O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 15- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 0,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/5
tarix07.07.2023
ölçüsü0,78 Mb.
#136111
1   2   3   4   5
Isroilov Abdurahim Ismoilovich

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
15-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.01.2023
uchta san‘atni birlashtiruvchi badiiy obraz yotadi. Masalan, «Qish zavqi»,«Kuz keldi», 
«Bahor». 
Musiqa mashg‘ulotlari – har bir bolaning musiqiy qobiliyatini maqsadga muvofiq 
va har tomonlama ta‘lim – tarbiya beruvchi mashg‘ulotlardir. Ularda har xil faoliyat 
turlari: kuylash, ritmik harakatlar bajarish, musiqa tinglash, musiqa savodi bilan 
tanishtirish kabi faoliyatlarni uzviy bog‘lab olib boradilar. Musiqa faoliyatini bajarish 
bolalarni faolroq bo‘lishlariga asos bo‘ladi. Tashkil etiladigan bayramlar ham qiziq va 
muvaffaqiyatliroq o‘tadi. 
Musiqa mashg‘ulotlari butun guruh bilan bir vaqtda o‘tkaziladi. Uning mazmuni 
va tuzilishi bolalar yoshi va beriladigan vazifalarga bog‘liq. 
Kichik guruhida 15 – 20 daqiqa olib boriladi.
O‘rta guruhida 20 – 25 daqiqa olib boriladi.
Katta guruhda 25 – 30 daqiqa olib boriladi.
Tayyorlov guruhida 30 – 35 daqiqa olib boriladi.
Musiqa mashg‘ulotlar haftasiga ikki marta o‘tkaziladi. Unda guruhning barcha 
bolalari ishtirok etadi. Musiqa mashg‘ulotlari – musiqa tinglash, qo‘shiq o‘rgatish, 
musiqiy – ritmik harakatlar bajarish, raqsga tushish, musiqiy – didaktik o‘yinlar, 
bolalar cholg‘u asboblarida chalishga o‘rgatish va musiqaga oid ma‘lumotlarni qamrab 
oladi. Har bir mashg‘ulotdan mashg‘ulotga sayin bolalarga musiqaviy ta‘lim-tarbiya 
berishning qaysidir vazifasi hal etib boriladi. Musiqa rahbari ushbu ishda rahbarlik 
qiladi, to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatib, maslahat va tavsiyalarini berib boradi. 
Bolalarni bilim va malakalariga qo‘yiladigan talablar har bir guruh uchun faoliyat 
turiga qarab tuziladi. Bunday mashg‘ulotlarning qiyinligi shundaki, bolalarning 
diqqatini bir faoliyatdan ikkinchi faoliyatga ko‘chirish kerak bo‘ladi. Shu ketma – 
ketlikni reja asosida amalga oshirish murakkabdir. Chunki bolalarning psixologik 
xususiyatlarini hisobga olsak, ular bugun o‘rgangan asarlarini keyingi safar unutishlari 
mumkin. Zamonaviy pedagogika ta‘lim tizimining maqsadi, yangi toifaga mansub 
bo‘lgan musiqa rahbarining umumiy va kasb kamolotiga erishishdan iborat. 

Yüklə 0,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin