O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 14- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 53,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/6
tarix21.12.2023
ölçüsü53,07 Kb.
#188004
1   2   3   4   5   6
Ismatova Raʼno Аxadovna

Aktiv transport.
Bu jaryonda oddiy va yengillashgan diffuziyadan farq qilib 
moddalar kontsentratsiya gradienti qarshisiga qarab olib o'tiladi. Ko'pgina mineral 
ionlarning hujayralar orasidagi suyuqlikdan hujayraga yoki teskari tomonga o'tishi, 
glyukozaning birlamchi siydikdan buyrak kanalchalari orqali qonga o'tishi shu yo'l 
bilan yuzaga chiqadi. Moddalarning kontsentratsiya gradienti qarshisiga tomon o'tib 
borishi o'z-o'zidan ro'y beradigan jarayon emas: bu energiya sarfi bilan bog’liqdir. 
Energiya manbai yo ATF gidrolizi birlamchi aktiv transport yoki o'z kontsentratsiyasi 
gradienti tomonga qarab harakatlanib borayotgan boshqa moddani bir yo'la olib 
o'tishdan iborat bo'lishi mumkin (ikkilamchi aktiv transport). Ba`zi mineral 
moddalarning aktiv transporti transport ATF-azalar yoki ion nasoslari ishtirokida ATF 
energiyasi hisobiga yuzaga chiqadi. Ion nasoslari olib o'tilayotgan ionni tanlab turib 
biriktirib olish va ATFni gidrolizlashga qodir bo'lgan oqsilli tuzilmalardir; ayni vaqtda 
ATF gidrolizi energiyasi membrananing ikkala tomonidagi ionlar kontsentratsiyasi 
farqining energiyasiga aylanadi[5]. 
Na, K- ATFaza ta`sirining mexanizmi ATF-azaga uchta Na
+
ionlari birikishi (1 va 2 
bosqichlar) fermentini aktivlashtiradi va u ATFning parchalanishini katalizlaydi, shu 
bilan birga fosfat qoldig'i ATFazaga birikadi. Natijada ferment konformatsiyasi 
o'zgaradi: ion kanali membrananing ichki tomonidan yopilib, tashqi tomonidan 
ochiladi (3 bosqich): shu bilan birga biriktirish markazlarining Na+ ioniga yaqinligi 
kamayadi (taxminan 10 baravar)[7]. Na
+
ionlari fermentni tashlab chiqadi, fermentga 
esa (maxsus biriktirish markazlariga) K
+
ionlari birikadi (4 bosqich). K+ ionlari 
fermentini shu tariqa o'zgartiradiki, fosfat qoldig'i gidrolitik yo'l bilan fermentlardan 
ajralib ketadi. Natijada ferment konformatsiyasi yana o'zgarib qoladi: ion kanali tashqi 
tomonidan yopilib, ichki tomonidan ochiladi, K
+
ionlariga yaqinlik kamayib ular 
sitozolga ajralib chiqadi (5 bosqich). ATF gidrolizining energiyasi aynan 
membrananing ikkala tomonida ionlarga yaqinlikni o'zgartirish uchun kerak bo'ladi. 

Yüklə 53,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin