O‘ZBEKISTONDA
FANLARARO
INNOVATSIYALAR
VA
8-
SON
ILMIY
TADQIQOTLAR
JURNALI
20.05.2022
556
KIMYO FANINI O‘QITISHDA ILG‘OR METODLARDAN FOYDALANISH
Almardanova Charos Baxtiyorovna,
Qashqadaryo viloyat G'uzor tumani 29-maktab kimyo fani o’qituvchisi
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kimyo fanini o‘qitishda ilg‘or metodlardan
foydalanish borasida ma’lumotlar keltirilgan. Ta’lim sifatini oshirish hamda bilim
olish ko’nikmasini shakllantirishda yangi metodlar foydali bo’ladi.
Kalit so‘zlar: yangilik kiritish, yangilik, interfaol darslar, o’quv jarayoni, axborot
usullari, milliy dastur, innovatsiya.
Shu vaqtgacha an‘anaviy ta‘limda o’quvchilarni
faqat tayyor bilimlarni
egallashga o’rgatib kelingan edi. Bunday usul o’quvchi larda mustakil fikrlash, ijodiy
izlanish, tashabbuskorlikni so’ndirar edi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar
qo’llanilgan mashg‘ulotlar o’quvchilar egallayotgan bilimlarni o’zlari
qidirib
topishlariga, mustaqil o’rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o’zlari
keltirib chiqarishlariga qaratilgan. O’qituvchi bu jarayonda
shaxs va jamoaning
rivojlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan
bir qatorda, boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik vazifasini bajaradi. Bunday o’quv
jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi. Pedagog - olimlarning yillar davomida
ta‘lim tizimida. Nega o’qitamiz? Nimani o’qitamiz? Qanday o’qitamiz?
Savollariga
javob izlash bilan bir qatorda qanday qilib samarali va natijali o’qitish mumkin? -
degan savoliga ham javob qidirdilar. Bu esa, olim va amaliyotchilarni o’quv
jarayonini texnologiyalashtirishga, ya‘ni o’qitishni
ishlab-chiqarishga oid aniq
kafolatlangan natija beradigan texnologik jarayonga aylantirishga urinib ko’rish
mumkin, degan fikrga olib keldi. Bunday fikrning tug’ilishi pedagogika fanida yangi
pedagogik texnologiya yo’nalishini yuzaga keltirdi. Bugungi kunda ta‘lim
muassasalarining
o’quv-tarbiyaviy
jarayonida
zamonaviy
pedagogik
texnologiyalardan foydalanishga alohida e‘tibor berilayotganining asosiy sababi
quyidagilardir:
Birinchidan, pedagogik texnologiyalarda shaxsni rivojlantiruvchi ta‘limni
amalga oshirish imkoniyatining kengligida. «Ta‘lim to’grisida»gi Qonun va «Kadrlar
tayyorlash milliy dasturi»da rivojlantiruvchi ta‘limni
amalga oshirish masalasiga
alohida e‘tibor qaratilgan.
Ikkinchidan, pedagogik texnologiyalar o’quv-tarbiya jarayoniga tizimli faoliyat
yondashuvini keng joriy etish imkoniyatini beradi.
Uchinchidan, pedagogik texnologiya o’qituvchini ta‘lim-tarbiya jarayonining
maqsadlaridan boshlab, tashxis tizimini tuzish va bu
jarayon kechishini nazorat
qilishgacha bo’lgan texnologik zanjirni oldindan loyihalashtirib olishga undaydi.
To’rtinchidan, pedagogik texnologiya yangi vositalar va axborot usullarini
qo’llashga
asoslanganligi sababli, ularning qo’llanilishi «Kadrlar tayyorlash milliy