qurilmalaridan ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida foydalanish avj olib ketdi.
Masalan, XVIII asrning oxirlarida Rossiyada gidrokuch qurilmalari bilanishlaydigan zavodlarning soni 3000 donadan oshib ketgan. Gidrokuch qurilmalari suv g‘ildiraklari shaklida bajarilib, undan hosil bo‘ladigan mexanik kuch harakatga keltiriladigan mashinalarga tasmalar, keyinchalik tishli uzatmalar orqali uzatilgan. Ularda kamchiliklar juda ko‘p bo‘lgan: quvvati kichik, konstruksiyasi juda katta, foydali ish koeffitsienti juda kichik bo‘lgan. Eng asosiysi, ulardan foydalanadigan korxonalar suv manbalari qirg‘oqlariga qurilgan va manbadagi suvning sathi hamda sarfiga bog‘liq bo‘lgan.
Taniqli olimlardan D.Bernulli, YA.Segner va L.Eylerlar yangi turdagi suv
Taniqli olimlardan D.Bernulli, YA.Segner va L.Eylerlar yangi turdagi suv
g‘ildiraklarining nazariyasini ishlab chiqdilar. SHundan sung olimlar tomonidan
yangi turdagi gidrokuch qurilmalarining juda ko‘p konstruksiya-lari ishlab chiqildi
va ular gidravlik turbinalar deb atala boshladi. Gidravlik turbinalar, gidrokuch
Mamlakatimiz hududida bundan 3000 yillar avval ham, suv energiyasidan
tegirmon toshlarini aylantiruvchi suv g‘ildiraklarini harakatga keltirishda,
charxpalak shaklidagi suv g‘ildiraklari bilan yuqoriga suv ko‘tarishda foydalanib
kelingan. Suv manbalariga elektr stansiyalari-GESlar qurib elektr energiyasi ishlab
chiqarish 1926 yildan boshlangan.
Birinchi bosqich(1923-1941 yillar). Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib Toshkent shahridan o‘tadigan Bo‘zsuv kanaliga 4 000 kVt/soat quvvatga ega bo‘lgan Bo‘zsuv GESi qurilishi boshlandi. Bo‘zsuv GESi 1926 yili 1 mayda ishga tushirildi. 1930 yilda Bo‘zsuv kanalida 13 000 kVt/soat quvvatli Qodriya GESining qurilishi boshlandi va 1933 yili ishga tushirildi.