“O‘ZBEKISTONDA ILM-FANNING RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI” xalqaro ilmiy-amaliy anjumani 2022 yil 30 noyabr | scientists.uz
586
-talabalarning avval oʼzlashtirgan bilim, koʼnikma va malakalarini oddiy, tanish va
kutilmagan yangi muammolarni qoʼllanish orqali yangi bilimlarni egallashga erishish mumkin;
-talabalarning nutq madaniyatini shakllantirish va oʼstirish, oʼz fikrini loʼnda va mantiqan
toʼgʼri bayon etish, malaka va koʼrikmalarini hosil qilish.
Talabaning bilish faoliyatini faollashtirishda eng avvalo, hodisaning yaratilish tarixi,
sabablari, oqibatlari toʼgʼrisida keng maʼlumot oʼqituvchi tomonidan turli xil muammoli savollar
asosida keng yoritilishi lozim.Masalan,tovush manbai va qabul qiluvchi qurilma tovush
tarqalayotgan muhitga nisbatan harakatsiz boʼlganda qabul qilinayotgan tebranishning ν
chastotasi tebranish manbaining ν0 chastotasiga teng boʼladi.Lekin manba harakatlansa, manzara
oʼzgaradi.
Doppler Xristian avstriyalik fizik, matematik,astronomiya fanlari bilan shugʼullangan.
1842 yil Doppler fizik tovush balandligiga nisbiy harakat taʼsirini taklif etdi va tebranishlar
manbaining kuzatuvchi tomon harakatlanishi u qabul qiladigan tebranishlar chastotasining
ortishiga, manbaning uzoqlashishi esa chastotaning kamayishiga olib kelishini aniqlaydi.
Kuzatuvchi bilan toʼlqinlar manbai bir-biriga yaqinlashayotganda yoki bir-biridan
uzoqlashayotganda kuzatuvchi qayd qiladigan toʼlqinda tebranishlar chastotasining oʼzgarishi
Dorler effekti deyiladi.
Dopler effekti deb ataladigan bu hodisani signal berayotgan poezd yoki avtomobilь
yonimizdan oʼtib ketayotganda kuzatish mumkin. Masalan, vokzal peronida turib, yaqinlashib
kelayotgan poezd signalining toni yuksallashib, uzoqlashayotganda esa uning pasayishini sezish
mumkin. Dopler hodisasini oʼrganishda tovush chiqarib kelayotgan tovush manbai bizga
yaqinlashib kelayotgan boʼlsa, uning tovushi ingichkalashib, borgan sari chiyillaganini, bizdan
uzoqlashganda esa tovushni yoʼgʼonlashganini sezamiz
Demak, tovush manbaining harakati qabul qilinayotgan toʼlqin chastotasini oʼzgartiradi.
Dopler qabul qilinayotgan tovushning ν chastotasi tovush manbai hamda qabul qiluvchi
qurilmaning muhitga nisbatan harakati tezligiga bogʼliq boʼlishini aniqladi.Bu Dopler hodisasi
deyiladi. Tovushning ν chastotasi tovush manbai hamda qabul qiluvchi qurilmaning muhitga
nisbatan harakati tezligiga bogʼliq boʼlishini “SINDIKAT” METODI yordamida tushuntirish va
mavzuni oʼzlashtirishga yordam beradi.
“Sindikat” (yunoncha “birgalikda harakat qilish”, “maslakdoshlik”) metodi talabalarda
mavzu (masala, muammo)ni ijodiy oʼrganish, nazariy bilimlarni umumlashtirish, tizimlash
asosida fikrni qisqa va aniq bayon qilish qobiliyatini tarbiyalashga xizmat qiladi.
Har bir guruh yagona topshiriqni uch xil variantda hal etishi lozim. Masalan:
oʼrganilayotgan mavzu mohiyatini 1-guruh sxema, 2-guruh klaster, 3-guruh esa jadval tarzida
ochib berishi kerak. Guruhlar topshiriqni bajarib boʼlishgach, ular tomonidan taqdim etilgan
yechim (ishlanma)lar jamoa tomonidan muhokama qilinadi.