O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 12- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/7
tarix30.09.2023
ölçüsü0,98 Mb.
#150497
1   2   3   4   5   6   7
Djurayeva Farangiz Boxodirjon qizi

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
12-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
19.10.2022
764 
Og‘zaki bayon qilish metodidan samarali foydalanmoq uchun yuqorida ko‘rsatib 
o‘tilganlardan tashqari quyidagi bir qancha didaktik qoida va tajribalarga amal 
qilinishi lozim: 
- bayon qilinayotgan mavzular maktab taʼlimi oldida turgan umumiy talablarni 
amalga oshirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. Binobarin, mavzular g‘oyaviy jihatdan 
puxta, nazariya bilan amaliyotni bog‘lashni nazarda tutishi kerak; 
- mavzuda o‘quvchilarga tarbiyaviy taʼsir ko‘rsatish usullari hisobga olinishi 
kerak; 
- o‘quvchilarni dars jarayonida mavzuga oid fan yangiliklari, yangi kashfiyotlar 
bilan tanishtirish, ular yuzasidan mustaqil ishlashlari uchun vazifalar berib borilishi 
lozim. 
- og‘zaki bayon qilish metodida o‘qituvchining nutqi birdan-bir bilim manbai 
hisoblanadi. U ravon, tushunarli va emotsional (taʼsirchan) bo‘lishi lozim. 
- dars davomida ishlatilgan tushuncha va yangi so‘zlarga (terminlarga) izoh 
berish, qoida va qonunlar taʼrifini sodda, ixcham va tushunarli qilib aytilishiga erishish 
kerak; 
- bayon qilish jarayonida ishlatilgan taʼriflar, qoida va qonunlar o‘qituvchi 
tomonidan yozdirilishi kerak. 
Suhbat metodi tajribada - 
eng kup qo‘llaniladigan va samarali metodlardan 
biridir. Bu kupincha savol-javob metodi deb ham yuritiladi. Chunki mazkur metod dars 
jarayonida savol-javob vositasida olib boriladi. O‘qituvchi o‘quvchilarga savol berib 
yoki ilgari o‘zlashtirgan bilimlarini eslariga tushirish, yoxud mavjud bilimlar asosida 
yangi mavzulardan tegishli xulosa va natijalar chiqarish, umumlashtirish, shuningdek, 
o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlariga tayanib, yangi xulosalar chiqarishni taklif 
etish yuli bilan bilim, ko‘nikma va malakalar berishi nazarda tutiladi. 
Suhbat quyidagi maqsadlarda olib borilishi mumkin: 
o‘tilgan mavzuning mazmuniga bog‘liq holda o‘quvchilarning hayotda 
ko‘zatgan va tajribada ishlatgan fakt (dalil), narsa va hodisalardan nimalarni 
bilganliklarini aniqlash; 
o‘tilgan mavzu va, hatto ilgari o‘tilgan materiallarni (maʼlumotlarni) qayta 
esga tushirish; 
o‘quvchilarning bayon qilinayotgan maʼlumotni qanchalik idrok 
qilayotganliklarini aniqlash; 
o‘tilayotgan mavzuga oid maʼlumotlar haqida suhbat olib borish; 
bayon qilinayotgan maʼlumotni takrorlash va mustahkamlash; 
o‘tilayotgan mavzu yuzasidan xulosa chiqarish, umumlashtirish, qoida va 
taʼriflar ustida ishlash; 
o‘zlashtirilgan bilim, hosil qilingan ko‘nikma va malakalarni hisobga olish; 
uyga berilgan topshiriq va mustaqil o‘rganilgan maʼlumotlar haqida 
suhbat utkazish. 



Yüklə 0,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin