ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 19.10.2022
764
Og‘zaki bayon qilish metodidan samarali foydalanmoq uchun yuqorida ko‘rsatib
o‘tilganlardan tashqari quyidagi bir qancha didaktik qoida va tajribalarga amal
qilinishi lozim:
- bayon qilinayotgan mavzular maktab taʼlimi oldida turgan umumiy talablarni
amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Binobarin, mavzular g‘oyaviy jihatdan
puxta, nazariya bilan amaliyotni bog‘lashni nazarda tutishi kerak;
- mavzuda o‘quvchilarga tarbiyaviy taʼsir ko‘rsatish usullari hisobga olinishi
kerak;
- o‘quvchilarni dars jarayonida mavzuga oid fan yangiliklari, yangi kashfiyotlar
bilan tanishtirish, ular yuzasidan mustaqil ishlashlari uchun vazifalar berib borilishi
lozim.
- og‘zaki bayon qilish metodida o‘qituvchining nutqi birdan-bir bilim manbai
hisoblanadi. U ravon, tushunarli va emotsional (taʼsirchan) bo‘lishi lozim.
- dars davomida ishlatilgan tushuncha va yangi so‘zlarga (terminlarga) izoh
berish, qoida va qonunlar taʼrifini sodda, ixcham va tushunarli qilib aytilishiga erishish
kerak;
- bayon qilish jarayonida ishlatilgan taʼriflar, qoida va qonunlar o‘qituvchi
tomonidan yozdirilishi kerak.
Suhbat metodi tajribada - eng kup qo‘llaniladigan va samarali metodlardan
biridir. Bu kupincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki mazkur metod dars
jarayonida savol-javob vositasida olib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savol berib
yoki ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini eslariga tushirish, yoxud mavjud bilimlar asosida
yangi mavzulardan tegishli xulosa va natijalar chiqarish, umumlashtirish, shuningdek,
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib, yangi xulosalar chiqarishni taklif
etish yuli bilan bilim, ko‘nikma va malakalar berishi nazarda tutiladi.
Suhbat quyidagi maqsadlarda olib borilishi mumkin:
o‘tilgan mavzuning mazmuniga bog‘liq holda o‘quvchilarning hayotda
ko‘zatgan va tajribada ishlatgan fakt (dalil), narsa va hodisalardan nimalarni
bilganliklarini aniqlash;
o‘tilgan mavzu va, hatto ilgari o‘tilgan materiallarni (maʼlumotlarni) qayta
esga tushirish;
o‘quvchilarning bayon qilinayotgan maʼlumotni qanchalik idrok
qilayotganliklarini aniqlash;
o‘tilayotgan mavzuga oid maʼlumotlar haqida suhbat olib borish;
bayon qilinayotgan maʼlumotni takrorlash va mustahkamlash;
o‘tilayotgan mavzu yuzasidan xulosa chiqarish, umumlashtirish, qoida va
taʼriflar ustida ishlash;
o‘zlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni hisobga olish;
uyga berilgan topshiriq va mustaqil o‘rganilgan maʼlumotlar haqida
suhbat utkazish.