yakshanba kunlari bolalarni qabul qiladi va ular bilan jami 3–6 soat
shug‗ullanadi. Buning evaziga qilinadigan to‗lov — 120–200 ming so‗m.
Maktabgacha ta‘lim tizimidagi sifatni pastligiga ta‘sir etuvchi omillar:
O‗z xarajatlarini qoplay olmasliklari;
Xodimlarning moddiy ta‘minotiga nisbatan rag‗batning yo‗qligi;
Bolalarning oziq-ovqatining sifatini pastligi;
O‗yinchoqlarning sifatini pastligi
O‗z-o‗zidan ko‗rinib turibdiki, moddiy nuqtai nazardan davlat bog‗chalari
aholi uchun manfaatli, lekin o‗z xarajatlarini ko‗tara olmaydi, bu xodimlarning
moddiy ta‘minotiga, bolalarning oziq-ovqati, o‗yinchoqlari va boshqa
narsalarning sifatiga ta‘sir o‗tkazmay qolmaydi. Foyda keltirmaydigan
muassasada xizmat sifati ham tushib ketaveradi.
Lekin aholining katta qismi baribir farzandlarini bog‗chaga ishonib topshiradi:
birinchidan, hamma ham haftasiga 3–6 soat o‗tkazilgan mashg‗ulot
uchun 200 ming so‗m to‗lashni xohlamaydi yoki moddiy imkoniyati etmaydi,
ikkinchidan, hamma oilada ham ish kunlari soat 9:00dan
18:00gacha yosh bolalarga qarab turadigan odam topilmaydi.
YAngi tashkil etilgan vazirlik tizimiga Qoraqalpog‗iston maktabgacha
ta‘lim vazirligi, Toshkent shahri maktabgacha ta‘lim bosh boshqarmasi,
viloyatlarning maktabgacha ta‘lim boshqarmalari va ularning shahar va
tumanlardagi bo‗limlari kiradi. Farmonda aytilishicha, oxirgi 20 yil ichida
maktabgacha ta‘lim muassasalari (MTM) soni 45 foizdan ko‗proqqa qisqarib
ketgan, bolalarning maktabgacha ta‘lim muassasalari tomondan qamrab olinishi
30 foizga yaqinni tashkil etadi.
YAngi vazirlikning
Dostları ilə paylaş: