O'zbekistonda demokratik jamiyatni shakillantirish asoslari Reja


O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining muhim shartlari



Yüklə 31,93 Kb.
səhifə2/3
tarix09.03.2022
ölçüsü31,93 Kb.
#53520
1   2   3
mish2

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishining muhim shartlari.

Demak, jamiyatimizda ro’y berayotgan ijobiy o’zgarishlarni ilmiy tafakkur orqali tahlil etish, ularni mantiqiy asoslash, mazkur fanni yoshlar ongiga dunyoviy davlat tamoyillarini singdirish kabi jarayonlar etarli darajadagi malakali mutaxassislar tomonidan o’qitilishini taqozo etmoqda. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining predmeti mamlakatda demokratik jamiyatning shakllanishi, fuqarolik jamiyati qurilishi, qaror topishi va amal qilishining dunyoda e'tirof etilgan umumbashariy printsiplari va milliy tamoyillariga asoslanadi. Ayni paytda uning o’ziga xos va mos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda erkin, demokratik, adolatli fuqarolik jamiyatini qurish yo’llari va qonuniyatlarini o’rganish, bu fanning predmeti va ob'ektini tashkil etadi. Shuningdek, O’zbekiston ijtimoiy hayotining barcha sohalari fanning ob'ektidir. O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti bir tomondan, demokratik jamiyat to’g’risidagi mavjud qarashlarga, nazariyalarga hamda mamlakatimizning davlatchiligi tarixiy merosi bilan bog’liq mutafakkirlarning g’oyalarini hisobga olsa, ikkinchidan, mustaqillik yillarida demokratik jamiyat qurilishi to’g’risidagi muhim kontseptual g’oyalar va qarashlarning ishlab chiqilishi, unda O’zbekistonning o’ziga xos rivojlanish yo’li xususiyatlariga tayanadi. Uchinchidan, bu sohada mustaqillik yillarida erishilayotgan yutuqlarni, demokratik jamiyat qurish tajribasi yutuqlariga tayanib, uni o’rganadi. O’zbekistonning dunyo hamjamiyatida tutgan o’rni, o’zaro manfaatli hamkorlik asoslarini ishlab chiqish va rivojlantirish qonuniyatlarini bilish ham muhim o’rin tutadi. Mamlakatimizda demokratik jamiyat qurilishi ijtimoiy hayotimizning biron-bir sohasi bilan chegaralanib qolmaydi, balki uning barcha jabhalaridagi o’zgarishlarning negizlarini o’z ichiga oladi va o’rganadi. Bunda mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayoti demokratiyalashuvining va siyosiy hayotining erkinlashtirilishi, davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, uning manbai, fuqaro-jamiyat va davlat munosabatlari asosiy negiz hisoblanadi. Mamlakatda Konstitutsiya va qonunning ustunligi, inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari bilan bog’liq umumiy qoidalar va demokratik tamoyillar, jamiyat va shaxs munosabatlari, jamoat birlashmalari, oila, davlat hokimiyatining tashkil etilishi bilan bog’liq sohalar demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti fanining o’rganadigan sohalari hisoblanadi. Bu tushunchalarning ayrim jihatlarini boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlar ham o’rganadi. Lekin ijtimoiy-siyosiy fanlarning har biri jamiyatda sodir bo’layotgan hodisa va voqealar jarayonini o’z predmeti, ob'ekti, maqsadi va qonuniyatidan kelib chiqqan holda o’rganadi. Masalan, ong muammosini barcha ijtimoiy fanlar o’rganishi ma'lum. Lekin falsafa ongni insonga xos xususiyat sifatida, uning jamiyat rivojida muhim omil sifatida o’rgansa, sotsiologiya jamiyatdagi muayyan guruh yoki ijtimoiy qatlamning ongi, uning o’ziga xos xususiyatlarining namoyon bo’lishini o’rganadi. Siyosatshunoslik esa, uning siyosiy ko’rinishini, ya'ni siyosiy ong shaklini, uning namoyon bo’lishini o’rganadi. huquqshunoslik huquqiy ongni o’rgansa, «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani esa ongning demokratik shaklini, ya'ni demokratik ongning o’ziga xos jihatlarini, uning qadriyatlarini, shakllanish asoslari hamda jarayonini umuminsoniy demokratik qonuniyatlarining muhim omili sifatida o’rganadi. «Demokratiya» yunoncha so’z bo’lib, tarjimada xalq hokimiyati – (demos-xalq, krotos-hokimiyat) ma'nosini bildiradi. Demokratik deb oliy hokimiyat bevosita xalqqa tegishli bo’lgan va xalqning xohish-irodasi bilan amalga oshadigan davlat va jamiyatga aytiladi. Albatta Demokratiya atamasining qanday sharhlanishi emas, balki uning qanchalik realligi, haqiqiyligi, yashashga qobilligi muhimdir. «Binobarin, - deb ta'kidlaydi I.A.Karimov - biz o’z istagimizdagi demokratiyaga qanday mazmun baxsh etmaylik, agar u hayotimizning har bir soniyasiga singib ketmasa, turmushimizning ajralmas qismiga aylanmasa, hamma shiorlar va ta'riflar yo mazmunsiz baqir-chaqir yoki hech narsani anglatmaydigan so’z o’yini bo’lib qolaveradi»( Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. –T.: «O’zbekiston», 1998, 180-bet.). Demokratiyaning vazifasi - fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan, ularning burchlariga rioya etiladigan va bajariladigan jamiyatni qurishdan iborat. Lekin hozirgacha hech qaysi davlat bunga mukammal erishmagan, faqat unga harakat qilib kelmoqda. Demokratik boshqaruv jarayonida siyosiy hayotda ishtirok etish nafaqat fuqarolarning muhim siyosiy faollik belgisi bo’libgina qolmasdan, bu ularning huquqlari, balki burchlari ekanligini ham anglash muhim ahamiyat kasb etadi. Shu jihatlarni ham hisobga olish muhimdir. Demak, birinchidan demokratik jamiyat - davlatchilik sohasida har bir mamlakat va xalqning demokratiyada umume'tirof etilgan qadriyatlari va tamoyillari hisobga olinadigan, milliy-madaniy merosi xususiyatlariga tayaniladigan, fuqarolarning huquqlari tan olinadigan va himoya qilinadigan boshqaruvda fuqarolar faol ishtirok etadigan jamiyatdir. Ikkinchidan, umumiy tarzda demokratiya deganda, hammaning manfaatlari yo’lida ko’pchilikning hokimiyati va ozchilikning irodasini hurmat qilish tushuniladi. Uchinchidan, uni batafsil tahlil qilganda esa demokratiya xalqning o’z erkinligi va mustaqilligiga qarashlari ham, har bir shaxsning manfaatlari va huquqlarini o’zboshimchalik bilan cheklashlar va shu yo’sindagi harakatlardan himoya qilish ham, fuqarolarning o’z-o’zini boshqarish shakli ham ekanligi ayon bo’ladi(Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xafsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. –T.: «O’zbekiston», 1998, 180-bet.).

«O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» haqidagi fan bilan bog’liq tushunchalar mavjud. Uning shakllanishi qadimgi dunyoga borib taqaladi. Demokratiya g’oyasi jahonning eng rivojlangan mamlakatlarida asosiy va etakchi tamoyilga aylanguncha ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida murakkab, ziddiyatli, ba'zan esa fojiali o’zgarishlarga uchradi. Bugungi kunda demokratik qadriyatlarning asosiy tushunchalarini to’la-to’kis o’zlashtirib olish jamiyatda islohotlarni chuqurlashtirishning muhim sharti bo’lib qolmoqda. Ularni o’rganishda quyidagi uchta jihatni alohida hisobga olish lozim:

1) Ijtimoiy gumanitar fanlarda ishlatiladigan umumiy tushunchalar. Masalan: jamiyat, tsivilizatsiya, erkinlik, huquq, qonun, madaniyat, taraqqiyot, demokratiya;

2) Ijtimoiy-siyosiy fanlarda ishlatiladigantushunchalar bilan yaqin bo’lib tayanadigan tushunchalar: huquqiy davlat, xususiy mulk, fuqarolik jamiyati, siyosat, siyosiy hokimiyat, siyosiy tashkilotlar, siyosiy tizim, siyosiy rejim, siyosiy plyuralizm, siyosiy ong, siyosiy madaniyat v.b.;

3) Mahalliy shart-sharoitlar bilan bog’liq ya'ni, O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti fani o’rganadigan tayanch tushunchalar: «O’zbekistonning o’ziga xos va mos taraqqiyot yo’li», erkinlik, mustaqillik, demokratiya, qonun ustuvorligi, «demokratik davlatchilik», «demokratik jamiyat», «demokratiya», «demokratik jamiyat to’g’risidagi qarashlar», «demokratik jamiyatning milliy-ma'naviy negizlari», «milliy-ma'naviy qadriyatlar». O’zbekiston iqtisodiy hayotining erkin demokratiyalashuvi, ijtimoiy hayot va demokratiya, siyosiy hayotning demokratik tamoyillari, «demokratik qadriyatlar», «O’zbekistonda fuqarolik jamiyati qurilishi», «Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot», «O’zbekiston va jahon hamjamiyati», «Milliy davlatchilik va demokratiya” va boshqalar.

O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyotini o’rganish jarayonida yana quyidagi tushunchalar: “liberal demokratiya”, “demokratiya va bozor iqtisodiyoti”, “demokratiya sharoitida inson huquqlari va erkinligi”, “demokratiya va millatlararo munosabatlar”, “davlatni demokratik boshqarish”, “demokratiyaning asosiy unsurlari” ko’proq ishlatilishi tabiiy. Bu tushunchalarning har birini o’ziga xos ma'nosi va mazmuni bor. Fanda amal qiladigan qonuniyatlar: «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurilishi nazariyasi va amaliyoti» fanida amal qiladigan qonuniyatlarni bilishda quyidagi jihatlarni alohida hisobga olish kerak. Birinchidan, «O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti» fani dunyoda e'tirof etilgan umumiy qonuniyatlarni hisobga oladi. Ikkinchidan,




Yüklə 31,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin