O‘zbekiston


-chizma. Tabiiy ekotizimlarda modda (tutash chiziq) va energiya (shtrix chiziq)ning ko‘chib yurishi



Yüklə 0,69 Mb.
səhifə4/18
tarix21.05.2022
ölçüsü0,69 Mb.
#58920
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Ekologik monitoring majmua

1-chizma. Tabiiy ekotizimlarda modda (tutash chiziq) va energiya (shtrix chiziq)ning ko‘chib yurishi
Ekotizim biror kattalikdagi yoki o‘lchamdagi hudud bilan chegaralanmaydi. SHuning uchun uni organizmlarning hohlagan va murakkab yashash muhitiga nisbatan qo‘llash mumkin.
Ekotizimda tirik organizmlar o‘rtasida o‘zaro ta’sir mavjud. Kuchli hayvon turi o‘zidan kuchsiz hayvon turi bilan oziqlanadi. Xullas, shu tariqa oziq-ovqat zanjiri vujudga keladi. Bu hodisa ekotizimning o‘z vaqtida o‘zidan-o‘zi — tabiiy yo‘l bilan tozalanib turishiga olib keladi. SHuningdek, ekotizimda o‘simliklar va hayvonot turlarining bir sharoit- da miqdoriy jihatdan teng bo‘lishi ekologik muvozanatning barqarorligini ta’minlaydi.
Ekotizimda atmosfera havosi, suv, tuproq, o‘simliklar, hayvonot olami, ishlab chiqarish va boshqa antropogen omillar hamda hodisalar ishtirokida murakkab biokimyoviy aylanma harakat mavjud. Bu bilan havoning tozaligi, tuproq hosildorligi, o‘simliklar mahsuldorligi va boshqa hodisalarnpng barqaror me’yordagi faoliyati ta’minlanadi.
Tabiiy va sun’iy (antropogen) ekotizimlar mavjud bo‘lib, ular bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi (1 -jadval).
1-jadval

Tabiiy va sodda antropogen ekotizimlarni qiyoslash (Miller, 1993 y.)





Tabiiy ekotizim (botqoq,o‘tloq, o‘rmon)

Antropogen ekotizim (dala, zavod. uy)

Quyosh energiyasini oladi, qayta o‘zlashtiradi, yig‘adi

Kazilma va yadro energiyasini iste’mol qiladi

Uglerod (II) oksidini iste’mol qiladi va kislorod ishlab chiqaradi

YOqilg‘i yoqish evaziga kislorod iste’mol qiladp va uglerod (II) oksidini ishlab chiqarali

Maxsuldor tuproq hosil qiladi

Maxsuldor tuproqlar uchun xatarli va ularni oziqlantiradi

Suvni yig‘adi, tozalaydi va asta sekin sarflaydi

Ko‘p suv sarflaydi va ifloslaydi

YOvvoyi tabiatning turli turlari uchun yashash joyi

YOvvoyi tabiatning ko‘plab turlari yashash joylarini buzadi

Ifloslovchi moddalar va chiqindilarni zararsizlantiradi va shimadi

Aholi zarasizlantirilishi lozim bo‘lgan ifloslovchi modda va chiqindilarni ishlab chiqaradi

O‘z o‘zini saqlash va tiklash xususiyatiga ega

Doimiy tarzda holatini saqlash va tiklash uchun katta xarajatlar talab etadi

Ekotizimlarni va butun biosferani muhofaza qilishda mavjud tamoyillarga tayanish muhimdir. Ular quyidagilar:


- gomeostaz;
- himoyalanishning o‘z vaqtidaligi;
- himoyalanishning mahsusligi;
- himoyalashishing majmualigi va muvofiqligi (qulayligi);
- himoyalanishnpng bosqichligi;
- himoyalanishning samaradorligi;
- monitoring;
- qo‘riqhona (milliy tabiat bog‘lari, tabiat buyurtmalari va boshqa).
Ushbu tamoyillar ekotizimlarni boshqarishning amaliy strategiyalarini ishlab chiqish va monitoring uchun biroz umumiylik kasb etadi. Biosferani muhofaza qilish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va amaliyotdagi barcha chalkashliklar xozircha bizni monitoringdan qutilishga da’vat etolmaydp.



Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin