Geoekologik monitoring
Ekologik monitoringning ikkinchi bosqichi I.I. Gerasimov bo‘yicha geoekologik, geotizimli yoki tabiy-xo‘jalik monitoringa bo‘lishi lozim. Geoekologak monitoringning (GEM) mazmuni tabiat majmualarining o‘zgarishlari ustidan nazorat olib borish hamda ularni tabiiy-texnik tizimlarga qayta o‘zgarishini kuzatishdan iborat bo‘lishi lozim. GEM BEMning mutlaq to‘ldirib boradi: BEMni indikatorlari bo‘lib xizmat qiluvchi hodisalarning genezisi va o‘zaro aloqalarni ajratishga imkon beradi; BEMni mazmunini chuqurlashtiradi, atrof-muhitda bo‘ladigan stixiyali o‘zgarishlarni oldindan ko‘ra olishga turtki bo‘ladi, inson sog‘lig‘ini yomonlashtiruvchi tabiat hodisadarini oldindan bilishga imkon beradi; BEMning tadqiqot chegaralarini kengaytiradi, bunda atrof-muhitning tabiiy resurslarini ham o‘z ichiga oladi, chunki inson ulardan o‘z faoliyatida foydalanadi.
Ifloslantiruvchi chiqindilarni ruhsat etilgan me’yor (REM) bo‘yicha ekologik baholashda tabiiy muhitnnng o‘z-o‘zini tozalash xususiyatini to‘g‘ri aniqlash muhim ahamiyatga ega. Bu qobiliyat tabiatda biologik aylanma harakatning hajmi va jadalligi bilan o‘lchanadi. SHuning uchun ham birinchi holatda GEM tarkibiga indikatorlarni kiritish bilan tabiiy ekotizimlarning ifloslanishi me’yordan oshib ketishini anglash va bashorat qilishga imkon topiladi.
Ikkinchi holatni tushuntirish asosida tabiiy tadrijiy ekologik muvozanatning mavjudligini bilish yotadi. Agar tabiiy ekotizimlar muvozanatining buzilishi ro‘y bersa, tiklab bo‘lmaydigan hodisalar vujudga keladi, masalan, erlarning eroziyaga uchrashi, jar eroziyasi, surilmalar, tuproqda tuz to‘planishi va boshqalar. SHuni kayd qilish lozimki, ushbu monitoringning vazifasi ancha murakkab. Baykal ko‘lini o‘z-o‘zini tozalash qobiliyati yaxshi o‘rganilmagan bir paytda unga turli chiqindilarning tushishi monitoring ishini qiyinlashtiradi. SHuning uchun ham uni tabiiy xolatda saqlab qolish ancha o‘rinlidir.
Uchinchi holatni tushuntirish uchun tabiiy ekotizimlarning muhim boyligi biologik mahsuldorlikka e’tibor berish lozim. SHuni hisobga olgan xolda GEM tarkibiga biologik mahsuldorlikning ma’lum indikatorlarini kiritish darkor. SHuningdek, yangi geotizimlarning vujudga kelishini aniqlovchilarini ham bilish zarur. Ushbu ko‘rsatkichlarni o‘zaro solishtirish tabiiy resurslardan foydalanish darajasini bilishga imkon beradi. Ushbu ko‘rsatkichlar miqdor ko‘rsatkichlari ko‘rinishida bo‘lishi lozim. Bu hol bashoratli ishlamalarni tayyorlashda asqotadi.
BEM va GEM tadqiqot usullarida sezilarli farqlar mavjudligini yuqorida bilib oldik. BEMda atrof-muhitning ayrim parametr (indikator) lari muntazam ravishda kuzatish va nazorat qilishni taqozo etadi. Ular bioekologik ahamiyatga ega bo‘lib, ayrim nazorat shoxobchalarida amalga oshiriladi. Ikkinchi, GEMda asosan geofizik, geo- va biokimyoviy va biologik usullarga asoslangan holda nafaqat ayrim nazorat shoxobchalarida kuzatishlar olib borishdan tashqari, ayrim alohida ahamiyatli tayanch maydonchalarda amalga oshirilishi ham lozim, bu xol, albatta, hududiy xarakterga ega. Bularga mahsus geoekologik testli maydonchalar (poligonlar) kiritiladi, aynan shu maydonchalarda geotizimli testlar (indikatorlar) ishlab chikiladi. Ular barcha tabiy muhit uchun ham xos bo‘ladi. Ushbu maxsus maydonchalar reprezentativ xususiyatga ega bo‘lib, har bir mintaqada yoki yirik tabiiy-xo‘jalik xududida bittadan bo‘lgani ma’qul. Bularni mintaqaviy yoki hududiy maydonchalar deb atash mumkin. Ushbu maxsus maydonchalarda asosiy geotizimlarning o‘zgarishi bo‘yicha kuzatishlar amalga oshiriladi. Geotizimlarga uch xil muhim ekotizimlar kirishi lozim: tabiiy (qo‘riqxona shaklidagi); tipik qishloq xo‘jalik ekotizimlari (boshqa ta- biiy-texnik): antropogen «oliy toifali» (optimallashgan yoki boshqariladigan) geotizimlar (masalan, shahar geotizimlari). Birinchi guruhdagi mahsus maydonchadarda kuzatishning asosiy maydoni bo‘lib trofik aloqalar maydoni (biologik aylanma harakat) va ularning buzilishi xizmat qiladi, shuningdek, REMli ko‘rsatkichlari bo‘lishi kerak. Ikkinchi guruxga tabiiy resurslardan foydalanish tavsiflari, birinchi navbatda biomasalalarni ishlab chiqarish, uchinchi guruhga tabiiy resurslardan foydalanishni boshqarish usullari (atrof-muhitni aholi uchun saqlab qolish) xizmat qiladi.
BEM va GEM bir-biri bilai uzviy bog‘liq, bir-birini taqzo etadi, bir-birini to‘ldirishga xizmat qiladi. BEMni tashkil qilish va rivojlantirish uchun yaxshi sinalgan imkoniyatlar mavjud bo‘lsada, GEM uchun butunlay imkoniyatlar deyarli yo‘q darajada. Aslida BEM GEMsiz katta natijalarga erisha olmaydi, ya’ni malumotlarni taxlil qilish bashoratli axborotlarni tayyorlashning iloji bo‘lmaydi. SHuningdek, GEMsiz monitoringning uchinchi bosqichi - Biosferali monitoringni boshlab bo‘lmaydi.
GEM, albatta, yo‘q narsadan yoki noldan boshlanmaydi. Har holda shu tadqiqotga oid talay ishlar amalga oshirilgan, endilikda gap ulardan to‘g‘ri foydalanishda. Masalan, tabiiy qo‘riqxonalar, qishloq xo‘jalik tajriba shoxobchalari, o‘rmon-tajriba, ilmiy-tadqiqot maskanlari va boshqalarning tayyor axborotlaridan ishni boshlash maqsadga muvofiq. Biroq, bu tadqiqotlar turli maqsadlarda amalga oshirilgan, ular maxsus GEM yo‘nalishiga batafsil to‘g‘ri kelmasligi aniq. Ular orasida o‘zaro muvofiqlik va kelishuvchilik bo‘lmagan. SHularni e’tiborga olib, GEM ni amalga oshirish uchun katta miqyosda ilmiy-tashkiliy va ilmiy-uslubiy ishlar qilinishi zarur. Bu ishlarni I.P. Gerasimov fikricha, hozirdanoq boshlash lozim.
Biosferali monitoring
Biosferali monitoring (BSM) I.P.Gerasimov bo‘yicha atrof-muhit monitoringining uchinchi bosqichi hisoblanadi. Bu bosqichda biosfera bir butun holda uning inson ta’sirida ayrim ekologik hudud bo‘yicha emas, balki kuzatish, nazorat qilish va bashoratlash ishlari global xolda amalga oshiriladi(7-jadval).
7-jadval
Biosferali monitoringi
Biosfera va uning komponentlari
|
Ekologik tizimlar monitoringi
|
Tirik moddalar (biotalar)
monitoringi
|
Inson monitoringi
|
Biotsenozlar monitoringi
|
Zootsenoz
|
Fitotsenoz
|
Landshaft monitoringi
|
Tuproq
|
Abiotik
tizimlar
monitoringi
|
Litosfera
monitoringi
|
Relef monitoringi
|
Quruqlikdagi tog‘ jinslar monitoringi
|
SHelfdagi tog‘ jinslir monitoringi
|
Er osti suvlari monitoringi
|
Qazilma boyliklar monitoriign (foydali qazilmalar va muhit)
|
Gidrosfera monitoringi
|
Muzliklar va qor moiitoringi
|
Kuruklikdagi suvlar monitoringi
|
Okean monitoringi
|
Atmosfera monitoringi
|
Troposfera monitoringi
|
Stratosfera monitoringi
|
Binobarin, BSM bio- va geoekologik monitoringni to‘ldirgan holda ularning tadqiqotlari natijalariga tayanib, bugun kuzatish tizimini biosfera bo‘yicha amalga oshirilishi ko‘zda tutadi.
BSM ning acociy vazifasi xozirgi biosferani bosh ko‘rsatkichlari bo‘yicha kuzatish ishlarini olib borishdan iborat. Bundan maqsad ularning davrli yoki yo‘naltirilgan holdagi o‘zgarishlarni aniqlashdir. Bu hol insoning yashashi va hayotiy faoliyati me’yorda bo‘lishligini oldindan kuzatishga imkon beradi. Ehtimol, ushbu ko‘rsatkichlar qatoriga Quyosh radiatsiyasining geofizik tavsifnomalari, ya’ni atmosfera va Er yuzasiga kelgan quyosh nurlarini ozon ekrani, atmosferaning changlarga to‘yinishi, gaz tarkibining o‘zgarishi antropogen genezisga ega bo‘lgan issiqlik manbalari kiritilishi lozim. BSMniig acociy ko‘rsatkichlari tarkibiga, shuningdek, quruqlik va Duiyo okeaning global biologik mahsuldorligi bo‘yicha hisob-kitoblar, biosferadagi fotosintez jarayoni undagi antropogen o‘zgarishlarning barchasi kirishi kerak. SHu maqsadda quruqlikdagi o‘simlik qoplami bilan atmosfera o‘rtasidagi; okeandagi planktonlar bilan atmosfera o‘rtasidagi gaz almashinuvi; quruqlik-atmosfera Dunyo okeani o‘rtasidagi gaz almashinuvlari va boshqa jarayonlar ustidan ham kuzatish olib borilish darkor. BSMda antropogen omilning iqlimga ta’siri borasidagi kuzatishlar amalga oshirilishi lozim. Bular qatoriga yana namlikning global aylanish, Dunyo okeanining ifloslanishi borasidagi kuzatishlarni kiritish ia o‘rganish maqsadga muvofiq. Biosferaning radiaktiv ifloslanishi ham BSM tadqiqotlar dasturidan o‘rin olgan ma’qul. BSM shoxobchalarida (stansiya) muhit ko‘rsatkichlari va o‘rtacha tavsifnomali ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish amalga oshriladi. BSM vazifalari qatoriga atmosfera va quruqlik suvla- rining transkontenental miqiyosda ifloslanishni kuzatish, nazorat qilish va o‘rganishni ham kiritish lozim. CHunki, buni faqat BSM miqyosida kuzatish mumkin, mahalliy va hududiy kuzatishlarning samarasi kamroq.
BSM geoekologik mintaqaviy yoki hududiy mahsus maydoncha (poligon) lardagi tadqiqotlarga tayanish kerak, chunki ko‘plab materiallardan o‘rtacha miqiyosdagi dunyo malumotlari negizida ma’lumotlarni echishda foydalaniladi va BSM materiallari asosida global bashoratlarni ishlab chiqishda ishlatiladn. Biroq BSMni amalga oshirishda boshqa tadqiqot usullari va kuzatish shoxobchalaridan ham foydalanish zarur. So‘zsiz kuzatishlar orasida atmosferaning meteorologik zondlashtirish. Ep cun’iy yo‘ldoshlari orqali turli sur’at va teletasvirlarni olish, telemetrik indikatsiya na Erdagi ob’ektlarning ma’lumotlarini radiolakatsiya yo‘li bilan olish, boshqa balandlik, texnik va erdagi kuzatuv vositalari ishlatiladi.
BSM biologik mintaqaviy maydonchalardan tashqari o‘zining maxsus kuzatish shoxobchalariga ham tayanishi, ular alohida geografik sharoitlarda joylashish lozim. BSM shoxobchalari (biosferali shoxobchalar) soni kun bo‘lishi mumkin emas, lekin ular global iqlimiy va boshqa yo‘nalishdagi kuzatishlarni olib borish uchun etarli bo‘lgani ma’qul. Masalan, atmosfera (iqlim)ga tegishli kuzatishning samaraligini ta’minlash uchun biosfera shoxobchalarini joylashtirishda atmosferaning ta’sir markazlari (Azor, SHarqiy Sibir barik markazlari va b.) hamda atmosfera sirkulyasiyasining acociy qonuniyatlar (havo masalalarining sharqqa yoki g‘apbga ko‘chishi, musson va massat minta- qalar va h.k.) hisobga olinadi. Okean biosferali shoxobchalarini joylashtirishda acociy dengiz oqimlari, suvlarning o‘zaro almashinuvi kabilar e’tiborga olinadi. BSM shoxobchalarini Er shari bo‘yicha joylashtirish ilmiy-tadqiqot institutlarining maxsus vazifasi bo‘lishi kerak.
BSM tadqiqotlarini amalga oshirish uchun katta miqyosda ilmiy va ilmiy-tashkiliy ishlarni bajarish lozim. Bulardan eng acociyci hozirgi mavjud kuzatish xizmatlaridan samarali foydalanishdir. Bularga gidrometeorologik, sanitar-gigienik va epidemiologik, er va o‘rmon tuzish veterinariya va o‘simliklarni himoya qilish xizmati, baliq xo‘jaligi, maxsus geofizik xozmag (seysmik, vulkonlik, atmosfera va boshqalar) ni kiritish tavsiya etiladi. Ushbu xizmat tarmoqlari maxsus maqsadlarga mo‘ljallab tashkil qilingan bo‘lsada, ba’zilari inson ta’irida atrof-muhit ifloslanishni kuzatish ishlarini ham bajaradilar (masalan, ob-havoni bashoratlash xizmati va b.), shubhasiz, ulardan atrof-muhit monitoringining turli bosqichlari maqsadida ham foydalanish mumkin. Bundan tashqari, kuzatish, nazorat va bashoratlarni ishlab chiqish uchun yangi xizmat tashkilotlarni tuzish zarur, uslubiy qo‘llanmalar yaratish o‘ta muhim. Ilmiy-tadqiqot institutlari turli bosqichdagi monitoring kuzatishlari uchun (shoxobcha, biosfera qo‘riq- xonalari va boshqalar) turli tadqiqot va kuzatish usullari, dasturlarni ishlab chiqishlari maqsadga muvofiq.
Biosfera qo‘riqxonalari (BK) — jiddiy sur’atda qo‘riqlanadigan, kattaroq ko‘lamdagi tabiiy joy-hudud. U insonning mahalliy ta’siridan uzoqda joylashgan va atrof-muhitning ifloslanish tasiriga berilmagan, unda faqat tabiiy holdagi asriy o‘zgarishlar yuz beradi. Uning vazifasi o‘sha hududdagi etalonni caqlash va tabiiy muhitning global va mahalliy o‘zgarishlari bilan bog‘liq xolda kuzatishni yo‘lga qo‘yishdan ibo- rat(8-jadval).
8-jadval
Muhit monitoringi maqsadlari uchun biosfera qo‘riqxonalarini tanlash mezonlari
Zarur mezonlar
|
Istalgai mezonlar
|
1. O‘lcham. Qo‘riqxona hududi 2000 ga dan kichik bo‘lmasligi lozim. Bunday o‘lcham maxalliy ta’sirlar minimumi va qo‘riqxona «yadrosi» ni ta’sirlardan asraydi.
|
1.Atrofning o‘zlashtirilmaganligi. Kafolatlangan bufer mintaqa bo‘lishi» lozim. Bu mezon qo‘riqxona o‘lchami biroz murakkablashtiradi, shuning uchun u istalgan mezonga mansub
|
2.Eigillik. Uchastkaga yo‘l qo‘yiladigan darajada kirshi ruxsat berilishi lozim, lekin bunda ma’lum cheklovlar bo‘lishi kerak(masalan, avtomobillar soni)
|
2.O‘tmishdagi buzilishlardan xoli bo‘lish. Ekotizimlarning tabiiy xarakterini ta’minlashi lozim. Amalda buzilishlar minimum xoldagi qo‘riqxonalar kam
|
3.Muxofaza. Qo‘riqxona mutlaq huquqiy muxofazaga olinishi lozim
|
3. Doimiy ish joyi (5 kishidan ortiq). Ish o‘rinlari ortishi bilan qo‘riqxonada monitoring maqsadlari uchun katta miqdordagi ishlarni bajarish imkoniyati ko‘payadi
|
4.SHtat, Ishchi o‘rinlari doimiy bo‘lishi lozim. Bu quyidagi xizmatlarni amalga oshirishga yordam beradi: qo‘riqshlash, ilmiy tadqiqotlar, parvarish qilish. kuzatish jarayonidagn texnik ishlarni bajarish ia h.k.
|
4. Hozirgi ilmiy ishlar. Asosan uch qismdan iborat:
1.1 ifloslovchi moddalar monitoringi;
1.2 puxta okologik tadqiqotlar;
1.3 muhitga ta’sirni o‘rganish
|
5. O‘simliklar. Qo‘riqxonlardagi o‘simliklar turi Er shari asosiy biogeografiik turlariga nisbatan mos bo‘lishi lozim.
|
5. Ma’lumotlar mavjudligi. Qo‘riqxona bo‘yicha zarur ma’lumotlar: meteorologik, gidrologik, geofizik, tuproq, geogidrologik. Biologik.
|
1983 yilda Minsk shahrida Biosfera qo‘riqxonalari bo‘yicha I Halqaro kongress bo‘lib, unda dunyo bo‘yicha 226 ta BQ lari e’tirof etildi. SHulardan 22 tasi MDHda, 1 tasi O‘zbekistondadir. Biosfera qo‘riqxonalari shoxobchalariga (BQSH) monitoring bo‘yicha quyidagi vazifalar yuklatiladi:
- muntazam kuzatishlarni amalga oshirish, biosferaning hozirgi holatini na uning inson ta’sirida o‘zgarishlarini tavsiflovchi yangi ko‘satkichlarni aniqlash;
- turli ekotizimlar ustidan muntazam. davrli va nodavrli, maqsadli tadqiqotlar o‘tkazish, undan maqsad atrof-muhit holatini nazorat qilish uchun ilmiy asoslangan ko‘rsatkichlarni ishlab chiqish;
- tabiiy ekotizimlar, o‘simliklar na hayvonot olamining genafondini saqlash, tabiatni muhofaza kiluvchi tadbirlarning ilmiy asoslarini ishlab chiqish.
BQSHlari bir necha miitaqalardan iborat bo‘ladi: markaziy mintaqa (inson ta’siridan 50-100 km masofada uzoqda bo‘lishi kerak); bufer (o‘tkinchi) va tajribaviy-namoyish mintaqalari. Markaziy mintaqada kuzatish va o‘rganish ob’ektida tabiiy ko‘rsatkichlari bo‘lishi lozim. Buferli mintaqada tabiiy-texnik ekotizimlarda tabiiy resurslardan foydalanish darajasining tavsifnomasi, kuzatuv va nazorat ob’ekti bo‘ladi.
BQSHning global fondli kuzatuvida ishtirok etishi ikki mezonli belgi bilan bog‘liq: geografik joylashuvining ma’lum mintaqa uchun reprezentativligi; unda kuchli markaziy va mahalliy ekologik ilmiy tashkilotlarning mavjudligi.
BQSHda ilmiy ishlarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalar xal qilinishi kerak: BSM va GEMni o‘tkazish; BEM maqsadlarida tajribaviy tadqiqotlar o‘tkazish (biota va ekotizimlar uchun turli toksik moddalarning REM ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish, ekotizimlarning o‘z-o‘zini tozalash qobiliyatlarini aniqlash): tabiiy ekotizimlar va ularning genofondini muhofaza qilishning ilmiy asoslarish ishlab chi- qish. Ushbu vazifalar muntazam ko‘rsatkich va tajribaviy tadqiqotlar asosida ishlab chiqilishi darkor, ular alohida, lekin o‘zaro bog‘liq beshta qismlarning bog‘liqligidan iborat: atmosfera va gidrosfera holatining tafsilotlari; etalonli tabiiy ekotizimlarning vazifaviy tavsiflari va ularning antropogei ta’sirga uchragan turli xarakterdagi geotizimlari; biologik turlar miqyosida biota holatni nazorat qilish, o‘simlik va hayvonot populyasiyalarini guruhlashtirish; tabiiy ekotizimlarga ifloslanishning ta’sirini baholash, bunda bioindikatorlardan foydalaniladi; tabiatni muhofaza qiluvchi tadqiqotlar va tadbirlar.
Tabiiy muhitni muhofaza qilish tadqiqot va tadbirlarning asosiy vazifalari quyidagilar: BKSHlarda tabiiy ekotizimlarning umumiy holatini muntazam kuzatish va fiksatsiya qilish : BKSHda tabiiy ekotizimlarni va ularning genofondlarining barqapop holatda bo‘lishi va saqlanishini ta’minlash (tabiiy muhitni muhofaza qilish) tadbirlarini ishlab chiqish va aprobatsiya qilish .
Birinchi vazifa shoxobchalarda «tabiat yilnomasi»ni muntazam to‘ldirib borish bilan amalga oshiriladi, unda tabiiy omillar (xususan. iqlimiy) ta’siridagi o‘zgarishlar o‘z aksini topadi.
Ikkinchi bosqich murakkabroq. U BQSH hududida tabiiy ekotizim va ularning biotalari rivojlanishi, mavjud bo‘lishi va tabiiy qayta tiklanib turishi uchun qulay sharoitlarni aniqlash va saqlashdan iborat. Bunday sharoitlarda muhitning ayni shu ekotizimlar uchun xos bo‘lgan xususiyatlari (mikroiqlim, tuproqning issiqlik va suv rejimlari va boshqalar) hamda biota va tuproqning asosiy komponentlari e’tiborga olinadi. Bunday munosabatlarni ta’minlash uchun yirtqichlar soni bilan ularning qurbonlari o‘rtasida. o‘simlikxo‘r hayvonlar bilan ularning em-xashak zaxirasi o‘rtasidagi balans caqlanishiga erishish lozim.
BQSHlarning tabiatni antropogen ta’sirdan saqlash uchun muhofaza qiluvchi tadbirlar tizimini ishlab chiqish va tatbiq qilish alohida o‘rin tutadi. Qo‘riqxona atrof (bufer mintaqadan tashqarida), shuningdek, qo‘riqxona ichida (rekreatsiya, maishiy omillar ta’sirida ifloslanish, o‘simlik va faunaga zarar keltirish, yong‘indan saqlash, kasalliklar ta’siri va boshqalar) bo‘ladigan ta’sirlaidan saqlash zarur.
BQSH da yuqoridagi tadbirlarni ishlab chiqish va qo‘llash ilmiy va amaliy ishlarning muhim qismini tashkil qilishi lozim, bu ishlar boshqa zaruriy ishlarni bajarish uchun asos bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |