ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.02.2023
buyrug`i bilan ulkan qoyatoshga o`yib yozilgan hozirgi Eronning Kirmonshox shahrida
joylashgan Behistun qoyatosh yozuvlari ahamiyati yuksakdir. To`g`ri ushbu qoyatosh
tasvirlarida O`rta Osiyo hududida aynan ilk davlat birlashmasi asos solinishi haqida
yakdil fikrlarga keladigan xulosa qilinmasada, ammo Vohamizning xususan Qadimgi
Xorazm, Qadimgi Baqtriya va Qadimgi Sog`d davlatlari haqida qimmatli manbalari va
bu vohalardan keltirilgan qimmatbaho toshlar, ahamoniylar davlatiga tobe sifatida
Baqtriya tuyakashlarining ulug` shoxanshoxga o`lpon olib kelayotgan tasvirlari qayd
etilgan.[Struve, 1968] Qadimgi Baqtriya hududida ilk davlarchilikning paydo bo`lishi
va qaror topishi qadimgi yunon-rim muarrixlari tomonidan ham e`tirof etiladi.
Xususan, bular jumlasiga Geradot [Stronovskovo,1972], Diodor, [Tolstov, 1938]
Pompey Trog, [Pompey Trog I.] Arrian,[Arrian VI, 24] Ksenofondlar [ Ksenofond
I]o`zlarining o`sha davrlarida yozib qoldirgan asarlarida Qadimgi Baqtriya haqida
ma`lumotlarni uchratishimiz mumkin. Shuni ta`kidlash lozimki, yuqoridagi sanab
o`tilgan muarrixlar Qadimgi Baqtriyaning tabiati, iqlimi, serunum voha va vodiylari va
geografik joylashuv o`rni va hattoki aholisi xususida ham so`z boradi.
XIX asrning so`ngi yillarida hamda XX asr boshlarida sovetlar tomonidan ham
Markaziy Osiyo tarixini o`rganish va arxeologik ekspeditsiyalar tashkil etish etish
borasida bir necha qadamlar tashlanishi kuzatiladi. Xususan, Rtveladze, I. M.
Dyankonov, [Dyankonov 1954] V.V. Bartold, [Bartold, 1915] S. P. Tolstov,
[Tolstov,1948] E.E. Kuzmina, [Kuzmina,1978] I. V. Sarianidi, [Sarianidi,1972] hamda
sovetlar davrida arxeologik qazishmalar olib brogan tadqiqotchilar A. A. Asqarov, T.
Sh. Shirinov, A. A. Abdullayevlar tomonidan O`zbekiston mintaqasining janubiy
mintaqalarida aynan Surxondaryo viloyatida bir necha arxeologik ekspeditsiyalar olib
borilib Sopolli madaniyatining bir necha majmualalrini ochishga muvaffaq
bo`lishdi.[Asqarov,1977] A. S. Sagdullayev [Sagdullayev,1987] o`zining 1987-yildagi
Qadimgi Baqtriyaning tarixi va aholisining ijtimoiy-madaniy tarixiga bag`ishlangan
risolasida eng dolzarb masala sifatida Qadimgi Baqtriya davlati misolida Markaziy
Osiyo hududida tashkil etilgan ilk davlat birlashmalari va ularning siyosiy tuzumi aosiy
o`rin olgan. Shimoliy Baqtriya hududida qaror topgan Sopolli madaniyati
tarixshunosligiga nazar tashlar ekanmiz, o`tgan asrning 60-yillaridan toki 1991-
yillargacha, shuningdek 1991-yilllardan hozirgi kungacha bir necha o`nlab va hattoki
yuzlab ilmiy nashrlar, maqolalar, kitoblar bosmadan chiqqanini kuzatishimiz mumkin.
Markaziy Osiyoda davlatchilik tarixi va davlat tuzilishi xususidagi ilmiy nashrlar
orasida Sh. B. Shaydullayev tomonidan 2007-yilda Samarqandda akademik darajasini
olish uchun yozilgan doktorlik dissertatsiyasida birinchi prezidentimiz tomonidan
tarixchilar e`tiboriga havola etilgan yagona savol: O`zbek davlatchiligi tarixi qachondan
boshlanadi? Qabilidagi umumiy savollariga zabardast arxeolog tomonidan aniq va
yakdillik bilan javob qaytarildi. Ustoz o`zining Sopolli madaniyatining majmualariga
uyushtirilgan 25 yillik arxeologik izlanishlari natijasida Sopolli madaniyatining “shox”
yodgorligi deb atalmish Jarqo`ton misolida isbotlab berib, bir necha olimlarning
fikrlarning ilmiy haqqoniyligini yo`qqa chiqardi. Xususan Sopolli madaniyatining