ILMIY TADQIQOTLAR JURNALI 20.02.2023
Jarqo`ton yodgorligini O~zbekiston hududidagi ilk shahr-davlat shaklidagi siyosiy
tuzilma ekanligiga quyidagi asosiy 7 ta ilmiy xulosaga kelinadi. Xususan,
Birinchidan, Jarqo`ton yodgorligi topografik jihatdan Qadimgi Sharq shahr-
davlatlariga monand.Uning aholisi hunarmandchilik, me`morchilik, zargarchilik,
metallsozlik va san`at sohasidagi erishgan yutuqlari bilan Qadimgi Sharq Shahar-
davlatlari aholisi bilan bir xil rivojlanish darajasida bo`lgan.
Ikkinchidan,
Jarqo`ton
shahr-davlatining
boshqaruvi
“Jarqo`ton
olov
ibodatxonasi”da joylashgan. 6-tepalikda joylashgan monumental inshoot nafaqat
ibodatxona, balki saroy-ibodatxona vazifasini o`tagan.
Uchinchidan, ilk davlatlarning shakllanishi bilan dinning ham markazlashuv
jarayonining kechishi tabiiy holdir albatta. Jarqo`ton saroy-ibodatxonasining bunyod
etilishi bu fikrning isbotidir. Shu bilan bir qatorda jamoalar sig`inib kelgan din
ko`rinishlari ham saqlanib qolaveradi. Bronza davrida zoolatirik va ajdodlar ruhiga
ibodat kabi din turlarining rivojlanganligi Jarqo`tondan topilga ashyoviy manbalar
asosida kuzatildi.
To`rtinchidan, sivilizatsiyaning asosiy ko`rinishi bo`lgan yozuv ham Sopolli
madaniyati davrida kashf etildi. Bu piktografik belgili yozuv bo`lib, Jarqo`ton
sopollarida shunday belgilarning 52 ta xili kuzatilgan.bu belgilarning tarqalish hududi
ancha keng bo`lib, O`rta Osiyoning janubi, Shimoliy Afg`oniston MArkaziy va Shimoliy
Eron bronza davri yodgorliklarida uchraydi va biri-biriga o`xshashligi bilan
xarakterlanadi.
Beshinchidan, shaxsiy mulk va davlatchilik arxeologik belgisi sifatida e`tirof
etilayotgan sopolli madaniyati muxrlari birinchi marta klassifikatsiya qilindi.
Oltinchidan, sopolli madaniyati aholisi ham xalqaro aloqalarga asos slogan
xalqdir. Xarappa, Qadimgi Eron va Andronova madaniyatlari bilan bevosita, Suriya,
Xett, Mesopatamiya bilan bilvosita madaniy aloqada bo`lganligi yangi ashyoviy
manbalar asosida isbotlab berildi.
Yettinchidan esa, sopolli madaniyati aholisi Anov-Namozgoh, Murg`ob, Dashtli,
Markaziy va Shimoliy Eron aholisi bilan yagona etnik guruhni tashkil etgan xalqlardir.
[Shaydullayev,2009]
Shu o`rinda aytish lozimki, Bahodir Eshovning risolasida Sopolli madaniyatining
obektlariga “qishloq” deya ta`rif berilgan bo`lib, bu madaniyatning ibtidosi neolit
davrida “hisorlik” ovchilar kichik va yirik daryolar vohalarini, Boysuntog` va
Ko`hitanggacha bo`lgan tog` oldi va tog`li hududlarni o`zlashtirish jarayonidan
boshlaydi. Bronza davrida esa bu hududlar boshqa ko`rinishga ega bo`lgan hamda
o`ziga xos xo`jalik shaklidagi yangi madaniyatlar shakllana boshlagan. Miloddan
avvalgi II mingyillikning II choragida Amudaryoning o`ng qirg`og`ida, aniqrog`i uning
g`arbiy qismida Sopollitepa ko`rinishidagi dastlabki mustahkam qishloqlar paydo
bo`ldi. Ushbu qishloqlar bu hududlarda rivojlangan butunlay yangi ko`rinishdagi
qishloqlar bo`lib, neolit davri (Hisor madaniyati) makonlaridan ajralib turadi.
Muallifning xulosasiga ko`ra, Amudaryoning o`ng qirg`og`iga shakllangan Sopollitepa