ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.11.2022
253
ortishi hisobiga iqtisodiy faollikning sezilarli tiklanishi kuzatilib, yalpi talab hajmining
pandemiyagacha bo‘lgan darajasiga yetishiga xizmat qilmoqda. Shuningdek, bu yilgi
hisob-kitoblarda iqlim o‘zgarishlari va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari taklifi, moliyaviy
barqarorlik ko‘rsatkichlari, amalga oshirilishi ko‘zda tutilayotgan islohotlar va
ularning kutilayotgan natijalari shartli omillar sifatida inobatga olindi.Iqtisodiy faollik
yuqori sur’atlarda jadallashib borib, investitsion va iste’mol talabi pandemiyagacha
bo‘lgan darajaga to‘liq tiklanadi. 2022 yilda yalpi ichki mahsulot hajmi o‘zining
potensial darajasiga ko‘tarilib, real iqtisodiy o‘sish sur’atlari 5,5-6,5 foizni tashkil etadi
va 2023-2024 yillarda 6 foiz atrofida bo‘lishi prognoz qilinmoqda. [4] Mamlakatda
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash vazifasi 2022 yildan bosqichma-bosqich fiskal
konsolidatsiya boshlanishini taqozo qiladi va fiskal taqchillikning YaIMga nisbati 2023-
2024 yillarda 2,0-3,0 foiz atrofida shakllanishi prognoz qilinmoqda.Kelgusi yillarda
operatsion mexanizmni yanada takomillashtirish va pul bozorini rivojlantirish bilan
birgalikda, ichki valyuta bozorida islohotlarning navbatdagi bosqichini amalga
oshirish, tahliliy-prognozlash salohiyatini rivojlantirish va pul-kredit siyosati
transmisson mexanizmi samaradorligini oshirish borasida amalga oshiriladigan chora-
tadbirlar Markaziy bankning diqqat markazida bo‘ladi.Pul kredit siyosatini amalga
oshirishning pirovard maqsadlari iktisodiy o`sish, to`liq bandlikni, baxolarning hamda
to`lov balansining barqarorligini ta`minlashdan iborat Markaziy bank umumiy pul-
kredit siyosatini amalga oshirsa, uning buyurtmasi davlatda faoliyat yuritadigan
barcha kredit va moliya muassasalariga murojaat qiladi. Pul siyosatining maqsadlari va
usullari iqtisodiyotda asosiy tarmoqlarni rivojlantirishni rag‘batlantirish, davlatning
bank infratuzilmasini modernizatsiya qilish zarurligiga bog‘liq.O‘zbekiston
Respublikasi bank tizimi - O‘zbekiston Respublikasi moliya va pul-kredit tizimining
uzviy qismi hisoblanadi. Respublikamizda bank tizimi ikki pog‘onali bank tizimidan
iborat bo‘lib, o‘z ichiga Markaziy bank va tijorat banklarini oladi. Markaziy bankning
tijorat banklari bilan hamda tijorat banklarining o‘z mijozlari bilan bo‘ladigan o‘zaro
munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining Qonun hujjatlari, jumladan «O‘zbekiston
Respublikasining Markaziy banki to‘g‘risida»gi hamda «Banklar va bank faoliyati
to‘g‘risida»gi Qonunlarida belgilangan. «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi
Qonunining 20-moddasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida banklar bank
operatsiyalarini
amalga
oshirishga
doir
qarorlar
qabul
qilishda
mustaqildirlar.Shuningdek, bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan
islohotlar doirasida Markaziy bank faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib,
bank xizmatlari iste’molchilari huquqi va qonuniy manfaatlari himoyasini ta’minlash,
aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy ochiqlikni va ularning savodxonlik
darajasini oshirish belgilangan.Markaziy bank o‘z oldiga qo‘yilgan vazifaga erishish
uchun banklar, mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va kredit byurolari faoliyatini
tartibga soladi hamda nazorat qiladi, banklar uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy
normativlarni belgilaydi. Mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan milliy hamda chet
el valyutasida turli muddat va shartlar asosida keng ko‘lamda omonat (depozit) turlari