» vujudga keladi. Ozon qatlami emirilishi- ning inson uchun eng xatarli oqibatlari teri raki va ko‘z kataraktasi kasalliklari sonining ortishidir. BMTning rasmiy ma’lumoti bo‘yicha, azon qatlaminining bir foizga kamayishi dunyo bo‘icha 100 ming katarakta va 10 ming terr raki xodisalari vujudga kelshiga sabab bo‘lar ekan.
Dunyo okeanining ifloslanishi o‘ta tashvishli xolga aylanmoqda. Dunyo okeaniga yiliga 10 mln.t neft va neft mahsulotlari qo‘shilmoqda. Okean suvlarining neft bilan ifloslanishida: sanoat chiqindi suvlari salmog‘i—60,8%, neftni qayta ishlovchi zavodlarniki — 1,2%, dengizdagi neft quduqlari va platformalarniki—2,1%, neft tashuvchi tankerlarniki —11.3% va boshka dengiz kemalarniki — 14,4% ni tashkil etadi. 1967-1993 yillar mobaynida 40 ming tonnadan ortiq neft tashuvchi 19 ta dengiz tankerlari halokati tufayli 2,3 mln.t neft okeanlarga oqizilgan. Bundan tashqari, okean suvlarining og‘ip metallar (5 ming t simob, 2 mln.t qo‘rg‘oshin), kimyoviy va radioaktiv moddadar, pestitsidlar (50 ming t) bilan ifloslanishi ham kuchli tarzda ro‘y bermoqda.
Hozirda Er yuzasining o‘rmon bilan qoplanganlik darajasi 23-30%ni tashkil etgani holda daqiqa sayin uning 20 gektari yuqotilmoqda. Ayniqsa, nam tropik o‘rmonlarga boy bo‘lgan Afrika, Osiyo va Tinch oksani mintaqasi, Lotin Amerikasida o‘rmon degradatsiyasi tashvishli kechmoqda. Bu albatta, biosfera uchun jiddiy xavf tug‘dirmoqda. SHunga mos tarzda sayyoramizning cho‘lga aylanishi tezlashmoqda. YUqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, dunyo miqiyosidagi geoekologik muammolar umumbashariyat uchun taalluqli muammo bo‘lib, nafaqat inson salomatligi uchun xatarli, balki ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan ham katta zarar keltirmoqda.
Hududiy geoekologik muammolar ma’lum tabiiy chegaralarga ega bo‘lgan nisbatan yirik hududlarda tabiatdan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida tarkib topadi. Yirik daryo va ko‘l havzalari o‘ziga xos yaxlit geotizim bo‘lib, xavzalarda inson bilan tabiat o‘rtasida nomutanosiblik kuchaysa, uniig oqibati butun xavzada namoyon bo‘ladi. Bunga Kacpiy va Orol dengizi, Balxash, Issikko‘l, Buyuk ko‘llari xavzasidagi hamda Dunay, Volga, Missisipi, Reyn kabi daryolar havzasidagi ekologik muammolarni kiritish mumkin.
Hududiy geoekologik muammolardan yana bir keng tarqalgani «ishqorli» yomg‘irlardir. O‘rta dengiz, Qora-Azov, Qizil. Boltiq, SHimoliy va Karib dengizlari muammolarini ham hududiy geoekologik muammolar deb bilish lozim.
Er yuzasining deyarli barcha qismlarida, o‘sha joylarning o‘sha xos bo‘lgan mahalliy geoekologik muammolarni uchratish mumkin. Ular erlarning o‘zlashtirilishi, sug‘orish, suv omborlarining qurilishi kabi inson xo‘jalik faoliyatlari natijasida tarkib topmoqda. Hududiy va mahalliy geoekologik muamollar dunyo miqyosida e’tirof etilmasada, ularnnng oldi olinmasa murakkab toifaga o‘tishi va yangi hududdarni egallashi mumkin. Ushbu turdagi geoekologik muammolar o‘sha joylar uchun etarli ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.
2.2. Barqaror rivojlanish va ekologik monitoring
BMTning atrof-muhit bo‘yicha Stokgolm anjumani ( 1972 yil) unda qatnashuvchi davlatlar e’tiborini jahon hamjamiyati oldidan eng muhim muammolardan biri kelajakdagi yangi taraqqiyot yo‘li—barqaror rivojlanish yo‘lini tanlashga turtki bo‘ldi.
1992 yilning iyunida Rio-ds-Janeyroda BMTning atrof- muhit va rivojlanishga bag‘shlangan navbatdagi anjumani bo‘lib, unda 178 davlat vakillari qatnashdi. Anjumanda qashshoqlik va qator mamlakatlar rivojlanish darajalariningg pastligi ekologik muammolar bilan bog‘liqligi qayd etildi.
Anjumanda 5 ta asosiy hujjat ma’qullandi va tasdiqlandi:
Rivojlanish va atrof-muhit bo‘yicha Rio bayonnomasi.
«XXI asr uchun kun tartibi».
Barcha turdagi o‘rmonlarni barqaror rivojlantirish, saqlash va boshqarish tamoyillari to‘g‘risidagidagi bayonot.
Iqlim o‘zgarshilari bo‘yicha konvensiya.
Biologik xilma-xillik bo‘yicha konvensiya.
Bayonnomada dunyo miqiyosidagi muammolarga quyidagi jihatlar qaratildi:
a) sayyoraning ekologik xotirjamligini belgilovchi biosfera resurslaridan foydalanish darajasi;
b) biosfera resurslaridan foydalanish va aholi sonining o‘sish darajalari o‘rtasidagi o‘zaro nisbat.
1986 yili Xalkaro Geosfera-biosfera dasturi— MGBP darajasida barqaror rivojlanish strategiyasining maqsadi quyidagicha ta’riflanadi: «xayotning dunyo miqyosidagi o‘zgarishlarga moslashish usullari va yo‘llarini ishlab chiqish».
Hozirda barqaror rivojlanishga iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik komponentlarning o‘zaro aloqada barqaror rivojlanishi, shuniigdek, turli darajalardagi hamkorlikni ta’minlash extiyojlari kiradi.
«XXI asr kun tartibi» Rio anjumanining eng muhim xujjatidir. U 100 dan ortiq dasturdan iborat bo‘lib, kashshoqlik va ocharchilikni yo‘qotishdan tortib, tabiatni muhofaza qilish muammolarini echishda jamiyat rolini oshirishgacha bo‘lgan dunyo miqyosidagn turli-tuman muammolarni qamragan. Unda barqaror rivojlanish strategiyalari aniq ko‘rsatilgan. SHularning uchtasini ta’riflaymiz:
- xo‘jalik yurituvchi insonning Er tabiiy biotalari bilan tabiiy- barqarorlikdagi o‘zaro ta’sir strategiyasi;
- insonning ozuqa ehtiyojlarini ta’minlovchi antropogen ekotizimlar bilan sun’iy barqarorlikdagi o‘zaro ta’sir strategiyasi.
- inson (ishlab chiqarish)ning sun’iy muhit ekotizimlari bilan o‘zaro ta’sir strategiyasi.
YUNEPning 1991 yilgi hisobotida («Atrof-muhit xolatining global ma’lumotnomasi») atrof-muhit muammolarini echishda muhim siljish bo‘lganligi qayd etiladi. Xususan, xo‘jalik faoliyatida ekologik ta’sir amaliyotga tatbiq etila boshlandi, qator davlatlarda atrof-muhitning ifloslanish darajasi pasaydi, degradatsiya sur’ati sekinlashdi va tabiiy resurslardan foydalanish jadallashuvi kamaydi. Biroq, atrof-muhitning dunyo miqyosidagi degradatsiyasi davom etmoqda, xanuz zararli miqdori ortib bormokda.
BMT Bosh assambleyasi sessiyasi (Nyu-York, 1997 yil)da ta’kidlanganidek, barqaror rivojlanishni ta’minlovchi bosh masalalar echimi XX asrda poyoniga etmay qoldi, ular quyidagilar:
- ochlik va qashshoqlikni bartaraf etishning amaliy tadbirlarini ro‘yobga chiqarish rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda xayot darajasi o‘rtasidagi tafovutni kamaytirish;
- dunyo miqiyosida atrof-muhitga antropogen ta’sirni kamaytirish uchun chora va yo‘llar topish.
BMTning barqaror rivojlanish komissiyasi ishida ( 1997 yil) quyidagi dolzarb muammolar ajratildi: chuchuk suv, energetika, transport va atrof-muhit, o‘rmon, Dunyo okeani muammolari. Bosh majmuali vazifalar sifatida quyidagilar belgilandi: qashshoqlikni yo‘qotish, ishlab chiqarish va iste’moldagi mavjud tuzilmalarni o‘zgartirish.
1985 ynlda Vena shahrida «Ozon qatlamini muhofaza qilish to‘g‘risida konvensiya» qabul qilindi. 1987 yili Monrealda 24 mamlakat vakillari ishtirokida «Ozonni emiruvchi chiqindi moddalarni kamaytirish to‘g‘risidagi qaydnoma», 1989 yili «Ozon qatlamini muhofaza qilish Xelsinki deklaratsiyasi» imzolandi, 1977 yilda Nayrobi shahrida «CHo‘llashishga qarshi xarakat rejasi» ishlab chiqildi. 1981 yilda Toshkentda shu rejaga muvofiq Xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.
1992 yilda Rio-de-Janeyroda BMTning atrof-muhit va rivojlanishga bag‘ishlangan anjumanida insoniyat oldida turgan ekologik muammolarning echimi barqaror rivojlanish garovi ekanligi qayd etildi. Jumladan. barqaror rivojlanish strategiyasi matnida: «Ekologik monitoringning umumiy tizimini caqlash lozim», degan jumla uchraydi.
XX asr oxiridagi murakkab vaziyatlar tahlili dunyoning turli hududlarida ekologik muammolar o‘ziga xos tarzda kechayotganligini ko‘rsatmokda(3-jadval).
Er sharida organizmlarning 1,4 mln.dan ortiq aniqlangan turlari mavjud bo‘lib, shularning 760 mingi hasharotlar, 41 mingi umurtqali hayvonlar, 250 ming turi o‘simliklarga to‘g‘ri keladi. 1990-2020 yillar mobaynida 5-15% turlar yo‘q bo‘lishi to‘g‘risida tashvishli bashoratlar mavjud. Bu yiliga 15-50 ming, kuniga 40-140 turlarning yo‘qolishi, demakdir.
Demak, yuqoridagi tadbirlar jadval ma’lumotlari va o‘ziga xos bashoratlar atrof-muhit holatini muntazam kuzatish, nazorat qilib borishni taqozo etadi. Boshqacha qilib aytganda, Er yuzasining deyarli barcha hududlarida ekologik monitoringning tashkil etilishi maqsadga muvofiq. CHunki ekologik monitoring ma’lumotlari tahliliga tayangan holda ekologik muammolarni bartaraf etish tadbirlari ishlab chiqiladi va amaliyotga tatbiq etiladi.
3-jadval
Dunyoning turli hududlarida tegishli muhim ekologik
muammolar
|
Dunyo hududlari
|
Ekologik omillar
|
Afrika
|
Osiyo va Tinch okeani
|
Evropa
|
Lotin Amerikasi
|
SHimoliy Amerika
|
G‘arbiy Osiyo
|
Qutbiy hududlar
|
Erlar degradatsiyasn
|
1: 3
|
1:5
|
2;0
|
1:5
|
2;7
|
1 ;5
|
3:6
|
O‘rmonlar kesilishi va degradatsiyasi
|
1:5
|
1;5
|
2:6
|
1:5
|
3:6
|
3:3
|
4;8
|
Bio xilma-xnllik yo‘qotilishi yashash tizimlarining buzilishi
|
2:5
|
1:5
|
1:5
|
2; 5
|
2;6
|
2;5
|
2;6
|
CHuchuk suv (ifloslanishi)
|
1;5
|
1:5
|
1:6
|
2:5
|
1 ;6
|
1:5
|
3:6
|
Deigiz va soxil mintaqasi degradatsiyasi
|
2:6
|
1:5
|
1:5
|
2:5
|
2;6
|
1:5
|
3;6
|
Atmosferaning ifloslanishi
|
2:6
|
1:5
|
1:6
|
1;5
|
1;6
|
2;6
|
4:6
|
SHaxar va sanoat mintaqalari (ifloslanishi, chiqindilar)
|
2:6
|
1:5
|
1:6
|
1:5
|
1:6
|
1;5
|
2:8
|
Muammolar: 1-keskin; 2-muhim; 3-kam ahamiyatli; 4-muhim emas; Me’yorlar: 5-kuchaytiruvchi; 6-nisbatan barqaror; 7- kuchsizlanuvchi; 8 -noma’lum.
Dostları ilə paylaş: |