“O„zbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli”



Yüklə 3 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/52
tarix09.10.2023
ölçüsü3 Mb.
#153110
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52
ozbekistonda ijtimoiy sohani rivojlanishida davlatning roli

sakkizinchidan, 
me‘yor talablariga mos keluvchi sinfxonalarni tashkil etish
tarbiyalanuvchilar ehtiyoji to‗liq qondiruvchi sharoitlarni yaratish, sog‗lom 
ovqatlanish dasturini qayta ko‗rib chiqish hamda ularga tibbiy yordam ko‗rsatish 
xizmatini yangi bosqichga olib chiqish kabi masalalar ilgari surilmoqda. 
to„qqizinchidan,
O‗zbekiston Respublikasi Sog‗liqni saqlash vazirligi bilan 
birgalikda maktabgacha ta‘lim muassasalarida bolalarga tibbiy xizmat ko‗rsatish 
hamda ularning hayoti va sog‗lig‗ini himoya qilish bo‗yicha profilaktika chora-
tadbirlarini muvofiqlashtirish. 
Vazirlar Mahkamasining ―O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim 
vazirligi va uning tizimidagi muassasalarning moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash hamda nodavlat maktabgacha ta‘lim muassasalari faoliyatini 
qo‗llab-quvvatlash to‗g‗risida‖gi qaroriga asosan Qoraqalpog‗iston 
Respublikasi va viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda (Toshkent shahri 
bundan mustasno) investitsiya majburiyatlarini bajarish sharti bilan ―nol‖ 
qiymatda bino berish hamda xususiy investorlarning o‗ziga mulk huquqi asosida 
tegishli bo‗lgan binolarda tashkil etilgan nodavlat maktabgacha ta‘lim 
muassasalarining 2023 yil 1 yanvargacha foydalanilgan elektr energiyasi va 
tabiiy gaz xizmatlari uchun to‗lovning 50 foizi o‗z mablag‗lari hisobidan hamda 
qolgan 50 foizi O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‗lari hisobidan 
to‗lanishi nazarda tutildi.
SHuningdek, qaror bilan Nodavlat maktabgacha 
ta‘lim muassasalari tomonidan foydalanilgan elektr energiyasi va tabiiy gaz 
xizmatlari uchun O‗zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan oylik 
kompensatsiyalarni to‗lash tartibi to‗g‗risidagi nizom tasdiqlanmoqda. 
Qarorda aytilishicha, mazkur vazirlik barcha shartnoma, munosabat va sohaga 
doir masalalar bo‗yicha Xalq ta‘limi vazirligining huquqiy vorisi hisoblanadi. 


Aholi yashash joylarida talab va taklif munosabatlarini o‗rganib chiqib, 
kelgusida butun O‗zbekiston bo‗ylab, maktabgacha ta‘lim yoshida bo‗lgan 
bolalarni ta‘lim muassasalariga jalb etish maqsadida, 60, 70, 100, 120 va 150 
o‗rinli davlat hamda nodavlat MTM qurilishi rejalashtirilgan. 
Davlat maktabgacha ta‘lim tizimi xodimlarini rag‗batlantirish maqsadida
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 5 yanvardagi 10–son qarori bilan Davlat 
maktabgacha ta‘lim tizimi xodimlari mehnatiga haq to‗lash va ularni moddiy 
rag‗batlantirish tartibi to‗g‗risida nizom tasdiqlandi. Nizomga asosan davlat 
maktabgacha ta‘lim tizimi xodimlarining lavozim maoshlari: 

lavozim va malaka toifasi uchun belgilangan bazaviy tarif stavkalar; 

lavozim maoshlariga qo‗shimchalar va ustamalar asosida shakllantiriladi
11
.(1-ilova tarifikatsiya)
Jismoniy 
va 
psixik 
rivojlanishida 
nuqsoni 
bo‗lgan bolalarga 
ixtisoslashtirilgan muascasalarda rahbar, pedagog va tibbiyot xodimlarining 
lavozim maoshlari va bazaviy tarif stavkalariga 100 foiz miqdorda tarbiyachi 
yordamchilarga esa 50 foiz miqdorda qo‗shimcha to‗lov qo‗shimcha haq 
to‗lanadi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 28 fevraldagi PQ-3571-
sonli «Davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari xodimlarining ayrim toifalari 
mehnatiga haq to‗lashni takomillashtirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori 
imzolandi.Ushbu qaror uzluksiz ta‘lim yagona tizimining muhim bo‗g‗ini 
sifatida maktabgacha ta‘lim tizimini yanada takomillashtirish, xodimlarning 
mehnatiga haq to‗lash va moddiy rag‗batlantirishning munosib shart-
sharoitlarini yaratish, yuqori malakali kadrlarni, shu jumladan, yosh 
bitiruvchilarni jalb etish, jamiyatda davlat maktabgacha ta‘lim muassasalari 
pedagoglarining nufuzini oshirish maqsadida qabul qilingan. Hujjatga ko‗ra, 
O‗zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta‘lim vazirligi, Moliya vazirligi hamda 
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining davlat maktabgacha ta‘lim 
muassasalari xodimlari ayrim toifalarining 2018 yil 1 martdan boshlab – 
11
@huquqiyaxborot (интернет маълумоти)


mudirlar, tarbiyachilar, metodistlar, o‗qituvchilar, defektologlar, psixologlar
musiqa rahbarlari va tarbiyachining yordamchilari mehnatida haq to‗lashning 
bazaviy tarif stavkalari –

Yüklə 3 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin