O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
12-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
19.10.2022
763
TEXNOLOGIYA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN
FOYDALANISH
M.Raxmonqulov
fizika-matematika fanlari nomzodi, katta o’qituvchi,
Djurayeva Farangiz Boxodirjon qizi
Texnologik ta’lim yo‘nalishi 2-kurs magistranti.
Farg‘ona davlat universiteti.
Annotatsiya:
Ushbu ilmiy maqolada “Hayot davomida o‘qish” tamoyili asosida
“mavzuning innovatsion ishlanmasi”ni tayyorlash metodining didaktik o'yinlarni tashkil
etish tamoyillari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
didaktik tamoyillar, onglilik va faollik tamoyili, tafakkur, ilmiylik va
tizimlilik tamoyili, ko‘rsatmalilik, didaktik o‘yinli texnologiyalar.
Innovatsiya - lotincha so‘z bo‘lib, “yangilik kiritaman,
tatbiq etaman,
o‘zgartiraman” degan maʼnolarni bildirib, u quyidagi usullardan iborat:
modellashtirish (trenirovka),
namoyish qilish, lichik guruhlarda bo‘lish, aqliy hujum,
tanqidiy tafakkur, debatlar, nuqtai nazaring bo‘lsin, har kim har kimga o‘rgatadi, rolli
uyinlar, muayyan holatni (vaziyatni) o‘rganish, modifikatsiyalangan maʼro‘za, o‘yinlar,
bingo, axborot texnologiyalari (kompyuter) yordamida.
Texnologiya darslarida anʼanaviy dars o‘tish metodlari quyidagilardan iborat:
1) o‘quv mavzusini og‘zaki
bayon qilish;
2) suhbat;
3) darslik va kitob bilan mustaqil ishlash;
4) demonstratsiya, illyustratsiya (tasvirlash, rasmlar bilan kursatish) va
ekskursiya;
5) og‘zaki, yozma mashq
hamda grafik ishlar, maktab maʼro‘zasi;
6) amaliy mashg‘ulotlar (laboratoriya ishi, masala ishlash).
O‘quv materiallarini og‘zaki bayon qilish metodi bayon qilinayotgan bilimlarni
tug‘ridan-tug‘ri o‘qituvchining jonli nutqi orqali bayon qilinishi bilan tavsiflanadi.
Bu metod: a)
hikoya qilish; b) tushuntirish; v) maktab maʼro‘zasidan
iborat
bo‘lishi mumkin.
Hikoya qilish
- o‘qituvchi tomonidan yangi o‘tilayotgan mavzuga oid faktlar, fizik
hodisa va voqealarning mazmunini ifodalaydigan tushuncha,
qonun va qoidalarning
bayon qilinishidir.
Maʼruza metodi
- kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladi. Odatda maʼro‘zaning
mavzusi mazmuniga ko‘ra, bir - ikki mavzuning asosiy g‘oyaviy yo‘nalishini ifodalovchi,
tugallangan (yaxlit) tushunchalar tavsifidir.