ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.02.2023
bronza davridagi dastlabki o`troq dehqonchilik qishlog`I hisoblanadi. Ammo
keyinchalik o`troq dehqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi
natijasida Sopollitepa o`zining ilgarigi ahamiyatini yuqota boshlaydi v abo`shab qoladi
hamda asosiy markaz vazifais esa, tog` darasidan chiquvchi yo`l ustidagi mustahkam
qal`a sifatida paydo bo`lgan Jarqo`tonga o`tadi.
Yuqoridagilardan xulosa qilib B. Eshov Sopolli madaniyatining majmualariga
shunday tarixiy va ilmiy xulosa beradi: “Bronza davri Janubiy O`zbekiston hududlarida
yashagan o`troq dehqonchilik jamoalari jamiyat taraqqiyotining yuqori pog`onasida
bo`lib, ibtidoiylikning so`ngi bosqichidan sivilizatsiyasiga o`tdilar. Ushbu
sivilizatsiyaning boshlanishi shahrmonand (protogorod) belgilarni o`zida aks ettirgan
Sopollitepa bo`lgan bo`lsa, Jarqo`ton O`zbekiston hududlaridagi ilk shahar misoli edi.”
[Eshov, 2012]
Shuni ta`kidlash lozimki, Sh. B. Shaydullayevning dissertatsiyasiga qadar ham bir
qator arxeologlar tomonidan o`zbek davlatchiligi tarixi va siyosiy birlashmalarning
o`zaglariga oid ilmiy izlanishlar olib borganlar. Xususan bular sirasiga A. A. Asqarov va
T.Sh.
Shirinovlar
Sopolli
madaniyatining
aholisi
tomonidan
yaratilgan
hunarmandchilik buyumlari, ayniqsa shaharning o`ziga xos T shaklidagi qurilishi
hamda aholisining diniy sohadagi erishgan yutuqlari (bu borada mualliflarning
asarlarida Jarqo`ton olov ibodatxonasi xususida keng to`xtalishga ega) inobatga olinib
Jarqo`ton bu O`rta Osiyo hududidagi bronza davridagi ilk shahardir deb e`tirof etiladi.
[Asqarov, Shirinov. 1993]
O`zbekiston Respublikasi Fan va tehnika Davlat Qo`mitasi, O`zbekiston
Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix Instituti va Inson Huquqlari bo`yicha
O`zbekiston Respublikasi Milliy Markazi tomonidan E.V. Rtveladze, A.X. Saidov hamda
E.V. Abdullayevlar tomonidan 2001-yilda “Qadimgi O`zbekiston sivilizatsiyasi:
davlatchilik va huquq tarixidan lavhalar” nomli asarida mualliflar tomonidan Qadimgi
O`zbekistonning davlatchiligi va huquqi tarixiga bag`ishlangan ko`pdan-ko`p qimmatli
ma`lumotlar keltirib o`tilgan. Xususan, O`zbekiston Respublikasining 10 yilligiga
bag`ishlangan ushbu asarda xozirgacha tarix va yuridik fanlarida yetarli darajada
yoritilmagan muhim muammolar birinchi marta qarab chiqiladi, jumladan davlat va
huquq institutlari, pul munosabatlari, soliq xizmati, yozuv, diplomatiya, zardushtiylik
huquqining paydo bo`lishi, qaror topishi va rivojlanish masalalari yoritiladi. Kitobning
ilova qismida esa O`rta Osiyoning muhim huquqiy yodgorligi sifatida “Avesto”ning
“Vandidod” tarjimasi birinchi marta keltirilgan. Shu jumladan ushbu asarda
O`zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar rivojlanishining davrlarga bo`lish
jarayonida Markaziy Osiyoda davlatchilik evolyutsiyasini miloddan avvalgi II
mingyillikning II yarmi, miloddan avvalgi III asrgacha – yangi eraning IV asri
oralig`idagi vaqtni qamrab olgan bir necha davrlarga ajratgan holda davrlashtiriladi.
Davlatchilikning ilk shakli qaror topishi O`zbekiston janaubida tarqalgan so`ngi
bronza davrining o`troq-dehqonchilik madaniyatida yuz beradi. Uning yakunlanishi
O`rta Osiyo hududida yangi eraning birinchi yarmida mavjud bo`lgan Kushon va