1.2. Biosferaning tuzilishi va rivojlanishi.
Er sayyorasining tirik organnzmlar tarqalgan eng muhim qobig‘i «biosfera» (grek. “bios” –xayot va «sphira»-shap) deb ataladi. V.I Vernadskiy, biosfera deyilganda, Erning tirik organizmlar ta’siridagi barcha jarayonlar kechadigan yupqa qobig‘i tushunadi. Biosfera Erning litosfera, gidrosfsra va atmosfera qobiqlari tutashgan joyida tarkib topgan bo‘lib, uning yuqori chegarasi atmosferadagi ozon ekranigacha — er yuzasidan 16-20 km yukoridan o‘tadi. Quyi chegarasi okeanlarda 11 km, erning tosh-litosfera qismida esa 3-5 km chuqurlikka to‘g‘ri keladi. Akademik V.I.Vernadskiy biosferani jonli va jonsiz tabiat elementlari mujassamlashgan qatlam deb biladp. Biosferada tirik moddalar va ularning yashash muhitlari o‘zaro aloqada hamda bir-biri ta’sirida bo‘lib, yaxlit va dinamik tizim hosil qiladi. Eng qadimda yashil xlorafilli o‘simliklarning vujudga kelishi atmosferaning kimyoviy tarkibi butunlay o‘zgarishiga, atmosferada kislorodning vujudga kelishiga sabab bo‘lgan. Bu o‘z o‘rnida Erdagi barcha hayot evalyusiyasining keyingilariga turtki bo‘ldi. Biosfera mavjudligining acociy sharti ynda modda va energiya almashuvining mavjudligidir.
Evolyusiya jarayonida tirik organizmlarning sayyora bo‘ylab keng tarqalishi modda va energiyani qayta taqsimlanishini ta’minlaydi. Ushbu jarayon — geokimyoviy tamoyil V.I. Vernadskiyning quyidagicha hulosaga kelishiga sabab bo‘ldi: «Har bir organizm boshqa tirik organizmlar va jonsiz tabiat bilan aloqada bo‘lgan sharoitdagina yashashi mumkin, xayot o‘zining barcha borlig‘i bilan bizning sayyoramizda chuqur o‘zgarishlarga sabab bo‘ldi». V.I Vernadskiyning biosfera to‘g‘risidagi ta’limoti yuzasidan birinchi hulosasi biosferaning bir butun(yaxlit)ligidir: «... biosferadagi hayot, tirik moddalar bir butun xosiladir». V.I Vernadskiy birinchi bo‘lib, biosferaning rivojlanishida inson bosh omil ekanlpgi, uning faoliyati tabiat evolyusiyasidan bir necha barobar tezlikda ortib borayotganligi to‘g‘risidagi g‘oyaga asos soldi. SHu tufayli. xozirgi sharoitda biosfera to‘g‘risidagp ta’limot muhim amaliy ahamiyat kasb etmoqda. CHunki insoniyat o‘zining kun sayin ortib borayotgan texnik imkoniyatlariga tayanib, tabiatdan keragidan ortiqcha foydalanmokda. Keyingi davrda tabiatning o‘z resurslarini qayta tiklash, qayta tozalash imkoniyatlari hisobga olinmayotganligi bois, biosferaning yaxlitligi va barqarorligiga putur etmoqda.
Erda insonnpng paydo bo‘lishi tabiat va tirik orannzmlar o‘rtasidagi munosabatda yangi boskichni vujudga keltirdi. Tabiat va inson o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar xarakteri «noosfera tushunchasini fanga kiritdi. Inson omili biosfera tarqqiyotida geologik kuchlardan ko‘ra ham tez va kuchli namoyon bo‘lmoqda. Biosferaning xozirgi tarraqiyoti bevosita inson aql zakovati bilan hamohang tarzda bo‘lgani uchun ham biosferani «noosfera» atamasi bilan almashtirish g‘oyasi vujudga keldi. Ushbu ta’limot g‘oyasi asoschilari, avvalo Le-Rua, Teyyar de SHarden xamda V.I.Vernadskiy nomlari bilan bog‘liq.
Biosfera murakkab va o‘ta nozik tuzilishga ega. Undagi organizmlar o‘zaro va jonsiz tabiat bilan shunchalar ko‘p «iplar» orqali bog‘langanki, qaysi bir aloqaning uzilishi-buzilishi yoki aksincha, ularning sun’iy tarzda zuraytirilishi — biosfera uchun taxlikaga (xatarga) sabab bo‘lishi muqarrar. Buning uchun butun biosfera bo‘yicha va uning bo‘laklari bo‘l- mish ekologik tizimlar (ekotizim)da ekologik monitoring tadqiqotlari o‘tkazilishi muhim masaladir.
Ekotizim — ma’lum maydondan iborat bo‘lib, unda tirik organizmlar va ularning yashash muhitlari majmuasi moddiy- energetik va axborotlarning o‘zaro ta’siri bilan birlashgan.
Quyosh
Dostları ilə paylaş: |