ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.02.2023
Parfiya imperiyalari halokati bilan deyarli bir vaqtga to`g`ri keladi. Qang` davlati
taxminan shu paytda inqirozga uchraydi. Olimlar tomonidan davlatchilik
evolutsiyasining birinchi davrini miloddan avvalgi II mingyillikning II yarmi –
O`zbekiston janubidagi “embryonal” shakldagi davlatga o`xshash tuzilmani qaroq
topishi sifatida baholanadi. Davlatning bunday namunasi Sopolli madaniyatining
Jarqo`ton misolida o`z tasdig`ini topadi. [Rtveladze, 2001]
Markaziy Osiyo mintaqasidagi o`zbek davlatchiligi tarixiga qiyosiy tahlil
jarayoniga nazar tashlar ekamiz, o`zbek xalqi ajdodlarining ilk davlatchilig tarixi bilan
bog`liq fikr va mulohazalar A. Sagdullayev, B. Aminov, O`. Movlonov, N. Norqulovlar
mualifligida 2000-yilda nashr etilgan “O`zbekiston tarixi: davlat va jamiyat taraqqiyoti”
deb nomlangan asarning birinchi qismida o`zbek davlatchiligi ildizlari dehqonchilik
vohalari bilan bog`liq holda rivojlandilar deb e`tirof etiladi. Xususan, jahon tarixixdagi
ilk davlatlar dehqonchilik va chorvachilik paydo bo`lgan davrda shakllanadilar.
Tarixdan ma`lumki eng qadimgi davlatlar miloddan avvalgi IV mingyillikda Ikki daryo
oralig`i (Mesopatamiya) va Qadimgi Misrda paydo bo`ldi. Asta-sekin dehqonchilik bu
yerda qo`shni hududlarga (Kavkazorti, Eron, O`rta Osiyo, Hindiston, Xitoyga) tarqaldi.
Miloddan avvalgi III-II mingyillikda esa Qadimgi Sharq aholisi o`rtasida madaniy
aloqalar mavjud edi. Mualliflar jamoasi O`zbekiston hududidagi ilk davlatchilikning
boshlanishini miloddan avvalgi II mingyillik o`rtalarida Surxon vohasida qadimgi
dehqonchilik madaniyati rivojlanishi asosida shakllandi [Sagdullayev 2000] deb
ta`kidlaydi. Bu esa ilk davlatchilikning tamal toshi aynan sopolli madani obektlari
asoisda qo`yilganinga ishoradir.
Ushbu mavzu doirasida qiyosiy tahlilni davom ettirar rkanmiz, Azamat Ziyonong
“O`zbek davlatchilik tarixi” asarida ming afsuslar bilan qayd etish lozimki, o`zbek
davlatchilik tarixi miloddan avvalgi I mingyillik bilan uzil-kesil bog`lanadi. Miloddan
oldingi I minyillik zamonasi uchun jadal va sermazmun siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy
xalqaro munosabatlar boshi-oxiri yo`q, tizginsiz bir cheksizlikga kechganmi yoki ularni
jilovlab turadigan, manfaatli ravishda tartib doirasida soluvchi tizim mavjud
bo`lganmi? Muallif to`la ma`noda albatta deb javob beradi. Xususan bu tizim davlat,
aynan davlatchilik tizimidir deya ta`kidlaydi. Xullas Azamat Ziyo tomonida uzil-kesil
shunday xulosaga kelindi : “miloddan avvalgi I mingyillikning birinchi yarmida,
aniqro`gi VI asrdayoq mamlakatimizda davlatchilik asoslari uzil-kesil tarkib topgan.”
[Azamat Ziyo,2001]
Shunday qilib yuqoridagi bir qator arxeologlar hamda tarixchi olimlarning
asarlari va ilmiy maqolalari asosida Markaziy Osiyoda davlatchilik tarixi va boshqaruv
usullari xususida qiyosiy tahlilga keng o`rin berar ekanmiz, O`zbek davlatchiligi tarixi,
uning ildizlari qolaversa tamal toshi miloddan avvalgi II mingyillikdayoq aynan bronza
davrida asos solingan bo`lib, sopolli madaniyatining tarixiy obekti Jarqo`ton yodgorligi
fikrimizning yorqin isbotidir