O’zbekistonda investitsion loyihalarni samaradorligini oshirish Ilmiy rahbar: Saidov Shoxrux Mirzo Qo’qon universiteti talabasi: Ma’rufjonov G’ayratjon Annotatsiya
O’zbekistonda investitsion loyihalarni samaradorligini oshirish Ilmiy rahbar: Saidov Shoxrux Mirzo Qo’qon universiteti talabasi: Ma’rufjonov G’ayratjon Annotatsiya Ushbu tadqiqot ishida O’zbekistonda investitsion loyihalarni samaradorligini oshirish va maqsadli jalb etilayotgan investitsiyalar samaradorligini baholash, yanada rivojlantirish va kompleks takomillashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati mamlakatning ishlab chiqarishni va investitsiyalarni samarali boshqarishni talab qiladi. Tadqiqotning maqsadi mamlakatda investitsion loyihalarning samaradorligini oshirish, investitsion loyihalarni samarali boshqarish yuzasidan taklif va ilmiy yechimlar berish hamda mamlakat va chet el fuqarolarini yuqori sifatli tovarlarga bo’lgan ehtiyojini qondirishdan iborat.
Kalit so’zlar:investitsiya, aktivlar, raqobat, inson kapitali, moliyaviy barqarorlik, investitsion jozibadorlik, yalpi ichki mahsulot.
Abstract In this article, scientifically based proposals and recommendations are developed to improve the effectiveness of investment projects in Uzbekistan and to evaluate the effectiveness of targeted investments, further development and comprehensive improvement. The theoretical and practical importance of the research results requires effective management of the country's production and investments. The purpose of the research is to increase the effectiveness of investment projects in the country, to provide proposals and scientific solutions for the effective management of investment projects, and to satisfy the needs of citizens of the country and abroad for high-quality goods.
Key words:investment, assets, competition, human capital, financial stability, investment attractiveness, gross domestic product.
Kirish Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlarning tahlili shuni ko’rsatadiki, qo’lga kiritilayotgan yutuq va muvaffaqiyatlarda iqtisodiyotni modernizatsiyalash, buning uchun esa faol investitsion siyosat yuritishning o’rni juda muhimdir. Shunga ko’ra, Respublika hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini boshqarishning samarali tizimini yaratish, ularning investitsion muhit, jozibadorligini, salohiyatini baholashning nazariy va metodologik asoslarini tadqiq etish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatning kompleks rivojlanishini ta’minlash va investitsion muhit jozibadorligini oshirish bo’yicha ilmiy izlanishlarni olib borishda eng avvalo, mamlakat va uning hududlari salohiyatini tadqiq qilish, ularni baholash, ta’sir ko’rsatadigan omillarni tasniflash, o’zaro bog’liqlik kasb etgan jihatlarni iqtisodiy-matematik va ekonometrik usullar orqali ochib berish, ta’kidlanganidek, mazkur tadqiqotning vazifalaridan hisoblanadi.
Bugungi iqtisodiy globallashuv jarayonida investitsion faoliyat har bir davlat
iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega element hisoblanadi. Boisi mazkur faoliyat
mamlakatda sanoat ishlab chiqarish darajasini kengaytirishga va rivojlantirishga,
iqtisodiyotning barqaror hamda progressiv o’sishiga xizmat qiladi. Shu bois
investitsion faoliyatni qo’llab-quvvatlovchi har bir davlat o’zining bu boradagi aniq maqsadlarini ifodalovchi yo’l xaritasini ishlab chiqadi. Xususan, mamlakatimizda ham investitsiyalarni turli sohalarga jalb etish, ularning oqimini kengaytirish, investitsion faoliyatni rag’batlantirish bo’yicha turli reja va dasturlar ishlab chiqildi.
Bu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022 –2026-yillarga mo’ljallangan yangi “O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi
to’g’risida” gi PF 60-son Farmonini ta’kidlab o’tish joiz. Mazkur farmonda mamlakatimizda investitsiya jozibadorligini oshirishni, biznes muhitini yaxshilashni nazarda tutuvchi aniq rejalar o’z ifodasini topgan. Bular qatorida mahaliy va xorijiy investorlarga O’zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini namoyon etishga hamda mahalliy va xorijiy investorlar bilan o’zaro muloqotni yo’lga qo’yishga qaratilgan “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni har yili o’tkazishni yo’lga qo’yish alohida e’tirofga ega. Investitsion faoliyatning rivojlanishini ko’zlovchi mazkur harakatlar uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini to’liq tushunish hamda yoritib berishni taqozo etadi. Investitsion faoliyat tushunchasi investitsiya hamda investor kabi tushunchalarga asoslangan bo’lib, bu bo’yicha to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun dastlab mazkur tushunchalar haqida so’z yuritish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
“Investitsiya” atamasi lotincha so’zdan olingan bo’lib, “invest”, ya’ni “qo’yilma” degan ma’noni anglatadi. Umuman olganda, investitsiya deganda foyda olish yoki boshqa foydali maqsadga erishish uchun tadbirkorlik yoki boshqa faoliyatga jalb qilinadigan pul mablag’lari, qimmatli qog’ozlar, moddiy va nomoddiy boyliklar, shu jumladan, mol-mulkka bo’lgan huquqlar nazarda tutiladi.
Mamlakatning investitsion jozibadorligi- hududga sarmoyaning kirib kelishini belgilovchi va investitsiya faolligi bilan baholanadigan obyektiv, iqtisodiy, ijtimoiy va tabiiy belgilari vositalar, imkoniyatlar va cheklovlarning yig’indisidir. O’z navbatida mamlakatning investitsion faolligini sarmoyaning kirib kelish intensivligi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Mamlakat hududining integral investitsion jozibadorligi bu mamlakat hududining xo’jalik rivojlanish sharoitlarini tavsiflovchi va undagi investitsion faollikning shakllanish ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatadigan obyektiv ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-geografik va ekologik ko’rsatkichlarning umumiy ko’rsatkichidir.
“Investitsion salohiyat” kategoriyasi uzoq vaqt davomida foydalanadigan aktivlarga, shu jumladan, daromad yoki boshqa iqtisodiy natijalarni ko’paytirish maqsadida qimmatli qog’ozlarga mablag’larni yo’naltirish imkoniyati sifatida talqin etib kelingan.
Iqtisodiyoti transformatsiya bo’lgan ko’plab mamlakatlarda iqtisodiy, huquqiy va ijtimoiy munosabatlar tizimi institutlarida tub o’zgarishlar ro’y bermoqda. Ammo umuman olganda intitutsional o’zgarishlar evolutsion tarzda sodir bo’ladi, chunki institutlar amerikalik iqtisodchi nobel mukofoti laureti D.Nort ta’kidlaganidek, individual xatti-harakatlarining shakllanishi bilan bog’liq o’zgarishlar natijasidir.
Demak, texnologiyalar va innovatsi-valar rivojlanishiga institutional omillar va shart-sharoitlarning ta'siri yetarli darajada rivojlanmagan.
Institutional o'zgarishlar ko'plab tadqiqotchilar tomonidan turli itimoiy va iqtisodiy institutlardagi miqdoriy va sifat o'zgarishlari va o'zgarishlarining doimiy jarayoni sifatida ta'riflanadi. Shu paytgacha respublikada modernizatsiya yuqoridan va birinchi navbatda texnologik sohada amalga oshirilgan. Institutional islohotlar esa cheklangan tarzda amalga oshirilgan. Ularning muhim maqsadi tadbirkorlik subyektlari va aholining keng qatlamlarining innovatsion faoliyatini rag'batlantirishdan iborat.
Bundan tashqari, igtisodiyotda bozor mexanizmining samaradorligi yuqoridan ham, pastdan ham boshlangan institutional o'zgarishlarning to’laligicha bog'liq bo'ladi.
Shunday qilib, iqtisodiyotni modernizatsiya qilish ham texnologik, ham institutsional jarayondir. Davlat organlarining jamiyatda innovatsion faoliyatini rag'batlantirish, innovatsion mafkura va innovatsion tadbirkorlik madaniyatini shakllantirish bo'yicha chora-tadbirlar institutsional muhitni isloh qilishga xizmat qilishi kerak.
Investitsion loyihalarning mumkin bo'lgan samaradorligi resurslar va moddiy xarajatlarning nisbatlarini va kelgusidagi natijalarni investitsion loyiha ishtirokchilarining manfaatlariga mos keladigan ko'rsatkichlar tizimi bilan tavsiflanadi. Shu bilan birga, investitsiyalar samaradorligini loyihaning natijasi bilan bog'liq xarajatlarga nisbati bilan aks ettirish mumkin. Investitsiya ta'siri natijasi va xarajat o'rtasidagi farq natijasi sifatida hisoblanishi mumkin.
O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar oqimining ko‘payishiga yordam beradigan qulay investitsiya muhitini yanada shakllantirish va investitsiya jozibadorligini oshirish bo‘yicha misli ko‘rilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ushbu chora-tadbirlar mamlakatni “Doing business” — biznes yuritish qulayligi xalqaro reytingidagi mavqeini yaxshilashga imkon berdi: 2020 yilda O‘zbekiston 7 pog‘onaga ko‘tarilib, 69-o‘rinni egalladi, bu mintaqadagi eng yaxshi ko‘rsatkichlardan biridir. Reytingda qayd etilishicha, O‘zbekiston kamida to‘rtta asosiy ko‘rsatkichni yaxshilash borasida katta yutuqlarga erishgan. Shunday qilib, mamlakat aksiyadorlarning huquqlarini va ularning yirik korporativ qarorlar qabul qilishdagi rolini oshirish, mulk tuzilmalarini aniqlashtirish va korporativ shaffoflikni oshirish orqali ozchilik investorlarni himoya qilishni kuchaytirdi. Shuningdek, O‘zbekiston soliqlarni to‘lashni soddalashtirdi va xatarlarga asoslangan tekshiruvlarni joriy etish va import hujjatlari talablarini soddalashtirish orqali transchegaraviy savdoni rag‘batlantirdi.