5-chizma. YUNEP asosiy amaliy vazifalarining aloqadorligi. Maxsus shoxobchalarda ifloslovchi moddalar miqdorini kuzatish dasturi (GSMOS muammolari bo‘yicha kengash tomonidan tasdiqlangan)
Muxit
Ifloslovchi moddalar va ko‘rsatkichlar
Kuzatishiing takrorlanishi
Atmosfera (er yuzasidan 2m balandlikdan boshlab)
Har xil zarralar, atmosferaning aerozol xiraligi, uglerod (11) oksidi, azot oksid, uglevodorodlar, oltingugurt (11) oksidi, sulfatlar, 3-4 benz(a)pirin.
Har sutkada
Atmosfera yog‘inlari, qor qoplami
Qo‘rg‘oshin, simob, kadmiy, mishyak, 3-4 benz(a)piren, DDT va b., xlororganik birikmalar, pH, annonlar va kationlar VMO dasturi bo‘yicha
YOqilg‘ilar: dekada, oyda integral namuna. Quruq yoginlar; oyda integral namuna. Qor qoplami: butun qor qoplami chuqurligi bo‘yicha integral namuna
Er usti va er osti suvlari, suv osti yotqiziqlari
Qo‘rg‘oshin, simob, metil simob, kadmiy, mishyak,3-4 ben(a)piren, DDT va b., xlororganik birikmalar va biogen elementlar
Yilda bir marta
Biologik ob’ektlar
Qo‘rg‘oshin, simob, metil simob, kadmiy, mishyak,3-4 bei(a)piren, DDT va b., xlororganik birikmalar va biogen elemeitlar
Takrorlanishi biologik ob’ektga bog‘liq tarzda
1974 yilgi Nayrobi anjumani GSMOS oldiga ettita muhim vazifani qo‘yadi:
- inson salomatligiga taxlika soluvchi ogoxlantiruvchi keng qamrovli tizimlarni tashkil etish;
- atmosferaning global ifloslanishining iqlimga ta’sirini baholash;
- biologik tizimlardagi, ayniqsa ozuqa zanjiridagi zararli moddalarning tarqalishi va miqdorini baholash;
- qishloq xo‘jalik faoliyati va erlardan foydalanish natijasida vujudga kelgan keskin muammolarni baholash;
- quruqlik ekotizimlaridagi reaksiyalarning atrof-muhitga ta’sirini baholash;
- okean ifloslanishi va ifloslanishning dengiz ekotizimlariga ta’sirini baholash;
- halqaro miqyosda stixiyali falokatlar to‘g‘risida ogoxlantiruvchi, takomillashtirilgan tizimlarni yaratish.
VMO—halqaro miqyosda kuzatishni tashkil qilishda katta tajribaga ega tashkilot. Butunjahon ob-havo xizmati barcha materiklar va okean kemalaridagi meteorologik tarmoqlar ma’lumotiga tayanadi. Hozirda dunyo meteorologiya tazimida sun’iy yo‘ldoshlar, meteorologik raketalar, samolyotlardagi muntazam kuzatshilar muhimdir. Atmosferaning kimyoviy tarkibi ustidan kuzatish tizimi birlamchi ahamiyatga ega. SHuningdek, atmosferaning optik ko‘rsatkichlari va yog‘inlariing kimyoviy tarkibi — ishqorlanishi kabilarni o‘lchash ham VMO qaramog‘idagi tarmoq tuzilmasi zimmasidadir. VMO doirasida 50ga yaqin mamlakatlarda 100dan ortiq kuzatish shoxobchalari mavjud. Kuzatishlar deyarli barcha: suv (dengiz va chuchuk suvli) va quruqlikdagi (o‘rmon, dasht, cho‘l, tog‘) ekotizimlarni qamrab olgan bo‘lib, YUNEP tasarrufida shi yuritadi va uni YUNESKO muvofiqlashtirib boradi.
Majmuali ekologik monitoring dasturi bo‘yicha yirik hududlardagi (Evropa, SHimoliy Amerika va boshqalar) vaziyatlar bilan birga biosferadagi eng sekin ruy berayotgan, ammo asorati xavfli bo‘lgan jarayonlar ham kuzatib boriladi. Ularning aksariyati biosfera qo‘riqxonalarida amalga oshiriladi.
VOZga a’zo mamlakatlar atrof-muhit omillarining inson salomatligiga ta’siri doirasidagi dastur loyihalarini amalda tatbiq etmoqda. Uning dastur loyihalari quyidagilarni uz ichiga oladi:
- tashqi muhit omillarining inson salomatligiga ta’sirini baholash usullarini ishlab chiqish;
- sog‘liqni saqlash nuqtai nazaridan texnologik rivojlanishni baholash;
- mintaqaviy va milliy loyixalarga texnik va ilmiy yordam ko‘rsatish;
- xavo sifati;
- quruqlik suvlari va dengizlar ifloslanishini nazorat qilish va baxolash;
- muhit ifloslanishi va xavfli kimyoviy birikmalarning tarqalish muammolari;
- erlarning degradatsiyasi va tuproqlarning zararli chiqindilar bilan ifloslanishi bilan bog‘liq sog‘liqnisaqlash jihatlari;
- radiatsion gigiena;
- shahar shovqini.
Erni yagona tabiiy tizim sifatida o‘rganishda Xalqaro geosfera-biosfera dasturi (MGBD) ning ahamiyati katta (1986 yildan faoliyat ko‘rsatadi). Asosiy loyiha iqlim o‘zgarishlarini o‘rganishga qaratilgan.
MGBD quyidagi ettita yo‘nalishda ish olib boradi:
Global atmosferadagi kimyoviy jarayonlar qonuniyati va kichik gazlar aylanma harakatida biologik jarayonlarning roli.
Okeanlardagi biokimyoviy jarayonlarning iqlimga tasiri va uning qayta ta’siri.
Qirg‘oqbo‘yi ekotizimlarini o‘rganish va erdan foydalanishdagi o‘zgarishlarning ta’siri.
Suvning global aylanma xarakatining shakllanshidagi mas’ul bo‘lgan o‘simlik qoplamining tabiiy jarayonlar bilan o‘zaro ta’siri.
Global o‘zgarishlarning quruqlik ekotizimlariga ta’siri.
Poleoekologiya va poleoiqlim o‘zgarishlari va ularning oqibatlari.
Er tizimlarini uning evolyusiyasini bashoratlash maqsadida modellashtirish.
«Inson va biosfera» (MAB) dasturining acociy faoliyati (6-chizma): bosh muammolar yo‘nalishi bo‘yicha loyihalarni tayyorlash va bajarish (bio xilma-xillik va ekotizimlar holati monitoringi va bu xolatni saqlash; tabiiy resurslarni barqaror boshqarish, erlarni o‘zlashtirishda ijtimoiy-madaniy va milliy yondashuvlarni uyg‘unlashtirish, erdan foydalanish siyosatini shakllantirish); biosfera qo‘riqxonalarini tashkil etish va boshqarish, mavzuli va geografik ilmiy tarmoqlarni shakllantirish; kitob, xisobot va turli axborotlar tayyorlash hamda nashr etish.
6-chizma. YUNESKO ning «Inson va biosfera» (MAB) dasturlari tuzilmasi
MABning O‘zbekistonda ham qo‘mitasi mavjud bo‘lib, u o‘zining maxsus ilmiy-tadqiqot dasturiga ega. 1974 yil YUNESKOning 18-Bosh konferensiyasiga MAB ning 14 dastur loyihasi bo‘yicha monitoring to‘g‘risida ma’ruza tayyorlandi. MAB dasturining monitoring tizimidagi ahamiyati: - monitoringning ilmiy asoslarini ishlab chiqish; - monitoring dasturlarini yaratish; - tabiiy muhit sifatining me’yoriy mezonlarini ishlab chiqishdagi ishtirokida yaqqol namoyon bo‘ladi. Halqaro miqyosdagi ekologik monitoring tashkilotlarida ishtirok etayotgan yana qator xalqaro tashkilotlarni ko‘rsatish mumkin. Umuman bu sohadagi hamkorlik o‘z samarasini bermoqda. Xalqaro tashkilotlar tomonidan qabul qilingan dasturlar asosida turli mamlakatlarda atrof-muhit xolatini yaxshilashga qaratilgan amaliy tadbirlar amalga oshirila boshlangan. Xususan, atmosfera havosi, dunyo okeani ifloslanishini kamaytirishga, umuman, biologik xilma-xillikni saqlashga oid mamlakatlararo kelishuvlar va umuman biosferani saqlashga bo‘lgan ca’y-harakatlar samaradorligi ekologik monitoringning xalqaro jihatlariga yanada ko‘proq e’tibor berishga bog‘liq.
2.4. Ekologik monitoring va ekologik auditning aloqadorlik mohiyati.
Ekologik audit (ekoaudit) ma’lum bir faoliyat, hodisa va sharoitlarning o‘ziga xos mezonlarga mos; kelishini aniqlash maqsadida ob’ektiv ravishda to‘planadigan ma’lumotlarni tekshiruvchi rasmiy xujjatlashtirilgan tizimli jarayondir. Ekologik audit atrof-muxitning sifatini boshqarishda muhim mexanizmlardan biri bo‘lib, oxirgi 5-10 yil ichida rivojlangan mamlakatlarda keng qo‘llanib kelinmokda. Ekoaudit XX asrning 70-yillari o‘rtalarida AKSHda ekologik fojialar ko‘rsatkichining ortib ketish, shuningdek, kimyo sanoati korxonalaridagi ekologik xarajatlarning ko‘payishi bilan bog‘liq tarzda vujudga kelgan. 80-yillardan boshlab, ekoaudit Buyuk Britaniya, Gollandiya, SHvetsiya va boshqa Evropa mamlakatlarida amaliyotda qo‘llanila boshlandi. Ushbu mamlakatlardagi jamoatchilikning masalani chuqur ang- lab etishi Evropa ittifoqida maxsus — «Ekoaudit to‘g‘risida qaror» (1993y.) qabul qilinishiga olib keldi (Evropa Ittifoqining ekologik boshqarish va audit tizimi). Ekoauditning asosiy ob’ektlari quyidagilar hisoblanadi;
- mulk (er maydonlari, tabiat ob’ektlari, bino va qurilmalar, mashinalar, jihozlar va boshka h.k.); - favqulodda vaziyatlarda korxonalarni boshqarish tizimi; - tabiatni muhofaza qilish va ishchi xodimlar xavfsizligini ta’minlash kabi dasturlar. Ekoaudit ixtiyoriy bo‘lsada, biroq korxona faoliyati atrof-muhit va axoliga taxlika solishi aniq-ravshan bo‘lsa, ijroiya xokimiyatlar qarori bilan majburiy audit o‘tkazilishi mumkin. Ekouditning maqsad va vazifalari: - korxonalarning hozirgi faoliyatini ekologik qonunchilik nuqtai nazardan baholash; - rahbariyatni rejalashtirish va boshqarish uchun zarur axborotlar bilan ta’minlash; - rahbariyatning atrof-muhitni muhofaza qilish masalalariga oid qarorlarini tekshirish; - korxonalar(kompaniya. korporatsiya) ga jamoatchilik, aksionerlar va hukumat tomonidan bo‘lgan ishonchni mustahkamlash; - ishlab chiqarilgan mahsulotlarga sarflanadigan resurslar miqdorini kamaytirish va ishlab chiqarish samardorligini oshirish; - turli xo‘jalik faoliyatlarining atrof-muhit uchun xatarini aniqlash; - atrof-muhit ifloslanishini tekshirish ustuvorligini aniqlash: - ishchi xodimlar va inventorlarning atrof-muhitni muhofaza qilish bilan bog‘liq behuda ish vaqti hamda yo‘l mablag‘lari sarf-xarajatlarini tejash; - ekologik muammolar echimi uchun zarur mablag‘lar miqdorini aniqlash; - barcha turdagi chiqindilar miqdori va atrof-muhitga ta’sir darajasini kamaytirish; - korxona xodimlariga atrof-muhit muxofaza qilish soxasidagi maqsadga qaratilgan siyosatni amalga oshirish va tabiiy muhit sifati uchun javobgarlik muhimligini tushuntirish; - turli darajadagi raxbarlarni atrof-muxit sifatini yaxshilash dasturini amalga oshirishga jalb etish. Ekologik auditning asosiy vazifasi mavjud korxona va tashkilotlar (mulk egalarining qaysi ko‘rinishi bo‘lmasin) ning tabiatni muhofaza qilish faoliyatlarini atrof-muxit muhofazasi sohasidagi mavjud me’yoriy-huquqiy asoslarga muvofiqligini tahlil qilishdan iborat. Ekologik audit butun dunyo mamlakatlarida, xususan, O‘zbekistonda keng tarqalgan bo‘lsada, xali yo‘lga qo‘yilgani yo‘q. Endilikda uni qo‘llash chog‘i keldi va ma’lum asoslari ham mavjud. Ekologik auditning yo‘lga qo‘yilishi har xolda ekologik monitoring ishini engillashtirish bnlan birga atrof-muhit musaffoligi va biosferaning barqaror rivojlanishiga xizmat qiladi.