O’zbekistonda investitsion loyihalarni samaradorligini oshirish Ilmiy rahbar: Saidov Shoxrux Mirzo Qo’qon universiteti talabasi: Ma’rufjonov G’ayratjon Annotatsiya



Yüklə 148,58 Kb.
səhifə3/6
tarix14.03.2023
ölçüsü148,58 Kb.
#87795
1   2   3   4   5   6
G\'ayratjon

Tadqiqot metodologiyasi
Biz tadqiqotning avvalgi qismlarida bir qancha xorij va o’zbek tadqiqotchilarining olib borgan tadqiqotlari bilan tanishdik. Adabiyotlar tahlilidan shuni xulosa qilish mumkinki, ayrim xorijiy tajribalarni mamlakatimiz sharoitida qo’llash imkonsiz. Tadqiqotimizning metodologiya qismida biz tadqiqotimizni o’tkazish uslubini aniqlab olamiz. Tahlil va natijalar qismida biz statistik, qiyoslama, induktiv va deduktiv usullardan foydalanamiz. Statistik tahlilni o’tkazishda ma’lumotlarni topishda biz Jahon Banki, O’zbekiston Respublikasi davlat statistika qo’mitasi, O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, savdo va sanoat vazirligi ma’lumotlaridan foydalandik.
Tahlil va natijalar
Mamlakatning investitsion faolligi quyidagilardan iborat: investitsiya kapitalini konsenstratsiyalash va taqsimlash, ishlab chiqarish faoliyatini integratsiyalash, to’g’ridan-to’g’ri va portfelli investitsiyalarini rivojlantirish investitsiya dasturlarini amalga oshirishning tashkiliy omillari va yangi ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirishni faollashtirish.
O’rganishlar natijasidan ko’rinib turibdiki, keying yillarda yaqin qo’shni davlatlar vakillari investitsiyaviy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, investitsion muhitni mustahkamlash, o’zaro hamkorlik va kooperatsiyani yo’lga qo’yish orqali o’z iqtisodiy ahvolini yaxshilamoqda.
O’zbekistonda 2022-yil 1-sentabr holatiga ko’ra faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 14706 tani tashkil etmoqda. Qayd etilishicha, faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy kapitalning mos davriga nisbatan 1617 taga oshgan. Xorijiy kapital ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalarning davlatlar kesimidagi soniga ko’ra eng ko’p Rossiya 2762 ta, Turkiya 2071 ta, Xitoy 2044 ta hisobiga to’g’ri kelmoqda. Shuningdek, mamlakatda quyidagi xorijiy davlatlarning ham korxonalari faoliyati ko’rsatilmoqda: Qozog’iston 1195 ta, Janubiy Koreya 910 ta, AQSh 320 ta, Qirg’iziston 291 ta, Tojikiston 283 ta, Ozarbayjon 247 ta, Germaniya 213 ta, Turkmaniston 171 ta, boshqalar 4199 ta.

Yüklə 148,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin