O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/3
tarix18.04.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#99682
1   2   3
Almardanova Charos Baxtiyorovna,

O‘ZBEKISTONDA
 
FANLARARO
 
INNOVATSIYALAR

VA 
8-
SON

ILMIY
 
TADQIQOTLAR
 
JURNALI
20.05.2022
557 
dasturi» talablarini amalga oshirishni ta‘minlaydi. O’quv-tarbiya jarayonida 
pedagogik texnologiyalarning to’g’ri joriy etilishi o’qituvchining bu jarayonda asosiy 
tashkilotchi yoki maslahatchi sifatida faoliyat yuritishiga olib keladi. Bu esa 
o’quvchidan ko’proq mustaqillikni, ijodni va irodaviy sifatlarni talab etadi. 
Pedagogik texnologiya va ularning ta‘limda qo’llanishiga oid bilimlar, tajriba 
o’quvchilarni bilimli va yetuk malakaga ega bo’lishlarini ta‘minlaydi.
Innovatsiya (inglizcha innovation) - yangilik kiritish, yangilik demakdir. 
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi 
faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan 
interfaol uslublardan foydalaniladi. Interfaol darslarda o’qituvchining o’rni qisman 
o’quvchilarning faoliyatini dars maqsadlariga erishishga yo’naltirishga olib keladi. 
Bu uslublarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning 
birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi. Bunday pedagogik hamkorlik 
jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga:
- o’quvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka, mustaqil fikrlash, ijod qilish 
va izlanishga majbur etilishi;
- o’quvchilarning o’quv jarayonida fanga bo’lgan qiziqishlarini doimiy 
ta‘minlanishi;
- o’quvchilarning fanga bo’lgan qiziqishlarini mustaqil ravishda har bir 
masalaga ijodiy yondashgan holda kuchaytirilishi;
- pedagog va o’quvchilarning hamkorlikdagi faoliyatini doimiy ravishda tashkil 
etilishlari kiradi.
Pedagogik texnologiya masalalarini va muammolarini o’rganayotgan ba‘zi 
o’qituvchilar, tadqiqotchilar va amaliyotchilarning fikricha, pedagogik texnologiya - 
faqat axborot texnologiyasi bilan bog‘liq hamda o’qitish jarayonida qo’llanishi zarur 
bo’lgan o’qitishning texnik vositatlari, kompyuter, proyektor yoki boshqa texnik 
vositalar. Bizning fikrimizcha, pedagogik texnologiyaning eng asosiy negizi - 
o’qituvchi va o’quvchining belgilangan maqsaddan kafolatlangan natijaga 
hamkorlikda erishishlari uchun tanlagan texnologiyalariga bog’liq. O’qitish 
jarayonida, maqsad bo’yicha kafolatlangan natijaga erishishda qo’llaniladigan har 
bir ta‘lim texnologiyasi o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida hamkorlik faoliyatini tashkil 
eta olsa, har ikkalasi ijobiy natijaga erisha olsa, o’quv jarayonida o’quvchilar 
mustaqil fikrlab, ijodiy ishlab, izlanib, tahlil etib, o’zlari xulosa qila olsalar, o’zlariga, 
guruhga, guruh esa ularga baho bera olsa, o’qituvchi esa ularning bunday faoliyatlari 
uchun imkoniyat va sharoit yarata olsa, bizning fikrimizcha, ana shu - o’qitish 
jarayonining asosi hisoblanadi. Har bir dars, mavzu, o’quv predmetining o’ziga xos 
texnologiyasi bor o‘quv jarayonidagi pedagogik texnologiya - bu aniq ketma-
ketlikdagi yaxlit jarayon bo’lib, u o’quvchining ehtiyojidan kelib chiqqan holda bir 
maqsadga yo’naltirilgan, oldindan puxta loyihalashtirilgan va kafolatlangan natija 
berishiga qaratilgan pedagogik jarayondir.



Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin