O'zbekistonda ijtimoiy himoyani amalga oshirish bosqichlari



Yüklə 18,93 Kb.
səhifə2/3
tarix24.11.2022
ölçüsü18,93 Kb.
#70243
1   2   3
Neoliberal modelga ko'ra esa (AQSH) ijtimoiy himoyaning aksariyat qismini tadbirkorlar va kasaba uyushmalari bajaradilar.
Neokonservativ modelga ko'ra (Germaniya) ijtimoiy himoya davlat kafolatlari javobgarligida xususiy tadbirkorlar va davlat federal byudjeti asosida olib boriladi.
O'zbekistonda ijtimoiy ta'minot asosan davlat byudjeti hisobidan tashkil etilgan bo'lib, bu tizim qator rivojlangan chet el davlatlarining ijtimoiy tizimidan qolishmaydi.
Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ijtimoiy yordamdan tashqari respublikamizda norasmiy ijtimoiy yordam ko'rsatishning an'anaviy qadriyat turlari ham mavjudki, ularning negizini qarindoshchilik, qo'shnichilik, mahallachilik, yoru birodarchilik yordamlari, ya'ni xalqimizning milliy urf-odatlari tashkil etadi. Mahalliy idoralar, korxonalar, jamoa va xo'jaliklar hamda boshqa tadbirkorlik tashkilotlaridan fuqarolar pensiyasiga qo'shib berilayotgan qo'shimchalar, muhtojlarga ko'rsatilayotgan otaliq yordamlari, bayram va Hayit kunlari bemorlarni ziyorat qilish, turli xayr-ehsonlar ham milliy urf-odatlarimizning zamonaviy ko'rinishlaridir.
Bulardan tashqari, ijtimoiy yordam ko'rsatishda nodavlat jamoat birlashmalari va xayriya tashkilotlari ham ishtirok etmoqda.
Albatta, muammolar ham mavjud. Jahon tajribasi bilan qiyoslaganda, avvalo, mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiladigan nodavlat tashkilotlar faoliyatini qayta ko'rib chiqish lozim.
Xususan, kasaba uyushmalari rivojlangan mamlakatlarda xodimlarni ijtimoiy muhofaza qilish uchun korxona egalariga, ish beruvchilarga doimo ta'sir o'tkazib keladilar. Bizda esa hali bunday tajriba mavjud emas. Birinchi navbatda jamoat tashkilotlari‚ xususan kasaba uyushmalari faoliyatini tubdan yaxshilash‚ ularni mehnatkashlar manfaatlarini himoya qiluvchi kuchga aylantirish bugungi kundagi eng dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda.
Mamlakatimizning ijtimoiy himoya tizimi rivojini umumiy tarzda qarab o'tish o'rinlidir. Ma'lumki, 1991 yilda sobiq totalitar tuzum inqirozga uchragach, uning o'rnida vujudga kelgan yangi mustaqil mamlakatlar demokratiyaga asoslangan jamiyat barpo etishda turli yo'llarni tanladilar.
Birinchisi, Yevropa va Amerika davlatlari tajribasida ko'rilgan “falaj qilib davolash” yo'li edi. Ko'pgina mamlakatlar ushbu «tezkor» yo'lni tanladilar. Bu mamlakatlarda mustahkam qonunlar majmui ishlab chiqilmasdanoq, jamiyatni keskin tarzda demokratlashtirishga o'tildi. Oqibatda bu o'z navbatida ko'plab murakkab muammolarni keltirib chiqardi.
Ikkinchi yo'l - jamiyatni bosqichma-bosqich isloh qilib borish yo'li bo'lib, bunda davlat tashabbuskor bo'ldi. O'zbekistonda avval qonunlar majmui yaratildi, so'ng bozor infrastrukturasi tizimini shakllantirishga e'tibor qaratildi va iqtisodiyotni isloh qilishga kirishildi. Natijada jamiyat keskin ijtimoiy larzalarni chetlab o'tdi. Bu birinchi navbatda ijtimoiy himoya tizimiga ham tegishli edi. Aytaylik, 1992 yilda mamlakatda ijtimoiy-iqtisodiy ahvol tang holatda edi. Shunday sharoitda kam ta'minlangan fuqarolar davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilinishi zarurligi qat'iy belgilab qo'yildi. Bu siyosat davlatning islohotchilik roliga tayangan holda amalga oshirildi. Shu tariqa bozor iqtisodiyotiga o'tishda davlat nazoratining bo'lishi ijobiy natijalar berdi.

Yüklə 18,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin